1-Mavzu: Parrandalarning kelib chiqishi va biologik xususiyatlari Reja


Download 24.91 Kb.
bet4/4
Sana27.01.2023
Hajmi24.91 Kb.
#1131081
1   2   3   4
Bog'liq
1 Maruza

Kaptaralar: CH.Darvin takidlashicha barcha xonakilashtirilgan kaptarlar yovvoyi liviya sizogo (Columbae livia) kaptarlaridan kelib chiqqan. Ko‘plab kaptarlar zotlari mavjud bo‘lib: uch yo‘nalishga ya’ni pochtoviy, manzarali, go‘shtdorlari mavjud. Go‘shtdor yo‘nalishidagi zotlarga king, oq go‘shtdor, gigant va rim zotlari kiradi. Erkaklarni 700-800 gr, urg`ochilari 600-700 gr bo‘lib, go‘sht mahsuldorligi sifati bilan farqlanadi. Ko‘proq manzarali kaptarlar urchitilib, ularning tirik vazni 200-500 gr.
Qishloq xo‘jalik parrandalari o`zining biologik xususiyatlari bilan, qishloq xo‘jalik xayvonlaridan keskin farqlanadi. Har bir qishloq xo‘jalik parrandalari o`ziga xos biologik xususiyati mavjud bo‘lishi va biologik xususiyatlarini e’tiborga olinib, murojat qilinsa, ana shundagina rejadagi maxsulot olish mumkin. Ko‘p xollarda parrandlarning biologix xususiyatlarni bilmaslik va e’tiborga olinmaslik tufayli ulardan jadal foydalanish va samaradorligi past bo‘ladi.
Parrandalar sut emizuvchilardan farq qilib, ulardan ko‘p bola olish, ya’ni tuxumlaridan ko‘p miqdorda jo`ja ochib chiqishi, tez o`sishi, jinsiy voyaga etilishi, tuxum murtagining ona qornidan tashqi muxitda rivojlanadi. Tana harorati boshqa xayvonlarga tana issiqlik haroratiga nisbatan yuqori bo‘lishi (41-42 S). Hamma narsani, ya’ni xayvonot dunyosi va o`simlik dunyosidan olingan oziqlarni iste’mol qiladi. Parrandalar har yili vaqti- vaqti bilan patlarini yangilab turishi, tulashi va muddatlarini qisqa bo‘lishi va ushbu belgilarga qarab mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini o`zgarib borishi, yoshi va jinsini aniqlash imkonini beradi. Bundan tashqari ayrim qishloq xo‘jalik parrandalari uzoq musofalarga uchish, suvda suzishi, oziqlanishi, chirmashib daraxtlarga chiqib ketishi eng muximdir.
Ko‘plar xonaki parrandalar yovvoyi ajdodlariga nisbatan mahsuldorlik ko‘rsatkichlari bilan keskitn farqlangan xolda tuxum va go‘sht maxsuloti berishi bilan farqlanadi. Aynan tovuqlar birinchi yilda xayoti davomida beriladigan tuxumini 56% ni birinchi yilda berib, qolgan yillarda 15-25% tuxum mahsuldorligini kamaytirib boradi. 12 oy davomida 280-290 dona berishi, duragaylarida geterozis kuchining yuqori bo‘lishi 12-21%.
Parrandalardan olingan duragaylari 49 kunda 1,8-1,9 kg tirik vazniga ega bo‘lishi, 1 kg tirik vazni hisobiga 1,8-2,5 kg omixta em sarflanadi. Har 10 dona tuxumga 1,7-2,0 kg omixta em sarflanadi. Duragay o`rdaklar 45-50 kunlik yoshida 2,5-3,0 kg tirik vaznda bo‘lishi, uy kurkalar 5-6 oylik yoshida berishi va bir tuxum berish davrida 100 dona bir yilda 18-200 donagacha tuxum beradi. YOvvoyi o`rdak bir yilda 10-15 dona tuxum bersa, xonaki o`rdaklar 150 dona tuxum beradi. G‘ozlar esa yovvoyisi 6-8 dona tuxum bersa, xonakilari 40-60 donagacha tuxum beradi. Uy g‘ozlarini yoshi 63 kunda bo`rdoqilansa 4 kg. bo‘ladi.
G‘ozlarning ba’zi bir biologik xususiyatlaridan biri, ularni yaylovlarda boqish, batqoqliklarda ko`k o`tlar bilan boqish, ularning yosh bolalarini 2 oyda o`z vazniga nisbatan 10 marta oshiradi. Birinchi oyda o`sishi 200 foiz, ikkinchi oyda 96 foiz, uchinchi oyda 17 foizga o`sadi.
Ushbu biologik xususiyatlari inobatga olinib, g‘oz jo`jalari 9 haftalik yoshigacha boqilib, go‘shtga topshiriladi. Sesarkalar (tovuqlar turkumiga kirib) ular 5 ta (+40 S) haroratga chidaydi. Sesarkalardan bir yilda 200-260 dona tuxum olinadi.
Parrandalarning organizmi boshqa qishloq xo‘jalik xayvonlari kabi tuzilishi murakkabligi bilan farqlanadi. Bir xil xujayralarining guruhlari o`zining faqat morfologik va fiziologik sifatlariga ko`ra to`qimalar tashkil etadi. (Organlari) a’zolari tuzilishi turkumiga ko`ra 2-ga bo`linadi. Parenxima (tukima) va naysimon bo‘ladi. Har xil a’zolari bo‘lib, har xil vaziyatini bajaradi, bu qismlar (sistemasini) tizimini tashkil etadi, qizilo`ngach, jig`ildon, muskulli va suyuqlik ishlab chiqaruvchi oshqozon, ichaklar ovqat hazm qilish tizimini tashkil etadi.
Parrandalarni kerak a’zolari, ayirish, ko‘payish, nafar olish organlari, xamda qon aylanish, nerv sistemasi organlariga bo`linadi. Barcha qismlar va qismlar sistemasi bir butun bo‘lib, ularning o`zaro aloqasi orqali organizmni boshqarish nerv sistemasi yordamida amalga oshiriladi. Organizm faoliyatini boshqarishda ichki sekretsiya bezlari ham katta ta’sir ko`rsatadi. Teri qoplami pat bilan qoplanishi va patini tashlashi.
Parrandalar pati uch qatlamdan tuzilgan, sut emizuvchi xayvonlarga o`xshash. Lekin parrandalarda teri va yog` bezlari bo‘lmaydi. Parrandada ikkita bez buyin orqasida va dumg`azada joylashgan, bir- birini qisib o`tgan oxirgi umurtqasida 2 qismdan tuzilgan, tovuqlarda bu bez no`xatdek katta bo‘lib, rudimentlashgan. Bu bezlardan ajratilgan suyuqliklar bilan parrandalar o`z patlarini maylaydi, ayniqsa suvda suzuvchi parrandalarga xosdir. Parrandalar terisi uch qatlamdan: epidermis, asosiy qism va teri osti qatlami.
Parrandalar patining rangi har xil bo‘lishi organizmda rang beruvchi modda melonin pigmentiga bog‘liq. Pat tashlaganda mahsuldorligi 30-40%, tuxum yo‘nalishidagi parrandalarda 16-17 oylikda, go‘shtdor parrandalarda 14-15 oylik yoshida boshlanadi.
Qon aylanish organlari organizm faoliyatida muxum ro`l o`ynaydi, qon asosiy vazifani bajaradi. Tovuqlarda umumiy qon miqdori tananing og`irligini 8-9 foyizini tashkil etadi.
Katta yoshli parrandalarni yoshiga qarab, fiziologik xolati issiqlik tashqi ta’siri ularning yurak urishi 1 minutda 200-300 marta qisqaradi. Yosh parrandalarda esa undan ham ko‘p qisqaradi.
Ayirish organlari, buyrak va siydik ayrish qismlari kiradi. Buyrak orqali organizmdagi ortiqcha tuz va suvlar xamda zaharli moddalar tashqariga chiqadi. Parrandalarni siydigi sut emizuvchilarnikidan farq qiladi, unda siydik kislotasi, tuz kislotasi, fosfatlar kreatin saqlanadi.
Ko‘payish organlari. Parrandalarda murtak rivojlanishi tuxumda bo‘ladi. Jinsiy etilishi parrandalarda tuxumga kirish bilan bog‘liq. Jinsiy etilishga ta’sir etadi, parranda zoti, turi, oziqalantirishi, saqlanishdir. Tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarda tuxum berish 130-150 kunlik yoshida, go‘shtdor zotlar da 180 kunda, o`rdak 6 oylikda, g‘oz va kurkalar 6-7 oyligida boshlanadi.
Masalan, tuxum yo‘nalishdagi parranda zotlarning xo‘rozlari bir kunda 30 marta juftlanadi, go‘shtdor zotlarda 15-20 marta, kurkalar 7-10 marta, g‘oz va o`rdaklar 3-8 martagacha juftlanadi. Xo`rozlar juftlashida o`zidan 0,5-2,0 ml. urug` ajratadi, g‘oz va o`rdaklar 0,2-0,4 kurkalar 0,5-1,0 ml. urug` ajratadi. 1ml urug`ida -1-3 mln urug` (spermatozoid) bo‘ladi.
Issiqlik almashinuvi. Parrandalarni organizmini xamma qismlari normal faoliyat ko`rsatadi, agar issiqlik xosil bo‘lishi xajmi issiqlikga teng bo‘lsa, undagi vaqt birligida teng issiqlik sarf bo‘ladi.
Parrandalarning tana harorati bir kun davomida o`zgaradi. Kunduzi yuqori, kechasi esa 0,4-0,5 gradusga past bo‘ladi. Normal issiqlik harorati qishloq xo‘jalik parrandalarida 10-18 gradus, nisbiy namlik 60-75%
Masalan: parrandalarni 1 kg tirik vazni uchun 4-5 marta xavo ko‘p talab qilinadi, sut emizuvchilarga solishtirib hisoblaganda.
Tuxum beruvchi tovuqlarning fiziologik xolatiga tashqi muxitning issiqlikning ta’siri turlicha bo‘ladi. Tashqi xavoning sovuqligi - 9,5 gradus bo‘lsa, parrandaning tana harorati pasayadi, agar 1 gradus bo‘lsa tuxum kamayadi, +26,5 gradus bo‘lsa tuxumini po`stlog`i yupqa bo‘ladi +39,0 gradus bo‘lsa parrandalarda yuqori darajada o`lim ko‘payadi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining etakchi tarmog‘i hisoblangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, jamiyat bilan tabiat bir biri bilan o‘zaro aloqaga kirishadigan soha hisoblanadi. Ming yillar davomida qishloq xo‘jaligi tabiatning do‘sti deb hisoblab kelingan. U o‘zining mohiyatiga ko‘ratabiatga juda yaqin bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonida tabiat kuchlaridan keng foydalanadi va bir qarashda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga qaraganda tabiatning sof, sog‘lom, samarador bo‘lishidan kuproq manfaatdor.
Ishlab chiqarish kuchlari uncha taraqqiy etmagan sharoitda qishloq xo‘jaligi ko‘proq tabiat qonunlariga bo‘ysindirishgan bo‘ladi va to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatganda bu qonunlar bo‘zilmaydi. Biroq hozirgi yuz yillikda qisqa vaqt ichida axvol tubdan o‘zgardi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning industrial usullarining joriy etilishi natijasida tabiat kuchlari bilan iqtisodiyotning bu tarmog‘i o‘rtasidagi kuchlari nisbati o‘zgardi.
Oziq ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi o‘sishiga asosan yangi mashina texnikasini kengroq qo‘llash, ishlab chiqarishni ximiyalashtirish, melioratsiya tadbirlarni hisobiga foydalanilayotgan er maydonlarini ko‘proq ekspluatatsiya qilish yo‘li bilan erishilmoqda. Aynan azotli o‘g‘itlarning ortiqcha ishlatilishi ayniqsa xavflidir. Ular tuproqdagi azotni ushlab qolish qobiliyatini susaytiradi va muhitni nitratli azot bilan ifloslaydi.
Qishloq xo‘jaligi sohasida atrof muhitni muhofaza qilishni ta’minlash bo‘yicha choralarni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin;
Ulardan biri inson faoliyatining tabiat xolatiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirini oldini olishga, ikkinchisi esa shunday ta’sir oqibatlarini bartaraf qilishga yo‘naltirilgan. O‘z navbatida bu guruhlarning har biri turli yo‘nalishlarga ega; texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy, axloqiy, huquqiy va boshqalar.
Yuqorida qayd etilganidek, eng hosildor bo‘lgan erning yuqori qatlamini yo‘qolishiga olib keluvchi suv havzalarining tuproqdagi oziqa elementlarini va o‘g‘itlar bilan ifloslantiruvchi tuproq kurashi (erroziyasi).
Qishloq xo‘jaligi va atrof muhitni muhofaza qilish o‘z-aro chambarchas bog‘liq bo‘lib, bir-biriga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu o‘z-aro aloqadorlik va o‘z-aro ta’sir ijobiy bo‘lishi ham, salbiy bo‘lishi ham mumkin.
Ko‘pincha atrof-muhitni ifloslantiruvchi eng zararli joylarga aylangan. Atrof-muhitni parrandachilik sohasi bilan shug‘ullanayotganlar ifloslantirilishi, chiqindilar, organik oqovalar, kanalizatsiyadan chiqadigan oqovalar kabilar bo‘lib, korxonani ifloslantirishlariga kiradi. YOqimsiz hidlarni paydo bo‘lishi, go‘ng shalpog‘ining oziqa qoliqlari bo‘zilishi va hokazolar amiyak, serovodorod va boshqa moddalar hosil bo‘lishiga, parrandalar sog‘ligi, mahsuldorligiga salbiy ta’sir etadi. Parrandaxonada ishlovchi xodimlar sog‘ligiga va har gektar erga 4 tonna parranda go‘ngi solingan maydonga boqilgan parranda o‘zoq vaqt davomida yog‘ bosish (distrofiya) kasalligi ko‘zatiladi. Nafaqat er usti, qolaversa er osti suvlarini ifloslanishi yuz beradi.
Parranda go`shti ishlab chiqarish bilan shug`ullanayotgan xo`jaliklarda va tashkilotlarda mexnatni muxofaza qilish borasida belgilab olingan reja asosida, xodimlar uchun maxsus kiyim-kechaklar, doimiy medetsina, veterinariya ko`riklaridan, nazoratidan o`tkazish, xar kuni ish boshlanishidan oldin yig`ilishlar o`tkazib xar bir xodimni aloxida ogoxlantiriladi. Belgilangan miqdorda xo`jaliklar va tashkilotlar tomonidan xar bir xo`jaliklariga nafaqat jixozlarini berish, dori darmonlarni etkazib berish, broyler jo`jalarni emlash, xonalarni zararsizlantirish kabi tadbirlar o‘z vaktida o`tkazilmoqda.
Har bir ishlovchi ta’minlovchi ishchi xodimlarga kiyim-kechaklar, asbob uskunalar bilan tuligicha ta’minlangan. Xo‘juliklarda va tashkilotlarda ishchi xodimlar uchun ish vaqtlari belgilangan bo‘lib, baxtsiz hodisalar ro‘y bermagan.
Bu esa xujaliklarda va tashkilotda ishni yaxshi tashkil kilinayotganligi, tartib intizomga tulik rioya kilinayotganligidan darak beradi.
Ekologik va xayot faoliyati xavfsizligi borasida o`tkazilayotgan tadbirlarga karamay, ayrim xollarda Payariq tumanida parranda go`shti ishlab chiqarish borasida kamchiliklarga yo`l qo`yilmoqda, bu xam bo`lsa soxalar bo`yicha mutaxasis bo`lmagan fuqarolarni ishlashi em tayyorlash, dori-darmonlar tayyorlash, so`yish, parranda maxsulotlariga qayta ishlov berish, saqlash kabi ishlarni amalga oshirilmoqda.

Nazorat savollari.



  1. Parrandalarning dunyo bo‘yicha necha ming turi bor?

  2. Bankiv tovug`ining vatani va uning og`irligi, tuxum berish sonini ayting.

  3. Parrandalar sut emizuvchilardan qanday farq qiladi?

  4. Parrandalarning anatomiyasi va fiziologiyasi bo‘yicha ma’lumotlarni ayting.

  5. Parrandalarni sun’iy urug`lantirish va bular tug`risidagi ma’lumotlarni ayting.

  6. Parrandalarni pat tashlashi, tulashi, mahsuldorligi bilan bog‘liqligi.

Parrandalarni urchish a’zosi tuzilishi va faoliyati to`g‘risida tushuncha bering.
Download 24.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling