1-Mavzu: Parrandalarning kelib chiqishi va biologik xususiyatlari Reja


Download 24.91 Kb.
bet2/4
Sana27.01.2023
Hajmi24.91 Kb.
#1131081
1   2   3   4
Bog'liq
1 Maruza

G‘ozlar: G‘ozlarning boshlang‘ich avlodi Ovropa kul-rang G‘ozlari (Anser - anser) hisoblanib, zamonaviy g‘ozlar zotlari, zot guruhlarini tashqi ko`rinishi va anatomik tuzilishlari o`xshash.
G‘ozlarni xonakilashtirish davri aniq bo‘lmay, ayrim dalillarni shuni ko`rsatadiki Gretsiyada eramizdan oldin 1000-900 yillar, Egipetda, Ovropada undan oldin xonakilashtirilgan degan ma’lumotlar mavjud.
Yovvoyi kul rang g‘ozlar Ovropa, Osiyo va Afrika xududlarida bo‘lib, uzoq masofalarga uchib yurishi va xattoki janubiy xududlarda Qozog`iston, Sirdaryo sohillarida ham uchratish mumkin. Erkak g‘ozlar 3.5-4,0 kg, urg`ochilari 2,8-3,2 kg tirik vaznga ega bo`lib, urg`ochilari 4-12 dona tuxum qo`yadi va bosadi. Tuxumlarini og`irligi 140-200 gr. Uyalarni qalin butazorlar yoki qamishzorlar, ochiq baliqli joylarga moslashtiradi.
Ikki turi: ya’ni kul-rangisi (Anser cinereus) va quruq tumshuqli (Gyghopsis) bo‘lib, bular xonakilashtirilgan g‘ozlarga yagin hisoblanadi.
Yovvoyi kul-rang g‘ozlarni mahalliy g‘ozlar bilan chatishtirish natijasida ko‘plab zot guruhlarini yaratishga va mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash avlodlar olishda ishlatilmoqda. XVII asrda SHadrin shaharida kul-rang g‘ozlarni xonakilashtirish bilan Ural va SHadrin g‘oz guruhlari yaratilgan.
G‘ozlar bosh soni tovuqlar bosh soniga nisbatan kam bo‘lib, buning asosi tovuqlardan tuxum olishda ko‘proq foydalaniladi, g‘ozlardan esa faqat go‘sht olish maqsadida foydalaniladi.
Keyingi yillarda g‘ozlardan jadal foydalanish maqsadida g‘oz-broylerlari yaratilib, ularni iqtisoslashtirilgan uslublarda bo`rdoqilanib, g‘oz go‘shti etishtirishida foydalanilmoqda.
Ayrim g‘oz zotlari va zot guruhlari (Kuban, Gorkiy) tuxumdor bo‘lib, bir yilda 60-100 donagacha tuxum beradi. Sevastopol g‘oz zoti esa manzarali g‘oz zoti bo‘lib, jingalak par va patlari bilan va doimiy yaltiroq rangda bo‘ladi.
O`rdaklar: O`rdaklarning yovvoyi avlodi (Anas boschas) baqiroq (kryakva) o`rdaklari bo‘lib, g‘ozlar singari bular ham uzoq masafalarga uchib yurish va batqoqli xududlarda uchraydi. Osiyo va Ovropa xududlarida keng tarqalgan. SHimoliy Afrika va Amerikada kam uchraydi. O`rdaklar o`zlarini uylarini batqoqli va suv xavzalari yaqin joylarga quradi. Tirik vazni 1-1,3 kg. bo‘lib, xonakilashtirilgan o`rdaklarda bir muncha o`zgarish, farqi mavjud. Xonakilashtirish ko‘p davlatlarda va har xil vaqtlarda amalga oshirilgan. Xonakilashtirilgan o`rdaklar bilan birinchi bor Gretsiyada eramizning V asrlarida, so`ngra Amerikada muskusli o`rdaklarni xonakilashtirish bilan urchitish ishlari olib borilgan.
O`rdaklarni qo`lga o`rgatish va xonakilashtirish bosh turdagi parrandalarga nisbatan tez va oson kechgan. YOvvoyi avlodlaridan uchinchi va to`rtinchi bo`g`in avlodlari urchitish natijasida o`zlarining uzoq masafalarga uchish kabi xususiyatlarini yo`qatadi va yaxshi saqlash, asrash, ozuqalantirish natijasida sifat ko`rsatgichlari aynan tirik vazni tez oshadi.
O`rdaklarni evalyusiyasi shu bilan bog‘liq, ularda faqat go‘sht yo‘nalishida bo`lib, tuxum yo‘nalishidagi o`rdak ancha kam miqdorda. Qo`sh mahsuldorli yo‘nalishidagi galalari mavjud bo‘lib, bu yo‘nalishidagi o`rdaklar sof xoldagi zotga va tuxum yo‘nalishidagi o`rdaklarga nisbatan ko‘proq. Keng tarqalgan go‘sht yo‘nalishidagi o`rdaklarga raun (Fransiya), eylsbyuri (Angliya), Ukraina kul-rang, oq, qora kukragi oq rang o`rdaklar kiradi. Bu o`rdaklarning tirik vazni 1,7-2,0 kg, tuxumdorligi 170-200 donagacha. Ko‘plab davlatlarda o`rdak tuxumlarini oziq-ovqat sifatida ishlatilmaydi. Sabablaridan biri tovuq tuxumi ishlab chiqarish va tannarxi nisbatan o`rdaklarda tuxum ishlab chiqarish, tannarxi yuqori. Go‘sht sifati bo‘yicha maxsus go‘shtdor o`rdak zotlariga nisbatan muskusli o`rdaklarda birmuncha past.

Download 24.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling