1-mavzu. Pedagogik tadqiqotlarning mazmuni va mohiyati. Boshlang‘ich ta’lim metodologiyasi o‘quv fani sifatida. Reja


Download 0.89 Mb.
bet10/42
Sana20.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1039203
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42
Bog'liq
Boshlang\'ich ta\'lim metodologiyasi

MAVZUGA DOIR SAVOLLAR
1. Ijodning qaysi shakllarini bilasiz?
2. Ilmiy metod deganda nimani tushunasiz?
3. Bilimning empirik va nazariy darajalarining birligi va farqi nimada?
3-4-MAVZU. ILMIY BILISH JARAYONI VA UNI AMALGA OSHIRISH JARAYONLARI. BILISH VA UNING XUSUSIYATLARI
Reja.
1. Pedagogikaning ijtimoiy rivojlanish tendensiyalari.
2.Boshlang’ich ta’lim metodologiyasining mantiqiy-gnoseologik modeli.
1. Pedagogikaning ijtimoiy rivojlanish tendensiyalari.

Pedagogikada “Boshlang’ich ta’lim metodologiyasi” fanining ijtimoiy rivojlanish tendensiyalari xilma xil bo’lib insonning kundalik hayotida , uyda, dala hovlidagi ijodi. Inson bunda o‘zining hayotiy faoliyati maydonini ijodiy o‘zgartiradi, o‘zlashtiradi, qayta tuzadi.


- insonning ishlab chiqarishdagi mehnat faoliyati
- yangi mashina, yangi bino, qurilish va memorchilik.
- shifokorning bemorni davolashda tibbiyotning yangi yutuqlarini jalb etishi.
- qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil olishda.Yangi navlar yaratish.
- badiiy ijod turlari: bastakor, musiqa yaratish.
- yozuvchi, shoir, dramaturg ijodi – qissa, roman,hikoya, doston.
-rassom va haykaltarosh ishodi.
- aktyor ijodi – kino, teatr, televidenieda maromida o‘ynalgan rollari.
-insonning bilish jarayonidagi ijodida –ong, aql-idrok, tasavvur, fantaziya,xotira, intuitsiya, sog‘lom fikr, hayotiy tajriba faol ishtirok etadi.
- Borliqni sirini bilishda insonning mahorati, topqirligi, ustomonligi, uddaburonligi, ijodning ko‘rinishlarini tavsiflaydi.
- Bilish jarayonidagi ijodda –insonning qobiliyati, iste’dodi yorqin namoyon bo‘ladi.
- olimning zarur sifati – doimiy ijodiy izlanish,bilimga intilish,ilmiy tadqiqotda xalol,holis harakat qila olish.
Ilmiy bilish metodlari – bu obyektni o‘rganishning asoslangan izchil usullari va qoidalaridir.
Fanlarning umummilliy, xususiy va maxsus metodlari mavjud.
Bilimning empirik va nazariy darajalari:
Empirik darajasi – voqelikning hodisalari va jarayonlarini tafakkur etish,taasurot olish, idrok etish,mohiyatini teran tushungan asosida sodir bo‘ladi va u obyektga yo‘naltirilgan kuzatish, tajribalar natijalariga tayanadi nazariy darajasi- subyektning aql idroki, mantiqiy mushohada yuritishi, empirik bilimlarni teran analizdan o‘tkazadi, bilish obyektining mohiyatini teran tushunib olishga imkon beradi. Ilmiy bilishda tushunish muammosi – bilishning nazariy darajasini ta’minlaydi. Har qanday nazariy bilish predmet va hodisaning mohiyatini tushunib еtishni nazarda tutadi.Nazariy bilishning maqsadi – o‘rganilayotgan obyektning qonuni, qonuniyatlarining ochib beradi. Hodisalarning mohiyatini bilash – bu ilmiy bilishdagi tushunish demakdir.Fanda nazariy bilishning umumfalsafiy metodlari: induksiya va deduksiya, analiz va sintez, umumlashtirish va taqqoslash, abstraksiya, analogiya, modellashtirish bilan bog‘liqdir.
Induksiya– alohida, parchalangan, tizimga solinmagan ma’lumotlardan umumlashtirishga o‘tish,faktlarni tushunish va tushuntirishni ta’minlaydi. Xususiydan + umumiyga.
Deduksiya– umumiydan + xususiyga qarab munozara yuritish.Lotincha- deductio – keltirib chiqarish degan ma’noda Umumiy-universal ilmiy tasavvurlardan xususiy mulohazalarni keltirib chiqarish tushunchasi.
Induksiya deduksiya – analiz va sintez kabi umumfalsafiy va umumilmiy metodlar bilan bog‘lanadi.
Analiz – bilish predmetini fikran qismlarga ijratish, ularning xossaoari, belgilari, munosabatlarini ajratish obyektning mohiyatini aniqlash demakdir.
Sintez – perdmetning bilingan tomonlari, belgilari, hodisalarini fikran birlashtirish, ob’etning tuzilishi va rivojlanishini tushunib еtishdir.
Analiz sintez, sintez analiz bo‘lmaydi. Sintez analiz natijalarini umumlashtiradi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling