1-mavzu. Pedagogik tadqiqotlarning mazmuni va mohiyati. Boshlang‘ich ta’lim metodologiyasi o‘quv fani sifatida. Reja
Download 0.89 Mb.
|
Boshlang\'ich ta\'lim metodologiyasi
1-MAVZU. PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING MAZMUNI VA MOHIYATI. BOSHLANG‘ICH TA’LIM METODOLOGIYASI O‘QUV FANI SIFATIDA. Reja: 1. Ijtimoiy pedagogik izlanish sifatida boshlang’ich ta’limda ilmiy tadqiqotlarning o‘ziga xosliklari. 2. “Boshlang’ich ta’lim metodologiyasi”fani metodologik bilim va faoliyat tizimi sifatida. 3. Boshlang’ich ta’limning pedagogik metodologik ta’minoti. Tayanch iboralar va atamalar: fan, texnika, texnologiya, ilm-fan, axborotlashtirilgan asr, ta’lim, tarbiya, aqliy faoliyat, ilmiy tadqiqot, muammo, maqsad, vazifa, bo’lajak mutaxassislar, zamonaviy axborot tizimlari, metodik usullar, interaktiv, kompyuterda modellashtirish. 1.Ijtimoiy-pedagogik izlanish sifatida boshlang’ich ta’lim tadqiqotlarning o‘ziga xosliklari Maqsad bugungi kunda jamiyatimizda har bir inson, alohida olinganda fan va texnika yutuqlarining tobora rivojlanib borayotgani ta’siri ostida yashamoqda. Bu yana shunisi bilan ham harakterliki, unda texnika va texnologiyalar kun sayin, soat sayin takomillashib, rivojlanib bormoqda va natijada shunga mos yеtuk mutaxassislar tayyorlash zarurati ham tug’ilmoqda. Bunda ilm-fan, umuman olganda ijodiyot, ilmiy tadqiqot ishlarining tadqiqiy va texnikaviy yеchimlaridan boshlab, olingan natijalarni amaliyotda (ishlab chiqarishda, ta’limda, tarbiyada, san’atda va x k.) qo’llashgacha bo’lgan barcha bosqichlarni samarali amalga oshirishga erishsa, uz vazifasini muvafaqqiyatli bajargan bo’ladi. Axborotlashtirilgan asrda axborotlar oqimi muntazam ravishda ortib boradi va tabiiy ularga mos muammo hamda ularning yеchimlari ham tez o’zgarib boradi. Demak, ushbu jamiyatga mos va unda faol qatnashuvchi bo’laman degan, xodim (a’zo, shaxs) ya’ni mutaxassis ham ilmiy axborotlarni izlash, to’plash va undan foydalanish uchun olingan axborotlarni tizimlarga ajratish, muammoga xos fikr va texnikaviy (texnologik) yеchimlarning optimal variantlarini tanlash usullarini bilishlari zarur. Ma’lumki, bunday aqliy faoliyat bevosita ijod bilan bogliq bo’lib, u insonning yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyatidir. Uz navbatida tadqiqot va ijodiy mulohazalar ham zamonaviy mutaxassisdan ilm-fan yutuqlaridan ijodiy foydalanish orqali istiqbolli yangi vazifalarni mustaqil quyish, uni optimal yechimini tanlay bilish va uzining amaliy faoliyatida turli ko’rinishlardagi ilmiy izlanishlar va tajriba -sinov ishlarini o’tkazishini talab qiladi. Ana shunday zamonaviy mutaxassislar tayyorlash davr talabi ekanligini e’tiborga olib “Boshlang’ich ta’lim metodologiyasi” fanini o’rganishga quyidagi maqsadni rejalashtirdik. Oliy o’quv yurtlarida magistraturani bitirib chiqayotgan “Boshlang’ich ta’lim”mutaxassisni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, o’quv-tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalana oladigan qilib hamda i pedagogik faoliyatmahoratini va ko’nikmalarini yanada takomillashtirish, rivojlantirish ustidagi faoliyatni ilmiy tashkil qilaoladigan shuningdek, ularni mustaqil ilmiy - pedagogik va kasbga doir boshqaruv faoliyatiga tayyorlash.Bunday muhim muammoni (maqsadni) - amalga oshirish uchun mazkurfanni o’qitish davomida quyidagi. Vazifalar yеchimlari izlanadi: • bo’lajak mutaxassislarni ilm-fanning mohiyati, uni tashkil qilish va ularning jamiyatdagi o’rni bilan tanishtirish; • bo’lajak mutaxassislarga ilmiy izlanishhamdaularning mazmun - mohiyati haqida tushuncha berish; • “Boshlang’ich ta’lim metodologiyasi” ga oidilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish, o’tkazish va ularnitajriba - sinov ishlari hamda ularning tahlili haqida tushunchaberish; • bo’lajak mutaxassislarni tanlangan mutaxassisligi bo’yichailmiy tadqiqot ishlarnini bajarishga, shuningdek, fan - texnika vatexnologiyaiing zamonaviy yutuqlarini amaliyotda joriy etishgayunaltirilgan kasb tayyorgarligiga ega qilish; • bo’lajak mutaxassislarning kasb vazifalarini avtomatlashtirish va kompyuterda modellashtirish metodlarini, optimal yеchimlartopishning metodik usullarini topishni o’rgatish; • ilmiy ishlari olib borishda zamonaviy axborottizimlaridan foydalanadigan innovatsion ta’lim texnologiyalar vainteraktiv ta’lim usullaridan foydalanishni o’rgatish; • dissertatsiya tayyorlash va uni rasmiylashtirish hamda himoya qilishhaqidagi ma’lumotlarni yyetkazish. Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid ma’lumotlar: • “Boshlang’ich ta’lim metodologiyasi”fanining maqsadi:Oliy o’quv yurtlarida magistraturani bitirib chiqayotgan mutaxassisni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, o’quv - tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalana oladigan qilib hamda uzidagi pedagogik faoliyat mahoratini va ko’nikmalarini yanada takomillashtirish, rivojlantirish ustidagi faoliyatini ilmiy tashkil qila oladigan, shuningdek, ularni mustaqil ilmiy - tadqiqot, ilmiy - pedagogik va kasbga doir boshqaruv faoliyatiga tayyorlash; • “Boshlang’ich ta’lim metodologiyasi”fanining omillari:bo’lajak mutaxassislarni ilm-fanning mohiyati, uni tashkil etish asoslari va ularning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati bilan qurollantirish asosida ularga ilmiy xodim, ilmiy tadqiqot va ular faoliyati mazmun - mohiyati haqida tushuncha berish; Ilmiy tadqiqot ishlari (ITI)ni rivojlantirish, tashkil etish, uyushtirish va ularning tajriba-sinovishlari hamda ularning tahlili haqida tushuncha berish; bo’lajakmutaxassislarni tanlangan mutaxassisligi bo’yicha ITI ni bajarishga,shuningdek, ilm-fan va texnika-texnologiyalarning zamonaviyyutuqlarini amaliyotda joriy etishga yunaltirilgan kasbtayyorgarligiga ega qilish; bo’lajak mutaxassislarning kasbvazifalarini avtomatlashtirish va kompyuterda modellashtirishmetodlarini, optimal yеchimlar topishning ratsional usullarinitopishni o’rgatish; ITI olib borishda zamonaviy axborottizimlaridan foydalaniladigan innovatsion ta’lim texnologiyalariva interaktiv ta’lim usullaridan foydalanishga o’rgatish; dissertatsiyatayyorlash va uni rasmiylashtirish hamda himoya qilish haqidagima’lumotlarni yetkazish. 2.Pedagogika fani metodologiyasi bilim va faoliyat tizimi sifatida. Ijod deganda keng ma’noda obyektga (butun atrof muhit yoki uning ozmi ko‘pmi ajratib olingan, alohida bo‘lagiga) subyektning (alohida shaxs, ijtimoiy tabaqa, jamiyatning) faol, izchil ta’siri tushuniladi. Mazkur ta’sir jarayonida subyekto‘zini qurshagan muhitni o‘zgartiradi, shu paytgacha ko‘rilmagan, bilinmagan, o‘rganilmagan, g‘aroyib va jozibali yangilikni yaratadi yoki kashf etadi. Ijodiy jarayon davomida shaxs ham dunyoni o‘zgartiradi, ham o‘zini yaratuvchi, ijodkor, sifatida kashf etadi. Insonning ijodi bu shaxsning tub xususiyati, uning immanent xossasidir: shaxsning, uning qobiliyatlari va ko‘nikmalarining rivojlanish darajasi, shuningdek, uning ijtimoiylashganlik darajasi uning ijodiy bunyodkorlik faolligi bilan belgilanadi. Ijod shaxsning bunyodkorlik, yaratuvchilik salohiyatini ro‘yobga chiqaradi. Shaxs ijod usuli bilan yangilik yaratadi, xilma xil muammolarni qo‘yadi va hal qiladi, ularning o‘ziga xos еchimlarini, ba’zan bunday еchimlarga nisbatan betakror yondashuvlar, usullar, metodlarni topadi. Ijo¬diy faollikda tadqiqotchi, yaratuvchi, olim shaxsining o‘ziga xosligi va betakrorligi namoyon bo‘ladi. Ijodiy faollik subyektga muttasil o‘zgaruvchi, rivojlanuvchi, ichki ziddiyatlarga boy obyektning ko’rashga chorlovlariga munosib javob qaytarishga ko‘maklashadi. Ijod jarayonining bu jihati ilmiy bilish jarayonida, ayniqsa, yorqin namoyon bo‘ladi. Ilmiy tadqiqotdagi barcha yondashuvlar, shakllar, vositalar va metodlar ilmiy xususiyatga ega. Fan bu rivojlanuvchi, o‘sib boruvchi bilim tizimi, ijtimo¬iy ongning va kishilik sivilizatsiyasi ijodiy bunyodkorlik amaliyotining insonning o‘zini qurshagan olamni surunkali va chuqur o‘zlashtirishiga, tabiy va ijtimoiy voqelikning borliqqonuniyatlari to‘g‘risida aniq, chuqur, haqqoniy axborot olish, bunday axborotni o‘zlashtirish, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanishga yo‘naltirilgan alohida shakldir. Bugungi kunda fan hozirgi zamon postindustrial, axborot jamiyatining arxetipidan mustahkam o‘rin olgan. Bunda borliqning tuzilishini ijodiy bilish instituti sifatidagi fanning epistemologik, kreativ evristik funksiyasi alohida rol o‘ynaydi. Hozirgi zamonboshlang]ich ta]lim metadoliogiyasi fanining kre¬ativ evristik roli alohida yaratuvchi olimning ilmiy ijodida ham, ilmiy jamoalar—laboratoriyalar, institutlar, sinov poligonlari va hokazolarning ilmiy ijodida ham o‘z aksini topa¬di. Ilmiy ijod bu ilmiy bilishni rivojlantirish, yangi ilmiy bilim olish va undan foydalanish, ilmiy bilimni yangi qonunlar va qonuniyatlar, yangi ilmiy prinsiplar va nazariyalar, inson faoliyatining har xil sohalaridagi amaliyotga faol chiqishlar bilan boyitish bilan bog‘liq bilish va bunyodkorlik faoliyatidir. Ilmiy ijod bu asosiy jihati o‘rganilayotgan hodisalar va jarayonlarning, ularning harakat va rivojlanish qonunlarining mohiyatini abstrakt tushunchalar, sxemalar, formulalar, tenglamalar va hokazolar shaklida ifodalashdan iborat bo‘lgan obyektiv voqelikni subyektiv aks ettirshsdir. Inson ijodiy ilmiy tadqiqotlar yordamida o‘zini ilmiy kashfiyot ilmiy ijodning muhim jihatini,ilmiy tadqiqot obyekti haqida yangi sifatli axborot olish, yangi qonunlar, gipotezalar va nazariyalarni aniqlash, fanning yangi sohalari xaqida ma’lumotlar olishda namoyon bo‘ladi. Ilmiy ijod jarayonida olimlar, fan odamlari yangi yangi ilmiy bilimlarni umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga kiritadi va bunda, K. Popper ta’biri bilan aytganda, “Insoniyat bilishdan lazzat oladi”. Hozirgi zamon qobiliyatli olimi yuksak umumiy madaniyatli, chinakam ziyoli, yuksak darajada ma’lumotli odam bo‘lishi, nafaqat ilmiy bilimlar va ko‘nikmalarga, balki ijodiy qobiliyatlarga, keng hayot tajribasiga ega, o‘tkir zehnli bo‘lishi kerak. Fanni ijodiy, faol rivojlantirish — hozirgi zamon ijtimoiy taraqkiyotining ajralmas jihatidir. Dolzarb ilmiy muammolarning еchimini topishga nisbatan ijo¬diy, o‘ziga xos yondashuv ko‘pgina hozirgi zamon ilmiy tadqiqotlariga xos xususiyatdir. Falsafa o‘zining ko‘p asrlik taraqqiyotida hamisha ilmiy ijod bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan, o‘z qonun qoidalarida muayyan fanlarning yutuqlari va xulosalariga tayanib kelgan. Shu bilan birga, falsafa muayyan fanlarga nisbatan o‘z metodologik funksiyasida bilimga chanqoq, fanning, haqikatning tagiga еtish sari mashakatli ijodiy yo‘lini yorituvchi yo‘lchi yo’lduz vazifasini ham bajaradi. Falsafa bu fan epistemologiyasi, ilmiy ijodning metodologik negizidir, zero, u ilmiy tadqiqotlar ummonida olimga metodologik va dunyoga qarashga doir mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi. Falsafa ilmiy ijodning metodologik asosi hisoblanadi, zotan, u ilmiy dunyoqarashning mohiyati, o‘zagi, tub negizidir. 3.Boshlang’ich ta’lim metodologiyasi fanining pedagogik ta’minotiga doir manbalari. Boshlang’ich ta’lim metodologiyasi fanining pedagogik ta’minotiga doiruning predmeti —aqliy va ijodiy faoliyati bilan muttasil nazorat qilinuvchi va yo‘naltiriluvchi bilishning umumfalsafiy, umumilmiy va maxsus ishlab chiqilgan metodlari negizida yangi ilmiy bilim olish usullari hamda bu ilmiy bilimning tuzilishi prinsiplari haqidagi hozirgi zamon falsafiy ta’limotidir. Fan metodologiyasining maqsadi yangi bilim olish, uni o‘stirish uchun zarur ilmiy ijod negizi, prinsiplarini ishlab chiqishdan iborat. Yangi bilim olish uchun obyektiv haqqoniy bilimdan qurol sifatida foydalanilganida, u ijodiy metodologik rol o‘ynaydi, ilmiy metodning jihati, shakli, elementi bo‘lib xizmat qiladi. Olimlar ilmiy metodologiya yordamida olingan bilimlarni tushuntiradi, talkin qiladi, shuningdek, ularni amaliyotga: texnika, texnologiya, amaliy tadqiqotlar va hokazolarga tatbiq etadi. Bunda bilishning umumfalsafiy, umumilmiy metodlari: analiz va sintez, induksiya va deduksiya, abstraksiyalashtirish, abstraktlikdan konkretlikka tomon yuqorilab borish va boshqalar olimlarning ko‘plab avlodlari ilmiy ijodining mahsulidir. Ilmiy metod - bu ilmiy bilimni muttasil o‘stirishga yunaltirilgan inson bilishining obyektiv jarayonlari, qonunlari va tendensiyalarini aksettiradigan ilmiy bilimdir. Bu nuqtainazardan ilmiy metod o‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy metoddir. Il-miy ijod deganda avvalambor ilmiy bilishning har xil usullaridan yangi ilmiy bilim olish vositasi sifatida foydalanish tushuniladi. Odatda, olim uz ijodida metodlar, yondashuvlar va konsepsiyalarning tizimidan foydalanadi. Shuning uchun ham ilmiy ijod voqelikni ilmiy bilish va o‘zgartirshning abadiy barhayot, o‘zgaruvchan, harsafar o‘zgargan sharoitlarga moslashuvchan usuli hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning faoliyati ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida O‘zbekistonni rivojlantirish muammolari va istiqbollarini ilmiy jihatdan chuqur, obyektiv ko‘rib chiqishga nisbatan ijodiy yondashuvning yorqin misolidir.Sh.M.Mirziyoyevningo‘zining teran ijodiy tadqiqotlari, farmon va qarorlari, ma’ruzalaridaxalq, jamiyat, davlatni ijtimoiy rivojlantirishning tarixiy ildizlarini va istiqbollarini chuqur tahlildan o‘tkazdi. Xalq davlatga emas, davlat xalqqa xizmat qilishini, rahbarlik faoliyatida xizmat qilayotganlarga xalq ichiga borib muammolarini o’rganish va bartaraf etishni o’qtirdi MAVZUGA DOIR SAVOLLAR 1. Ijod deganda nimani tushunasiz? 2. Fan va ijodning nisbati qanday? 3. Ilmiy bilish va ijodda falsafa qandayo‘rin tutadi? 4. Boshlang’ich ta’lim metodologiyasining predmet sifatidagi mohiyati nimada? 5. Ilmiy metod deganda nimani tushunasiz? Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling