1-Mavzu: pеdаgоgik fikr tаrixi vа mаktаb аmаliyotidа o‘qituvchi mаhоrаti mаsаlаlаri. Pedagogik mahorat va uning asosiy komponentlari Reja


Pedagogik mahorat mohiyati, uning tarkibiy qismlari


Download 63.42 Kb.
bet7/8
Sana04.02.2023
Hajmi63.42 Kb.
#1166294
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 ma\'ruza

Pedagogik mahorat mohiyati, uning tarkibiy qismlari
Pedagogika fanining qonuniyatlari va mazmunini har tomonlama o’rganish, uni yosh avlod tarbiyasida qo’llash har bir ustoz, o’qituvchidan mahorat talab etadi.
Mahorat- bu shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati, biror sohasidagi moslashuvchan ko’nikma va ijodkorlik asosida hosil bo’lgan kasbiy ko’nikmalarning nazariy darajasidir.
Ayniqsa barkamol avlod tarbiyasida o’qituvchi-tarbiyachining mahorat egasi bo’lishi muhimdir.
Mahorat – yoshlarni kasbga nisbatan hurmat uyg’otish jarayonidagi kasbiy g’ururni shakllantirishda xizmat qiladi.
Mahorat kasbga nisbatan tavsifnoma berishda, ta’lim jarayonidagi o’zlashtirish saviyasini egallashda, tarbiya jarayonida muayyan vazifani bajarishdagi kasbiy xislatlarni ta’riflashda qo’llaniladi.
Mahorat – va uning o’ziga xos xususiyat va talablari borasida I.A Zyazyuna, P.E Reshetnikov, N. Saidaxmedov, X.A To’raqulov, ye.I Ilin, SH.A Amonashvili kabi olimlar yozgan o’quv-qo’llanma va tadqiqotlarida o’qituvchi mahoratini turli yo’nalishlarini izlaganlar.
Mahorat – san’at, mahorat izlanish, mahorat – pedagogik texnologiyalarni qo’llay bilish, mahorat - o’qituvchining o’z faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishi va o’z-o’zini tarbiyalashidir.
O’qituvchining ko’p qirrali faoliyati va uni qobiliyati, zo’r san’atkor va fidoiy bo’lishi hamda shogirdlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan biridir. SHu sababli bo’lajak mutaxassis pedagogik mahoratni egallashi lozim.
Xush pedagogik mahorat nima va u nimalardan tashkil topgan?
Bu fahm farosat va bilimlarning chinakam ilmiyligi, tarbiyadagi qiyinchiliklarining yengishga qodir bo’lgan nufuzli rahbarlik, bolalar qalbining qandayligini his qilish mahorati, ichki dunyosi nozik va zaif bo’lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashish, donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga bo’lgan qobiliyat mujassamidir.
Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, fahm - farosat bilan bir qatorda pedagogik texnika sohasidagi malakalar ham kiradi, ular tarbiyaga ozroq kuch sarflab ko’proq natijalarga erishish imkonini beradi.
Pedagogik mahorat har bir pedagogning shunday zarur bo’lgan umumiy pedagogik malakalarni shakllantirish bilan bog’liq bo’lib, mazkur masalalarni hal qilish pedagogdan odatdan tashqari kuch - g’ayratni, qat’iyatni, tirishqoqlikni, tadqiqotlarni olib borishga intilishni, yangi vaziyatga, yangi jamoaga kirish qobiliyatini, samimiyatni, to’g’rilik va halollikni, o’tkir aql- idrokni, bir vositani boshqasi bilan tekshirib ko’rish malakasini talab qiladi.
A.S.Makarenko aytganidek, "Agar pedagog mahoratni egallamas ekan, agar u bolalar muhitidagi ilg’or kuchlarga tayana olmas ekan, ularning o’stirishini rag’batlantirib, eng yaxshi faoliyatlarini rivojlantira olmas ekan, u muqarrar ravishda shaxsiy ta’sir ko’rsatishni mutloqlashtirib boradi, ya’ni o’ziga eng oson yo’lni tanlaydi. Chinakam mahorat bilan obro’talablik bir- biri bilan sig’isha olmaydi. Agar chinakam mahoratli pedagog hamma vaqt munosabatlar tizimi bolalarning ijodiy kamolotiga yordam berishi lozimligini o’ylasa, obro’talab pedagog ularning mustaqil faoliyatini nihoyatda toraytirib, ularning so’zsiz quloq solishlarini yoqtiradi, bu bilan bolalar muhitidagi tarqoqlikka ko’maklashadi".
Pedagogik mahorat egasi o’qituvchi nutqining ravon va ta’sirchan o’tilayotgan mavzuga o’quvchi diqqatini torta oladigan, mavzuga mos ko’rgazmalar ijod qilib va undan unumli foydalana oladigan, har qanday sharoitda ham o’quvchi qalbiga yo’l topa oladigan, har bir darsga bolaning qiziqishini oshirishga erisha oladi.
Pedagogik mahorat – izlanish, ijodiy mehnat maxsuli. Pedagogik mahorat hamma o’qituvchilar uchun qolipdagi ish uslubi emas, balki u har bir o’qituvchining o’z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida yuzaga keladigan jarayondir.
V.A Suxomliniskiy o’zining «Chin insonni qanday tarbiyalash kerak» degan asarida «O’qituvchining mehnatini biror narsa bilan qiyoslab ham, taqqoslab ham bo’lmaydi. To’quvchi bir soatdan keyinroq o’z ishining hosilini ko’radi, po’lat erituvchi bir necha soatdan so’ng olovdagi metal oqimidan shodlanadi. Bu uning orzusini yuksak cho’qqisi; yer haydovchi, don sepuvchi g’allakor bir necha oydan keyin dalada o’stirgan boshoqlari va bir siqim donidan zavqlanadi. O’qituvchi esa o’z ijodining mahsulini ko’rish uchun yillab mehnat qilishi kerak. O’qituvchi har bir minut, har bir daqiqada o’zining o’ttizta yoki qirqta tarbiyalanuvchisidan har birini ko’rib turishi, u shu daqiqada nimalar o’ylayotganligini, qanday g’am-alamlar uni tashvishlantirayotganligini bilishi kerak”, -degan fikrlarni bayon etadi.
Pedagogik mahorat o’ziga bolalar haqidagi ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar umumiy pedagogik madaniyatni tashkil etadi, o’qituvchi - tarbiyachi bu madaniyatni egallamas ekan hech vaqt o’zi kasbining chinakam ustasi bo’la olmaydi.
Zamonaviy o’qituvchiga birgina umumiy madaniyatning o’zi kifoya qilmaydi. Bolalarni kuzatish, ularni o’sishidagi muhim narsalarni jamiyatda vujudga kelgan asosiy g’oyalar bilan taqqoslash, ularni rivojlanish yo’llari va usullarini aniqlash turli vositalar, tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish usullarining o’zaro bir - biriga o’tishi dialektikasini chuqur tahlil qilish, pedagogik izlanishlar va yutuqlarni ilmiy jihatdan bir sistemaga solish malakalari zarur bo’ladi.
Pedagog faoliyatining muvaffaqiyatli kechishi uning shaxsi, harakteri, o’quvchilar bilan muomalasiga ham ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Odatda bularning ta’lim-tarbiya jarayoniga ta’siri ahamiyatsizdek tuyuladi. Lekin, tajribali pedagog uning hatti-harakati o’quvchilarga qanday ta’sir ko’rsatatganligiga ahamiyat berib, unga kerakli tuzatishlar kiritib, takomillashtirib boradi. Bunday o’qituvchilarning ilhombaxsh muammolaridan o’quvchilarda o’qishga intilish, o’zlarida yanada yaxshiroq o’qishni uddalay olishiga ishonch hissi paydo bo’ladi. Bu holda ta’lim va tarbiya metodlari pedagog shaxsida mujassamlangan sifatlarni amalga oshirish va undan o’quvchiga axloqiy fazilatlarni o’tkazish vositasiga aylanadi. SHuning uchun ham, pedagogik mahoratni o’qituvchi shaxsi sifatlarining majmui sifatida qarab, uni o’qituvchi yuqori darajada psixologik-pedagogik tayyorgarlikka ega bo’lishi bilan bog’liq bo’lishini e’tirof etish lozim.
Demak, pedagogik mahorat tushunchasi bir-biri bilan bog’liq bo’lgan bir necha qismlardan tashkil topar ekan. Bunday holda pedagogik mahoratni «pedagogik sistema» sifatida tasavvur qilinadi va u quyidagicha ta’riflanadi: «Pedagogik mahorat shaxs sifatlari majmui va o’qituvchi tomonidan professional-pedagogik faoliyatni mustaqil ravishda yuqori saviyada tashqil etishni ta’minlash bo’lib, u pedagogni o’z faoliyati mohirligining eng yuqori cho’qqisiga erishganligini bildiradi». Bundan ko’rinib turibdiki, pedagogik mahorat- bu pedagogik faoliyatning barcha turlarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti va har tomnlama rivojlantirish maqsadlariga yo’naltirish, o’quvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish va ularda ijtimioiy zarur mehnatga moyillik uyg’otishdir.
Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir.



I. Gumanistik (insonparvarlik yo’nalishi)
- qiziqishlar,
- qadriyatlar,
- ideallarining oliy maqsadga- barkamol avlod tarbiyalab yetishtirishga yo’naltirilganligi.
Pedagog shaxsining insonparvarlik yo’nalishiga ega bo’lishi, uning qiziqishlari, qadriyat yo’nalishlari va ideallarining oliy maqsadga-barkamol avlod tarbiyalab yetishtirishga yo’naltirilganligi bilan belgilanadi.


Download 63.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling