1-mavzu. Pedagogik tadqiqotlarning mazmuni va mohiyati. Boshlang‘ich ta’lim metodologiyasi o‘quv fani sifatida. Reja
-MAVZU. ILMIY BILISH JARAYONI VA UNI AMALGA OSHIRISH JARAYONLARI. BILISH VA UNING XUSUSIYATLARI
Download 0.89 Mb.
|
Boshlang\'ich ta\'lim metodologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy bilish metodlari
- Induksiya
3-MAVZU. ILMIY BILISH JARAYONI VA UNI AMALGA OSHIRISH JARAYONLARI. BILISH VA UNING XUSUSIYATLARI
Reja. 1. Pedagogikaning ijtimoiy rivojlanish tendensiyalari. 2.Boshlang’ich ta’lim metodologiyasining mantiqiy-gnoseologik modeli. 1. Pedagogikaning ijtimoiy rivojlanish tendensiyalari. Pedagogikada “Boshlang’ich ta’lim metodologiyasi” fanining ijtimoiy rivojlanish tendensiyalari xilma xil bo’lib insonning kundalik hayotida , uyda, dala hovlidagi ijodi. Inson bunda o‘zining hayotiy faoliyati maydonini ijodiy o‘zgartiradi, o‘zlashtiradi, qayta tuzadi. - insonning ishlab chiqarishdagi mehnat faoliyati - yangi mashina, yangi bino, qurilish va memorchilik. - shifokorning bemorni davolashda tibbiyotning yangi yutuqlarini jalb etishi. - qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil olishda.Yangi navlar yaratish. - badiiy ijod turlari: bastakor, musiqa yaratish. - yozuvchi, shoir, dramaturg ijodi – qissa, roman,hikoya, doston. -rassom va haykaltarosh ishodi. - aktyor ijodi – kino, teatr, televidenieda maromida o‘ynalgan rollari. -insonning bilish jarayonidagi ijodida –ong, aql-idrok, tasavvur, fantaziya,xotira, intuitsiya, sog‘lom fikr, hayotiy tajriba faol ishtirok etadi. - Borliqni sirini bilishda insonning mahorati, topqirligi, ustomonligi, uddaburonligi, ijodning ko‘rinishlarini tavsiflaydi. - Bilish jarayonidagi ijodda –insonning qobiliyati, iste’dodi yorqin namoyon bo‘ladi. - olimning zarur sifati – doimiy ijodiy izlanish,bilimga intilish,ilmiy tadqiqotda xalol,holis harakat qila olish. Ilmiy bilish metodlari – bu obyektni o‘rganishning asoslangan izchil usullari va qoidalaridir. Fanlarning umummilliy, xususiy va maxsus metodlari mavjud. Bilimning empirik va nazariy darajalari: Empirik darajasi – voqelikning hodisalari va jarayonlarini tafakkur etish,taasurot olish, idrok etish,mohiyatini teran tushungan asosida sodir bo‘ladi va u obyektga yo‘naltirilgan kuzatish, tajribalar natijalariga tayanadi nazariy darajasi- subyektning aql idroki, mantiqiy mushohada yuritishi, empirik bilimlarni teran analizdan o‘tkazadi, bilish obyektining mohiyatini teran tushunib olishga imkon beradi. Ilmiy bilishda tushunish muammosi – bilishning nazariy darajasini ta’minlaydi. Har qanday nazariy bilish predmet va hodisaning mohiyatini tushunib еtishni nazarda tutadi.Nazariy bilishning maqsadi – o‘rganilayotgan obyektning qonuni, qonuniyatlarining ochib beradi. Hodisalarning mohiyatini bilash – bu ilmiy bilishdagi tushunish demakdir.Fanda nazariy bilishning umumfalsafiy metodlari: induksiya va deduksiya, analiz va sintez, umumlashtirish va taqqoslash, abstraksiya, analogiya, modellashtirish bilan bog‘liqdir. Induksiya– alohida, parchalangan, tizimga solinmagan ma’lumotlardan umumlashtirishga o‘tish,faktlarni tushunish va tushuntirishni ta’minlaydi. Xususiydan + umumiyga. Deduksiya– umumiydan + xususiyga qarab munozara yuritish.Lotincha- deductio – keltirib chiqarish degan ma’noda Umumiy-universal ilmiy tasavvurlardan xususiy mulohazalarni keltirib chiqarish tushunchasi. Induksiya deduksiya – analiz va sintez kabi umumfalsafiy va umumilmiy metodlar bilan bog‘lanadi. Analiz – bilish predmetini fikran qismlarga ijratish, ularning xossaoari, belgilari, munosabatlarini ajratish obyektning mohiyatini aniqlash demakdir. Sintez – perdmetning bilingan tomonlari, belgilari, hodisalarini fikran birlashtirish, ob’etning tuzilishi va rivojlanishini tushunib еtishdir. Analiz sintez, sintez analiz bo‘lmaydi. Sintez analiz natijalarini umumlashtiradi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling