1-mavzu: parfiya, baqtriya temir davri arxeologiyasi. Reja: O’rta Osiyoning temir davri ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari
Download 24.14 Kb.
|
1-MA\'RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Baqtriya mintaqasi ilk temir davri arxeologiyasi.
- Nazorat savollari.
Qadimgi Daxiston. Turkmanistonning janubiy-g’arbida qadimgi Daxiston vohasi o’ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. Qadimgi Daxiston yodgorliklari Gurgen, Sumbar va Atrek Benguvona kabi kichik daryo vohalarida rivojlanadi. Qadimgi Daxiston yodgorliklari ham sitadelga ega bo’lgan. Yirik manzilgohlar yoki qadimgi shaharlar (Madov, Izzatquli), yirik hamda kichik hajmdagi qishloqlardan iborat. Imoratlar xom g’ishtdan qurilgan, tomlari tekis yopilgan. Bu yerda Atrek daryosida chiqarilgan qadimgi kanal izlari o’rganilgan. Ularning uzunligi 50-60 km. ni tashkil etadi. Kanallarning suvlari bir necha ariqlar orqali ekin maydonlariga taqsimlangan. Dehqonchilik aholining asosiy mashg’uloti hisoblanib, bug’doy, arpa va boshqa dukkakli ekinlar ekishgan. Chorvachilik ham yaxshi rivojlangan. Sopol idishlar kulolchilik charxida ishlanib, naqshlar berilgan. Bu yerda temir bo’laklari, temir qotishmasining chiqindilari ham topilgan. Umuman, Daxiston topilmalar Janubiy Turkmanistonning I ming yillik boshlariga doir moddiy manbalardan keskin farq qiladi. Ko’rinishdan qadimgi Eron qabilalari bilan keng aloqada bo’lib, ularning ta’sirida rivojlangan.
3. Baqtriya mintaqasi ilk temir davri arxeologiyasi. O’rta Osiyoning qadimgi tarixiy-madaniy viloyatlaridan biri Baqtriyanining Shimoliy hududlari hisoblanadi. Bu tarixiy mintaqaga hozirgi Surxon vohasi va Tojikiston Respublikasining janubiy hududlari kiradi. Mazkur mintaqada mil.av. I ming yillikning boshlariga kelib, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan tub o’zgarishlar sodir bo’ladi. Ma’lumki II ming yillikning oxiriga kelib Surxon vohasidagi Sopolli madaniyati inqirozga uchragandan so’ng o’ziga xos o’troq dehqonchilik madaniyati vujudga keladi. Bu turdagi madaniyat ayrim jihatlariga ko’ra O’rta Osiyoning janubida, xususan, Surxon vohasi va Janubiy Tojikiston hududlarida joylashgan. Shimoliy Baqtriyaning ilk temir davriga oid yodgorliklarini o’rganish o’tgan asrning 50-yillaridan, ya’ni Qalai Mir manzigohida olib borilgan tadqiqot ishlaridan so’ng kuchayadi. Shimoliy Baqtriyaning mil. av. I ming yilliklarning boshlariga oid manzilgohlari Surxon va Sherobod daryolarining irmoqlari atrofida Sopolli madaniyatining inqirozidan so’ng rivojlangan bo’lsa, Surxon va Amudaryolarning o’rta oqimi, Kofirnigon, Vaxsh va Panj daryo vohalari esa qadimgi dehqonlar tomonidan mil. av. I ming yillikning ikkinchi choragi va o’rtalarida o’zlashtirilgan. Shimoliy Baqtriyada mil. av. I ming yillikning birinchi yarmida o’ndan ortiq dehqonchilik vohalari o’zlashtirilib, turli shakllardagi manzilgohlarning rivojlanishi kuzatiladi. Shulardan yettitasi Sangardak -To’palang-(Xolchayonning qo’yi qatlami), Xalqajar (Mirshodi)-(Qiziltepa, Qizilcha guruhidagi manzilgohlari, Ahatqul), Urgulisoy (Bandixon)-(BandixonI,II, G’ozimulla), Sherobod-(Jondavlattepa, Talashkantepa I, Pachmaktepa), Ulonbuloqsoy-(Kuchuktepa, Pshaktepa, Dabilqo’rg’on), O’rta Surxon-(Xayitobod, Nomsiztepa), O’rta Amudaryo-(Ko’xna Termizning quyi qatlami, Kampirtepa yaqinidagi Nomsiztepa.) kabi kichik daryo vohalari Surxon vohasida va Kuyi Kofirnigon-(Qalam Mir, Munchoqtepa, Xirmontepa), Vaxsh-Yavon-(Tomoshatepa, Boldoy I, Sho’rchitepa), Boytudasht-(Boytudasht) kabi vohalar Tojikiston Respublikasining janubida rivojlanadi. Ularning har birining hududi tabiiy chegaralanib, Arxeolog olim A.S.Sagdullayevning ilmiy tahlillariga ko’ra, ularning har biri alohida dehqonchilik tumani yoki kichik ma’muriy tuzilmani tashkil etgan. Mazkur ma’muriy bo’linmalarning har birida taxminan 3-5 tadan manzilgoh joylashgan. Ulardan biri hajmi kata va strukturasiga ko’ra murakkab bo’lgan. Ko’rinishdan ular ma’lum tumanning ma’muriy markazi bo’lgan bo’lishi mumkin. Keltirilgan vohalardagi manzilgohlarning quyidagi shakllarini ajratish mumkin. Atrofi mudofaa devori bilan o’ralib, sitadelga ega bo’lgan yirik hajmdagi manzilgohlar (yoki qadimgi shaharlar) - Qiziltepa, Hayitobodtepa. Mudofaa devorlariga ega bo’lgan qal’a-qo’rg’onlariga imoratlar tutash joylashgan manzilgohlar - Kuchuktepa BandixonII, Talashkontepa I. Yirik xajmdagi manzilgohlar yoki qadimgi qishloqlar- G’ozimullatepa. Uy-qo’rg’onlari - Qizilcha guruhdagi manzilgohlar Alohida vazifani bajaruvchi manzilgohlar (diniy inshoatlar)- Pishaktepa, Pachmaktepa. Mil. av. II ming yillikning oxirgi va mil. av I ming yillikning boshlariga kelib, bu yerda o’ziga xos madaniyat shakllanadiki, bu davr tarixi arxeologik jihatdan Kuchuk I (mil. av. 1000-750) Qizil I (mil. av. 1000-700 yillar) Kuchuk II (mil. av. 750-600) hamda Qizil II (mil. av. 750-600) bosqichlari bilan belgilangan. Kuchik III (mil. av. 600-500), Kuchuk IV (mil. av. 500-350), Qizil III (mil. av 600-350) bosqichlari esa ahamoniylar davriga to’g’ri keladi. Vohaning mil. av. I ming yillikning birinchi choragiga oid tarixini arxeologlar Kuchuk madaniyati deb yuritish odatlangan. Bu davr yodgorliklarining hajmi ancha kichik (3 ga dan oshmaydi). Ulardan mashhuri Kuchiktepa manzilgohi hisoblanib, baland sahni (4 metr qalinlikda) ustiga qurilgan qal’a-qo’rg’onchadan iborat. Manzilgoh atrofida imoratlar joylashgan hamda ular mudofaa devorlari bilan o’ralgan. Keyingi bosqichida Kuchuktepa madaniyati taraqqiyoti davomida Qadimgi Baqtriya madaniyati vujudga keladi. Bu davr vohada ijtimoiy-iqtisodiy muhim jarayonlar kechganligi bilan tavsiflanadi. O’troq dehqonchilik madaniyati hududi kengayib, manzilgohlar soni ko’payadi va ularning hajmi ortib boradi. Shuningdek, O’rta Osiyoning janubiy o’lkalaridagi kabi qadimgi yirik shahar markazlari shakllanadi. Janubiy Tojikiston hududidagi manzilgohlardan Boytudasht va Bolday I kabi yodgorliklar ajralib turadi. Bu yodgorliklarning shakllangan davri mil av. I ming yillikning ikkinchi choraklariga to’g’ri keladi Bu yodgorliklarda ham shahar alomatlari mavjud bo’lib, Surxon vohasi manzilgohlarinikiga nisbatan sodda va ularda jarayonlar kechroq sodir bo’lganligi bilan ajralib turadi. Kichik vohalardagi markaziy manzigoh atrofidagi manzilgohlarda ham uy-joy va ho’jalik imoratlari aniqlangan. Manzilgohlar shakllaridan uy-qo’rg’onlar muhim o’rin tutadi. Qiziltepa yodgorligi atrofida joylashgan Qizilcha guruhidagi manzilgohlar mazkur davr qishloq xo’jaligi hayotini o’rganishdagi ahamiyati kata. Ulardan Qizilcha I va VI yodgorliklari arxeologik jihatdan yaxshi o’rganilgan. Bu yodgorliklarning maydoni taxminan 0,2 ga. ni tashkil etadi. Manzilgoh qo’ra shaklida barpo qilingan. Umumiy devor bilan o’rab olingan hovlining bir qismida uy-joy imoratlari va uning old tamonida hovli joylashgan. Ko’rinishdan bu manzilgoh mazkur davr davlatmand patriarxal oilasiga tegishli uy-joy kompleksi hisoblangan. Umuman boshqa turdagi manzilgohlarda ham arxeologik tadqiqot ishlari olib borilishi natijasida o’lkaning qurilish-me’moriy xususiyatlarini o’rganish imkoniyatlari mavjud. Barcha turdagi imoratlar xom g’isht va paxsadan barpo qilingan. Devorlar loysuvoq qilingan. Ba’zi imoratlarda yog’och ustunlarining o’rni aniqlangan. Imoratlarning tomi tekis yopilgan. Umuman, mazkur davr O’rta Osiyo tarixida chuqur tarixiy-madaniy o’zgarishlar bilan belgilanib, yirik shaharlarning paydo bo’lishi, qadimgi davlatlarning qaror topishi va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy yuksalishlar sodir bo’lgan davr hisoblanadi. Aholining asosiy mashg’uloti sug’orma dehqonchilik bo’lib, kichik daryolardan anhorlar orqali suv chiqarilgan, yoki to’g’ridan-to’g’ri daryolardan ariqlar orqali suv chiqarilgan. Katta anxorlardan birining izlari Bandixondan topib tekshirilgan. Bu yerda boshoqli o’simliklar ekish, poliz va bog’dorchilik rivojlangan. Chorvachilikning ham yaxshi rivojlanganligi to’g’risida Kuchuktepa va Bandixondan topilgan hayvon suyaklari yetarli ma’lumot beradi. Topilmalarga ko’ra, Shimoliy Baqtriyaning qadimgi aholisi qo’y, echki, qoramol, ot, cho’chqa boqishgan. Ma’lumki, Sopolli madaniyati inqirozga uchragandan so’ng o’lkada o’ziga xos madaniyat qaror topadi. Bu davrda Sopolli madaniyati uchun xos bo’lga ayrim yutuqlardan voz kechiladi, xususan kulolchilikda qo’lda idishlar yasash an’anasi paydo bo’ladi. Shimoliy Baqtriyaning ilk temir (Kuchuk I) davri sopol idishlar asosan qo’lda va qisman kulolchilik charxlarida yasalgan. Qo’lda ishlangan idishlarning sirti geometrik shakllardagi naqshlar bilan bezatilgan. Ularning shakllari turlicha, ko’pchiligining tagi yassi. Tosh va bronzadan yasalgan mehnat qurollari hamda qurol aslahalari ko’plab topilgan. Keyingi (Kuchuk II, Qizil II) bosqichida kulolchilik charxida sopol buyumlarini tayyorlash kuchayadi. Bu bosqichdagi sopol idishlar konsussimon va bankasimon shakllardan iborat. Idishlarning atrofi to’q jigar rangda angob berilgan. Bu davrda sopollarni qo’lda yasash an’anasi ham saqlanib qoladi. Bu davrga oid topilgan tosh qurollari, xususan yorg’uchoqlar, temir va bronzadan ishlangan turli mehnat qurollari, qurol-yarog’lar boy moddiy madaniyat namunalaridir. Nazorat savollari. 1. Temir davri umumiy tavsifi. 2. Shimoliy Baqtriyaning ilk temir davri moddiy madaniyati . 3. Surxon vohasining temir davri yodgorliklari xususiyatlari. 4. Marg’iyonaning temir davri umumiy tavsifi. 5. Shimoliy Parfiyaning ilk temir davri manzilgohlari tavsifi. 6. Dog’istonning ilk temir davri umumiy tavsifi. Download 24.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling