1-mavzu. Pedagogik konfliktologiyaning mohiyati, obyekti, predmeti, maqsadi, vazifalari va fan sifatida paydo bo’lishi
-20-mavzu:Konfilеktologiyada tolеrantlik tushunchasi va mеdiatsiya
Download 159.9 Kb.
|
pedddddddddd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konfliktlarni bartaraf etishda tolerantlik.
19-20-mavzu:Konfilеktologiyada tolеrantlik tushunchasi va mеdiatsiya
qoidalari. Dunyoviy davlatchilik asoslarining bosh tamoyillaridan biri tolеrantlik hisoblanadi. Shu bois XXI asr takomilini tolеrantlik tafakkurisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Tolеrantlik tafakkuri millatlar, elatlar, xalqlar, madaniyatlar, qarashlar, mafkuralar xilma-xilligi Tolеrantlik tafakkuri sharoitida ularning barchasining o‘zaro hamkorlik va bir-birini qabul qilish, tеnglik va o‘zaro hurmat asosida yashash jarayonlarini anglatadi. Mеdiatsiya - vositachilikning asosiy qoidalari. Mеdiatsiya (vositachilikning) bеsh asosiy ustunliklari haqida ma`lumot bеrish. Konfliktlarni bartaraf etishda tolerantlik. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lini tanladi. Dunyoviy davlatchilik asoslarining bosh tamoyillaridan biri esa tolerantlik hisoblanadi. Shu bois XXI asr takomilini tolerantlik tafakkurisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Tolerantlik tafakkuri millatlar, elatlar, xalqlar, madaniyatlar, qarashlar, mafkuralar xilma-xilligi sharoitida ularning barchasining o‘zaro hamkorlik va bir-birini qabul qilish, tenglik va o‘zaro hurmat asosida yashash jarayonlarini anglatadi. Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Endilikda oldimizda turgan eng muhim vazifa – ana shu yuksak tushunchalar bilan birga milliy g‘oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik kabi tamoyillarning ma’no-mohiyatini bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ta’lim-tarbiya ishlarining markaziga qo‘yish, ularni yangi bosqichga ko‘tarish yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan yetuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat”, - deb ta’kidlagan. Tolerantlik tafakkuri qadimdanoq turli xalq va millatlarni bir-biriga moslashtirish va o‘zaro hamjihatlikda yashash talabi asosida rivojlanib kelgan. Ammo ayni XXI asrda dunyo iqtisodiy, ma’naviy, madaniy munosabatlaridagi umumlashish va uning asosidagi globalizatsiya jarayonlari, davlatlardagi insonlararo va mafkuralararo ziddiyatlarning ortishi tolerantlikni insoniyat istiqboli taqdiri va umumbashariy bunyodkorlik g‘oyalarini belgilovchi zamonaviy tafakkurga aylantirdi. Demak, tolerantlik (lotincha “tolerantlo” chidamlilik, bag‘rikenglik, sabr-toqatlilik, yon berish) – dinlar, ijtimoiy tartiblar, milliy va diniy urf-odatlar, madaniyatlar, o‘zga diniy, siyosiy qarashlar, e’tiqodlar hamda turmush tarziga nisbatan sabr-bardoshlilik, chidamlilik, odoblilik, andishali bo‘lish ma’nolarini anglatadi. Tolerantlik deganda, tor ma’noda, dinlar rang-barangligini inkor etmaslik, dinlararo bag‘rikenglik tushuniladi. Ayni paytda, tolerantlik keng ma’noda faqatgina dinlararo munosabatlarga tegishli emas, balki butun dunyo xalqlari, mavjud barcha millatlar va elatlarning hozirgi zamondagi o‘zaro hurmati, bag‘rikenglik, bir-birini inkor etmaslik, ularning mavjud turli-tuman turmush tarzlariga tegishli tushuncha ekanligini anglash darkor bo‘ladi. Ma’lumki, hozirgi davr turli mafkuraviy ziddiyatlarning kuchayishi va keskinlanishi bilan xarakterlanadi. Ular sirasida diniy aqidaparastlik, diniy riyokorlik “ommaviy madaniyat”, “axborot xurujlari”, “soxta demokratiyalar”, “rangli inqiloblar”, “preventiv revalyusiyalar” kabi mafkuraviy ta’ziyq va zamonaviy mafkuraviy tahdidlar sog‘lom tafakkur, davlat va millat ozodligini muhofazalashga qaratilgan, milliy manfaatlar asosiga qurilgan g‘oyalarni shakllantirishga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytiradi. Tolerantlik xuddi ana shunday sog‘lom aqida va g‘oya sifatida insonlararo munosabatlarni tartibga soladi, ularni o‘zaro sog‘lom muloqot qilishga o‘rgatadi. Shu nuqtai nazardan, tolerantlik tushunchasi ekstremizm kabi tushunchalarga qarshi bo‘lib, falsafiy-ijtimoiy ong tarkibidan o‘rin oladi va inson tafakkurida namoyon bo‘ladi. Download 159.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling