1-Mavzu. O‘zbekistonning mustaqillikka kirishish davri, istiqlolga erishishining sermashaqqat yo‘li va tahlikali davri Reja


partiyaga bo‘ysundirildi. Huquq va qonunlarning jamiyatdagi o‘rni pasayib


Download 139.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana08.03.2023
Hajmi139.82 Kb.
#1250536
1   2   3   4
Bog'liq
1-Mavzu. O‘zbekistonning mustaqillikka kirishish davri, istiqlolga erishishining


partiyaga bo‘ysundirildi. Huquq va qonunlarning jamiyatdagi o‘rni pasayib, 
kommunistik partiya qonun bilan cheklanmagan va qonunga bo‘ysunmagan cheksiz 
vakolatlarga ega bo‘ldi. Kommunistik partiya apparati iqtisodiyotning barcha 
sohalarini monopoliya qilib olgan holda ma’muriy-buyruqbozlik usulida rahbarlik qila 
boshladi.
Kommunistik partiya shaxs hayoti, oila, din, san’at, fan, madaniy an’analar kabi 
ijtimoiy hayot sohalarini ham o‘z nazorati ostiga olib, bu sohalardagi qadriyat va 
me’yorlami belgilab berishga ham da’vogarlik qila boshladi. Jamiyat a’zolarining 
erkin fikrlash, mehnat qilish va o‘z shaxsini intellektual va ma’naviy jihatlardan 
yuksaltirish, yaratuvchilik ijodiy qobiliyatini takomillashtirish kabi sifatlarini 
rivojlantirish imkoniyatlari totalitar rejim tomonidan siqib qo‘yilganligi uchun ham 
sobiq sho‘ro jamiyati o‘zini o‘zi rivojlantirish va yangilash imkoniyatlaridan deyarli 
mahrum bo‘lgan edi. SHuning uchun ham bu jamiyat tez o‘zgarayotgan dunyoga 
nisbatan moslasha olmadi. Kommunistik partiya va davlatning ishlab chiqarish va 
moddiy-ma’naviy boyliklarni taqsimlashdagi o‘mining beqiyosligi, ularning xususiy 
mulkchilik va bozor raqobatchiligini ta’qiqlash siyosati, shuningdek, ortiqcha ijtimoiy 
differensiatsiyaga yo‘l qo‘ymasligi oqibatlarida jamiyat va davlat rivojlanishidagi 
barcha maqsadlar majburlash vositalarida amalga oshirila boshlandi. Boshqacha 
aytganda, boshqaruv noiqtisodiy usullarda, ya’ni iqtisodiyotning rivojlanish 
qonuniyatlarini hech bir hisobga olmagan holda amalga oshirildi. SHuning uchun ham 
jamiyatda demokratiya unsurlarining shunchaki yashashi uchun biron-bir imkoniyat 
ham yo‘q edi. 
Davlat hokimiyatining barcha jabhasi faqat kommunistik partiyaga tegishli edi. 
Bu holatni taniqli siyosatshunos Xanna Arendt o‘zining «Totalitarizm virusi» nomli 
asarida quyidagicha ifodalaydi: «Partiya doimo jamiyatning tizilmalashuvi bilan 
bog‘liq bo‘lib, un’ing ma’lum qatlamlari manfaatlarini ifoda etdi. Olomon uchun 


tuzilmaviylikning etishmasligi yangi tipdagi partiyaga bo‘lgan zaruriyatni 
shakllantirdi. Butin bir jamiyat manfaatlarini ifoda etishga da’vogarlik qilayotgan 
Download 139.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling