1-mavzu: Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni. Reja
Download 25.91 Kb.
|
1-mavzu Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
1-mavzu: Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni. REJA: 1.Pedagogik faoliyat. Pedagogik faoliyat xususiyatlari, ijtimoiy ahamiyati. 2. Pedagogik faoliyatning asosiy yo’nalishlari. 3.“Pedagogik mahorat” tushunchasining mohiyati. O’qituvchi mahoraitni shakllantirishga doir psixologik, pedagogik nazariyalar mazmuni va ahamiyati. 4. Madaniyat va pedagogik madaniyat. Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari. 5.Bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlash va ularning pedagogik mahoratga ega bo’lishlariga qo’yiladigan talablar. Tayanch so’z va iboralar: Pedagogik mahorat, pedagogik faoliyat, pedmahoratning asosiy komponentlari (tarkibiy qismlari, pedmahoratni shakllanishi va rivojlanishi). Bugungi kunda O’zbekiston taraqqiyotining poydevori bo’lgan barkamol avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan voyaga etkazish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu ishlarni amalga oshirishda uzluksiz ta’lim turlari, ayniqsa oliy ta’lim o’quv muassasalarining ahamiyati beqiyosdir. Chunki ushbu maskanda ta’lim olayotgan har bir yosh yigit-qiz faqatgina u yoki bu soha mutaxassisligiga ega bo’libgina qolmay, jismoniy va ma’naviy jihatdan kamol topadi, jamiyatimiz hayotida faol ishtiroq etadi. O’zining bilimi, ma’naviyati, madaniyati bilan O’zbekiston taraqqiyotining bosh yo’li bo’lgan ozod va obod Vatan uchun mehnat qiladi. Albatta, bunday ulkan vazifalarni amalga oshirishda oliy ta’lim o’quv yurtlarida o’qitiladigan «Pedagogik mahorat» fanining ahamiyati kattadir. Chunki «Pedagogik mahorat» talaba shaxsini ma’naviy shakllantirishda, milliy istiqlol g’oyasiga sodoqat ruhida tarbiyalashda, ularning madaniyatini rivojlantirishda muhim o’rin tutadi. Yoshlarni o’qitish va tarbiyalash kabi murakkab masalalarni muvaffaqiyatli hal qilish ko’p jihatdan o’qituvchining g’oyaviy e’tiqodi, kasbiy mahorati, bilimdonligi, madaniyatiga bog’liqdir. Zamonaviy pedagog o’quvchiga ta’sir etish, uning istallari, e’tiqodini, qiziqishi va imkoniyatlarini shakllantira bilishi kerak. Zamonaviy maktablarga pedagog-ustalar, yuksak malakali o’qituvchilar va tarbiyachilar kerak. Pedagogik bilim va mahorat ega bo’lgan o’qituvchi avval, pedagogika fanining metodologik asoslarini, shaxs rivojlanishini qonuniyatlarini va omillarini, kadrlar tayyorlash milliy dasturining mohiyati, maqsad va vazifalarini bilishi zarur. Talabalarga taklif qilinadigan tablitsa.
Download 25.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling