1-Mavzu: pеdаgоgik fikr tаrixi vа mаktаb аmаliyotidа o‘qituvchi mаhоrаti mаsаlаlаri. Pedagogik mahorat va uning asosiy komponentlari Reja


G`arb pedagoglari o’qituvchi, uning jamiyatdagi o’rni va pedagogik mahorat haqida


Download 63.42 Kb.
bet4/8
Sana04.02.2023
Hajmi63.42 Kb.
#1166294
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 ma\'ruza

G`arb pedagoglari o’qituvchi, uning jamiyatdagi o’rni va pedagogik mahorat haqida.
Yevropa mamlakatlarining pedagoglari o’qituvchining professional faoliyati va axloqiy fazilatlari haqida o’z qarashlarini bayon etganlar, pedagogik ta’limot yaratganlar. Chunonchi, XVI asrda Ukraina va Belorusda birodarlik maktablari ochiladi. 1586 yilda Lvov shahrida ochilgan birodarlik maktabi nizomiga ko’ra maktabning rektori va o’qituvchilari jamoaning majlisida saylab qo’yilgan. Nizomda o’qituvchining qanday axloqiy fazilatlarga ega bo’lishi ham bayon etilgan. O’qituvchi – «inson-tavfiqli, o’ylab ish qiladigan, yuvosh qobil, kamtar, qanoatli bo’lmog’i lozim. Araqxo’r, firibgar, safsaboz va dahriylikni yoqlovchi bo’lmasligi lozim».
O’qituvchi bolalarni qattiq ushlamog’i, lekin ularga muhabbat bilan qaramog’i kerak. O’qituvchilarga axloqiy sog’ligi haqida qayg’urmog’i, o’yinlar, musobaqalardan foydalanib, ularga jismoniy tarbiya ham berishi kerak.
Chex pedagogi Yan Amos Komeniskiy (1592-1670)ning asarlarida o’z davrining yangi g’oyalari aks etadi. Komenskiy o’qituvchilikni yer yuzidagi har qanday kasbdan yuqori turadigan juda fahrli kasb deb hisoblab, o’qituvchiga katta ahamiyat beradi. Komenskiy bir tomondan, aholining o’qituvchiga hurmat bilan qarashi lozimligini talab qiladi, ikkinchi tomondan esa, o’qituvchining o’zi ham jamiyatda qanday muhim vazifani bajarayotganligini tushunib olishi va o’z qadr-qimmatini yaxshi bilib ishlashi lozimligini uqtirib o’tadi. O’qituvchi, uning fikricha, sof vijdonli, ishchan sabotli, o’quvchilarga o’zi singdirishi lozim bo’lgan fazilatlarning jonli namunasi bo’lishi, keng ma’lumotli va mehnatsevar bo’lishi lozim. U o’z ishini behad sevishi, o’quvchilarga bamisoli otalardek muomala qilishi, ularda bilimga havas tug’dirishi zarur. O’zi namuna ko’rsatib, o’quvchilarni o’ziga ergashtirishi o’kituvchining eng muhim fazilatlaridan biridir deb hisoblaydi.
Nemis pedagogi Adolf Disterveg (1790-1866) demokratik pedagogikaning ilg’or namoyondasidir (qarang: Pedagogika tarixi. Toshkent, «O’qituvchi», 1976, 122-128 betlar). Uning pedagogik asarlarida o’qituvchilik faoliyati va odobiga qo’yiladigan talablar ko’rsatilgan. Distervergning fikricha, o’qitish chog’ida bolalarning tashabbuskorligini o’stirish, ularni bilimlar bilan qurollantirish o’qituvchi rahbarlik rolini o’ynagandagina mumkin bo’ladigan ishdir. Ta’limning muvaffaqiyatli bo’lishi oqibat natijada darslik yoki metodga emas, balki o’qituvchiga bog’liq deb ta’kidlaydi. Yaxshi o’qituvchi o’z fanini mukammal egallab olgan bo’lishi, o’z kasbini va bolalarni sevishi kerak. Dars chog’ida hamma bolalar tetik bo’lib turishi, o’kituvchi g’ayrat bilan dars berib, o’quvchilarning aqliy, kuchini uyg’otishi, ularning irodasini mustahkamlashi, xarakterini tarkib toptirishi kerak. Yaxshi o’qituvchi, Distervergning ko’rsatishicha, o’zining tarbiya prinsiplarini qat’iyat bilan og’ishmay o’tkazib boradi. Bu prinsiplardan hech qachon qaytmaydi. O’qituvchi o’z ustida muttasil ishlashi lozim. Shundagina u o’quvchilarni bilim egallashda matonatli bo’lishga o’rgatadi. Va ularning o’z yo’llarida uchraydigan qiyinchiliklarni yenga oladigan etib tarbiyalaydi. Disterverg o’qituvchining mustahkam xarakter iva o’tkir iroda kuchi ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. O’qituvchi qattiqqo’l va o’tkir iroda kuchi ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. O’qituvchi qattiqqo’l talabchan bo’lish bilan birga adolatli bo’lishi ham kerak, faqat shundagina u o’z o’quvchilari orasida obro’ qozonishi mumkin. Disterveg o’kituvchi fuqaro bo’lishi, mustahkam e’tiqodga ega bo’lishi va mard bo’lishi lozim, deydi.
XIX-XX asrlarda ayrim yevropa mamlakatlarida o’qituvchilar amal qilishi uchun professional kodekslar ishlab chiqiladi. Ularda o’kituvchilik faoliyati va pedagoglik axloqiga doir talablar ko’rsatilgan. Bu kodekslarda, jumladan, o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi munosabatlarning xarakteri, o’qituvchining o’z kasbiga munosabati; muallim o’z kasb mahoratini oshira borishi zarurligi; pedagoglarning turli uyushmalarida faol qatnashishi kabi talablar ko’rsatilgan.
Sobiq Sovet davlati maorif sohasidagi yangi siyosatni amalga oshirdi. Ta’lim va tarbiya dindan ajraldi. Maktablar faqat dunyoviy ilmlarni o’rgatadigan, materialistik dunyoqarash, marksistik sinfiylik g’oyasni singdiradigan qilib qayta qurildi. Eski maktablarda ishlab kelgan o’quvchilarni qayta tarbiyalash va yangi o’qituvchilarini tayyorlash ishiga kirilishdi.
Sobiq sovet davlati maktab va o’qituvchilarni jamiyatning sinflarga bo’linishini tamomila yo’q qilish quroliga, jamiyatni kommunistik asosda qayta qurish vositasiga aylantirish vazifasini kun tartibiga qo’ydi. Bunday usul ma’naviyatimizga qanchalik ziyon yetkazgani tarixdan ma’lum. Sobiq ittifoqda buyuk davlatchilik, ruslashtirish, boshqa millat kishilari o’zligini anglashga yo’l qo’ymaslikka intilishdek siyosat amalga oshirildi. Keyingi 30-40 yil davomida xalq ta’limi sohasida mablag’ ajratishningn ilmiy prinsiplari buzildi. Maktablarda ta’lim yil sayin pasaya bordi. Qobiliyatli kishilar, ayniqsa erkaklar xalq xo’jaligining boshqa soxalariga ishga o’tib ketdilar. Pedagogika o’quv yurtilariga kiruvchi va uni bitiruvchilarga nisbatan talabchanlik bo’shashtirildi. Natijada pedagoglikka qobiliyati yo’q, bilimi past yuzlab yoshlar har yili respublika o’qituvchilari tarkibiga qo’shildi.
Insoniyat yaratgan bilimlarni egallagan taqdirdagina komunist bo’lish mumkin, degan ta’limot asosida sovet o’qituvchilari yoshlarga ko’proq nazariy bilimlar hayotga, mehnatga tayyorlashdan uzoqlasha bordi. O’qituvchi odobi sohasida sovet pedagogikasi gumanizm, demokratizm, kollektivizm, vatanparvalik, internatsionalizm prinsiplariga asoslanish lozimligini e’lon qildi. Go’yoki bolalarni hurmatlash, o’z kasbini sevish, o’qituvchilik burchini anglash, halollik, vijdonlilik, adolatli bo’lish kabi jahon pedagogikasida asrlar davomida shakllangan va tajribada isbotlangan pedagogik axloqiy normalar milliy zaminda ajratilgan, bir yoqlama kommunistik mafkuraviylikka asoslanganni tufayli amalga oshmadi, balandparvoz gap, erishish amri mahol bo’lgan orzuga aylanib qolaverdi. O’qituvchilarning amaliy faoliyati, ta’lim-tarbiya ishlari markazda tuzilgan yagona o’quv rejalari, yagona dastur, hamma respublikalar uchun bir xil darsliklar, bir yo’nalishdagi ish shakllari va usullarini qo’llash lozimligi bilan cheklab qo’ydi. O’quvchilarning erkinligi, ijodkorligi amalda yo’qqa chiqarilgan edi. Pedagogik axloq qoidalarida haqqoniyilik, halollik, adolat talablari ko’rsatilgan bo’lsa ham amalda har bir o’qituvchidan to’liq (yuz foiz) o’zlashtirish berish, «Ikkisiz va ikki yilliksiz» ishlash talab etildi. Muallimlar insonparvarlik, odamgarchilik ko’rsatish niqobi ostida axloq qonuniyatlariga, odob normalariga zid ravishda harakat qilishga da’vat etildi. Natijada o’quv dasturi materialini o’zlashtirmagan bolaga, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida ta’magirlik, manfaatdorlik illatlari avj oldi, kadrlar tayyorlash sifati juda pasayib ketdi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach mamlakatimiz xalqi oldida iqtisodiy va ma’naviy mustaqillikka ham erishish vazifasi kun tarkibiy qo’yildi. O’zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi sifatida, umumiy ta’lim maktablari va o’qituvchilarning maqsadi – har bir bolada mavjud bo’lgan qobiliyat va layoqatlarni erkin rivojlantirish, ilm asoslarini umuminsoniy va milliy-ma’naviy, madaniy, qadriyatlarni o’rganish, yuksak axloqiy fazilatlarni, fuqarolik burchini, milliy g’urur tuyg’usini o’stirish, yoshlarni mehnat faoliyatiga, mustaqil hayot kechirishga yo’naltirishdan iborat.
Hozirgi davr taraqqiyotidan kelib chiqsak O’zbekistonda ta’lim-tarbiya tobora rivojlanmoqda, o’qituvchi kadrlar tayyorlash saviyasi rivojlanmoqda, o’qituvchi kadrlar tayyorlash saviyasi davlatimiz ko’rsatmalariga muvofiq ravishda ortib bormoqda.
Pedagoglik alohida kasb bo’lib, u har bir mutaxassisdan yuksak darajada g’oyaviy-siyosiy yetuklikni intellektual barkamollikni va ensilopedik ma’lumotlikni, insoniy aql va ezgulik urug’ini tarqatuvchi dehqon va bog’bon sifatida olijanob shaxs bo’lishini taqozo etadi. Hozirgi zamon pedagogikasi fani har bir o’qituvchidan kasbiy jihatdan yetuk bo’lishni va pedagogik mahorat va qobiliyatni, mahoratni to’liq egallagan bo’shlikni talab etmoqda. Pedagogik mahoratga va qobiliyatga, texnikaga ega bo’lmasdan turib haqiqiy o’qituvchi bo’lish mumkin emas degan tushuncha kelib chiqadi. O’zida pedagogik mahoratni va qobiliyatni umumlashtirgan inson bolalarni seva oladi, ular uchun jonini fido qila oladi, ularga haqiqiy ustoz bo’la oladi.

Download 63.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling