1-Mavzu. O‘zgaruvch


Download 179.66 Kb.
bet2/7
Sana14.03.2023
Hajmi179.66 Kb.
#1267666
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Mavzu. O‘ZGARUVCHAN ISHBILARMONLIK MUHITIDA TAVAKKAL QILISH VA FOYDA OLISH

1.2. Tavakkalchilikni boshqarishda xavfning asosiy xususiyatlari

So‘nggi yillarda ko‘plab maqola va ilmiy ishlarda mualliflar tashkilotning xo‘jalik faoliyati, rejalashtirish, bozor mexanizmi, talab va taklif munosabatlarini qarab chiqishda xo‘jalik tavakkalchiligi masalalariga katta e’tiborni qaratmoqdalar.


Aksariyat mualliflar texnikaviy va xo‘jalik qarorlarini qabul qilishni tavakkalchiliksiz amalga oshirib bo‘lmaydigan g‘oyani ilgari surmoqdalar, chunki tavakkalchilikni tan olmaslik, rivojlanishga sun’iy to‘siq qo‘ygan bilan barobardir. Bir guruh mualliflar: tavakkalchilikning mohiyati-maqsadga erishishda ko‘riladigan
17

zararda emas, balki maqsadga erishish uchun yo‘nalishni o‘zgartirish to‘g‘risida qabul qilingan qarorlar uchun yaratilgan imkoniyatda degan g‘oyani ilgari suradilar. Tavakakalchilik tushunchasini ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zarar imkoniyati darajada tor ma’noda talqin qilinishi uni iqtisodiy sohada to‘g‘ri qo‘llanilishini ancha cheklab qo‘yadi.
Shuni ham qayd etish lozimki, ba’zi iqtisodchilar so‘zma-so‘z “tavakkalchilik” va “noaniqlik” terminlar tushunchalari orasidagi farqni izlashadi. Noaniq vaziyatlardan tavakkalchilik vaziyati sifatida sodir bo‘lish ehtimol bo‘lgan va hatto baholangan noma’lum hodisalar qaraladi. Ayni paytda sodir bo‘lishi ehtimolini oldindan bilmagan noaniq vaziyatlar yoki an’anaviy usullar bilan bartaraf etilmagan vaziyatlarni – «noaniqlik» deb ataymiz.
Shuni qayd etish lozimki, rejalashtirilgan kelgusi natijalardan chekinish hamma vaqt zarar ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lmay, goho qo‘shimcha daromad ham keltiradi. Shunga ko‘ra so‘z tushumlar tavakkalchiligi to‘g‘risida ham ketishi mumkin, ya’ni xarajatlar qilish tavakkalchiligi bilan bir qatorda, qo‘shimcha daromad (foyda) olish tavakkalchiligi ham mavjud.
Oldindan rejalashtirilgan iqtisodiy o‘zishda tasodifiy omillar ta’sirini tan olinishi, kutilgan vaziyatni sodir bo‘lishini orqaga surishi yoki uni mazmun-mohiyatini o‘zgartirishi mumkinki, u o‘z-o‘zidan kun tartibiga, xo‘jalik tavakkalchiligi muammolarini qo‘yadi. Iqtisodiyotni davlat boshqaruvi sharoitida 2 turdagi xo‘jalik tavakkalchiligi mavjud, aynan iqtisodiyot tavakkalchiligi (global, umumiy) va tashkilot doirasidagi tavakkalchilik (lokal, mahalliy) bo‘lib, ular dialektik yagona qarama-qarshilikda turadi, bir-birini to‘ldiradi, bir-biriga ta’sir etadi, ayni paytda ma’lum darajada avtonom holda uchraydi. Ular shuningdek, o‘zaro qarama-qarshi mayl, rag‘batlarni tashuvchi hamdir, ayniqsa u iqtisodiy muhit ikkala tavakkalchilik vaziyatini vujudga keltirish uchun bir xil imkoniyat yaratganda, yaqqol namoyon bo‘ladi. Tavakkalchilik elementlarini paydo bo‘lish imkoniyatlari nafaqat yirik yo‘qotishlarda ifodalanadi, balki birinchi navbatda katta daromad olishda ham gavdalanadi, shuning uchun ham barcha xo‘jalik

18


rahbarlari tavakkalchilikka borishadi. Bir xil sharoitda olinadigan katta daromad – jadal rivojlanish natijasidir.
Tavakkalchilikni hisobga oluvchi rejalashtirilgan tadbirda ijobiy natijaga erishishni ta’minlovchi sharoit yaratish – murakkab ish. Bu sharoit birinchi navbatda iqtisodni boshqarish tizimi bilan belgilanadi.
Tavakkalchilikning ikki (global va lokal) turini yana ikkiga ajratish mumkin :
- uzoq muddatli (rivojlanish bilan bog‘liq tavakkalchilik); - qisqa muddatli (konyunkturali) tavakkalchilik.
Tashkilot ishlab chiqarishdagi o‘zini tutgan o‘rnidan kelib chiqib, konyunktura o‘zgarishga jadal moslashsa, u buni faqatgina o‘zini joriy rejalarini barqaror konyunktur intilishni inobatga olib ishlab chiqish orqali amalga oshiradi.
Qaror qabul qilishning bu jarayoni nafakat o‘z imkoniyatlarini hisobga olishga tayanishi, balki shunday strategiyani ishlab chiqishi kerakki, u “hamkor”lar hamda “raqiblar”ning xatti-harakati va qabul qilishi mumkin bo‘lgan qarorlarini ham hisobga oladi. Faqat bunday mo‘ljallarni obyektiv baholash orqaligina tashkilotni kelgusi muvaffaqiyatini ta’minlash mumkin.
Maxsus adabiyotlarda tavakkalchilik turlarini boshqa usulda sinflarga ajratish uchraydi. Ular uch yirik guruhdan iborat bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Xo‘jalik tavakkalchiligi;
- Insonning o‘zini tabiati bilan bog‘liq tavakkalchilik; - Tabiiy omillar bilan bog‘liq tavakkalchilik.
Bu tavakkalchilik eng sodda qarordan tortib eng murakkab qarorgacha barchasini ajralmas xislati ekanini yaqqol namoyon etadi.
Qolaversa, “xo‘jalik tavakkalchili”gi tushunchasi o‘z tarkibiga bevosita tabiat omillari bilan bog‘liq tavakkalchilikni hamda keyingi 2 turdagi tavakkalchilikning iqtisodiy oqibatlarini biriktiradi.
Ayni paytda jamiyatning iqtisodiy hayoti inson tabiati va tabiiy omillar bilan bog‘liq tavakkalchilikga aks tasir ko‘rsatadi va ularning mazmunini o‘zgartiradi. Bu o‘zaro bog‘liqlikda bir qancha tasir etuvchi omillar shakllanadi masalan “inson tabiati bilan bog‘liq
19

tavakkalchilikda quyidagi elementlarini (kasallik, baxtsiz hodisa, o‘lim, qobiliyat, xayrixohlik va boshqalar): “iqtisodiy”elementlarini (ish kuchi qo‘nimsizligi, kamomad, o‘zlashtirish, ishchilarni malaka darajasi, iqtisodiy manfaatdorlik) kabilar.
Biznes tavakkalchiligi kategoriyalari noaniq sharoitlarda ishlab chiqarishni rejalashtirish, iqtisodiy qonunlar tavsifi, ishlab chiqarish jarayonlari, tadbirkorlik daromadi kabi siyosiy, iqtisodiy tushuncha va masalalar bilan bog‘liq, uning tahlili nafaqat ta’kidlangan kategoriyalarni tadqiq etish uchun balki mustaqil kategoriya sifatida ham zarur.
Xavfning asossiy xususiyatlari quyidagilardir: nomuvofiqlik, muqobillik va noaniqlik. Xavfning nomuvofiqligi kabi xususiyat, ularning subyektiv baholari bilan obyektiv ravishda mavjud bo‘lgan xavfli harakatlar to‘qnashuviga olib keladi. Texnika taraqqiyotini tezlashtiradigan va jamoatchilik fikri va jamiyatning ma’naviy muhitiga ta’sir ko‘rsatadigan tashabbuslar, innovatsion g‘oyalar, yangi istiqbolli faoliyatni joriy etish bilan bir qatorda konservatizm, dogmatizm, subyektivizm va boshqalar mavjud.
Muqobillik qarorlar, yo‘nalishlar, harakatlar uchun ikki yoki undan ortiq mumkin bo‘lgan variantlardan birini tanlash zarurligini anglatadi. Agar tanlov bo‘lmasa, unda xavfli vaziyat bo‘lmaydi, demak, xavf ham bo‘lmaydi.
Noaniqlik – bu loyihani (yechimni) amalga oshirish shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liq emasligi yoki noto‘g‘riligi. Xavfning mavjudligi bevosita namoyon bo‘lish shakli va mazmuni bo‘yicha ikkiyoqlama bo‘lgan noaniqlik mavjudligi bilan bog‘liq. Tadbirkorlik faoliyati tashqi muhitning noaniqligi (iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqalar), ko‘plab o‘zgaruvchilar, kontragentlar, xatti-harakatlarini har doim ham qabul qilinadigan aniqlik bilan bashorat qilib bo‘lmaydigan shaxslar ta’siri ostida amalga oshiriladi.


Download 179.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling