1-mavzu. Pedagogik tadqiqotlarning mazmuni va mohiyati. Boshlang‘ich ta’lim metodologiyasi o‘quv fani sifatida. Reja


Boshlang’ich ta’lim metodologiyasining mantiqiy-gnoseologik modeli


Download 0.89 Mb.
bet8/42
Sana20.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1039203
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
Bog'liq
Boshlang\'ich ta\'lim metodologiyasi

2. Boshlang’ich ta’lim metodologiyasining mantiqiy-gnoseologik modeli
Ilmiy izlanishning yana bir istiqbolli xususiyati shundaki, u fan oldiga ilmni ijtimoiy maqsadlar sari rivodjlantirishiga doir maqsad va vazifalarni qo‘yadi.
Ilmiylik - Ilmiy muammo (IM) – bu fan va texnika texnologiya, g‘oya va ta’limotlarni yaratish yoki shakllantirish, metod va metodologiyalarni yaratishdagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masala (Ba’zi hollarda maqsad).IMdaa – tadqiqotchining asosiy salohiyati, tajribasi, iqtidori chuqur bilimi muhimdir.
Ijod – insonning yangi moddiy va ma’naviy ne’matidir. Yaratish faoliyati Unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi, butun bilimi, tajribasi, iste’dodi namoyon bo‘ladi.
Ijod – dastlab inson tasavvurida tug‘iladi, keyin ijodga taalluqli masalalar yuzasidan izlanishlar olib boriladi.
Ijod –fan texnikani, madaniyatni boyitadi, rivojlantiradi.
Ijodkor – ijod etuvchi, yaratuvchi, bunyodga, vujudga keltiruvchi.
Ijodiyot – 1) Ijodiylik bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat.
Ijodiyot – inson aqli zakovatining barcha ijobiy sifatlarini o‘zida mujassamlantirgan, yangilik yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida faollik va mustaqil faoliyat turi.
Ijodiyot – fan, texnika, madaniyat, san’at va ishlab chiqarish safarida namoyon bo‘ladi.
Ijodkorlik – bu ko‘pchilikka noma’lum va murakkab xususiyatlarni o‘rganishga imkon beruvchi inson tafakkuri va ruhiyatining har xil sharoitlarda jamol ko‘rsatishi bilan bog‘liq o‘ziga xos fikrlash modeli.
Ijodkorlik – bu aql gimnastikasi, u nafaqat doonishmanlargagina kerak va hatto oddiy ijodkor odamga ham zarur.
Ijodkorlik – bu avvalo, mehnatga ijodiy munosabatda bo‘lishni tarbiyalash, yangi bilimlarni o‘zlashtirishni uddalay olish, maqsad sari intiluvchanlik, g‘alaba uchun kurush, o‘z-o‘zini takomillashtirishsh va o‘zlikni anglashdir.
Ijodiy faoliyat – bu barcha ruhiy va aqliy kuchlarni ishga solib, insonning aniq bir maqsadga intiluvchanligi, maxsus hissiy holati, ilhomlanishi, ruhiy kechinmasi, muammoni jon-jahti bilan hal etish istaklari majmui.
Ijodiy yondashuv faoliyatning yangi yo‘nalishlarini topishga undagi jarayonidir. Ta’lim oluvchilarning muammolarini hal qilishga qaratilgan faoliyati.
Ijodkorlik – bashariyatning tabiatni o‘z ehtiyodlari yo‘lida faol suratda o‘zlashtirishi va o‘zgartirishi natijasida vujudga kelgan.
Ijodkorlik faoliyati – insoniyatning bir necha ming yilliktarixiy rivojlanishi davrida alohida kishilarning ilm-fanda erishgan oliy ne’mati bo‘lib, bugungi kundagi insoniyat yaratayotgan moddiy-ma’naviy boyliklar ana shu oliy ne’matning ko‘rinishidir.Ijodkor shaxs o‘zligini anglagan inson.
Ijodning rivojlantiruvchi funksiyasi – shaxsning intelektual ( texnik, texnologik fikrlashi va tasavvuri, xotirasi) sezgirlik va o‘z xohishi bilan intilish kabi jihatlariga erishganlik darajalarini o‘z ichiga oladi. Talabalarni o‘z kasbiy amaliyoti barcha sohalarida samarali mehnat qilishga tayyorlashning muhim vositasidir.
Ijodning tarbiyaviy funksiyasi – shaxs sifatlarini maqsadli shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ijodkorlik faoliyatining yaratuvchanlik harakterini chuqur anglash, amaliy muammolarni hal qilishga ijodiy yondashish, moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishning umumiy ilmiy asoslarining o‘zlashtirish, tabiatning yashirin qonuniyatlarini va uning sirlarini bilishga xizmat qiladi.Shaxsning kasbiy faoliyatining umumiy ilmiy asoslarini chinakam tushunishga yordam beradi.
Bu bo‘lajak mutaxassislarning texnika, texnologiya sohasidagi faoliyatlariga ongli –ijodiy yondashishni rivojlantiradi.
Ongli hulq-atrof me’yorlarini va kasbiy bilimlarini chuqur bilishni ta’minlaydi.
Avvalgi ma’ruzalarda insoniyatning ma’naviy madaniyatida ijodning rolini batafsil analizdan o‘tkazib, biz ijodga ob’ek tning mutlako yangi, ilgari ko‘rilmagan holatini (yangi narsa lar, hodisalar, jarayonlarni) vujudga keltiruvchi inson—inso­niyatning atrof olam bilan faol o‘zaro ta’sirga kirishishi shak li deb ta’rif berdik.
Insonning ijodiy faolligiuning hayotiy faoliyatining rang barang, ba’zan ko’tilmagan, bir qarashda jumbokli sohalarida namoyon bo‘ladi.
Kundalik hayot, oddiy ong darajasida insonning ro‘zg‘orda, uyda, chorbog‘da, dala hovlidagi ijodi haqida gapirish o‘rinli bo’ladi, zotan, inson bu еrdao‘zining hayotiy faoliyati maydoni ni ijodiy o’zlashtiradi, o‘zgartiradi, kayta tuzadi.
Ishlab chiqarishda, o‘z mehnati predmetiga izchil ta’sir ko‘rsatish borasidagi mehnat faoliyati jarayonida insonning ijodiy qobiliyati har xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarishdagi ijod jarayoni xilma xildir. Masalan, sexda, za vodda yangi trxnologik jarayon, yangi ishlab chiqarish siklini yaratish ijod, yangi mexanizmlar va mashinalarni loyihalash ham — ijod, yangi binolar, hatto shaharlar va posyolkalarni loyihalash, qurish bu ijodning qurilish va me’morchilikda gi ko’rinishlaridir.
Agar shifokor bemorni davolashga o‘ziga xos tarzda, tibbiyotning eng yangi yutuqlarini jalb etgan holda yondashgan bo‘lsa, bu yеrda tibbiyotdagi ijod haqida gapirish o‘rinli bo‘ladi. Ishchi, muhandis, konstruktor katta iqtisodiy samara beradigan, ishlab chiqarish unumdorligini oshiradigan ratsionalizatorlik tak lifini kiritgan bo‘lsa, bu еrda biz uz kasbiga tom ma’noda ijo­diy yondashuvning guvoxi bulamiz.
Qishloq xo‘jalik ekinlarining yuqori hosil beradigan yangi navlarini, qoramol va parrandalarning mahsuldor zotlarini agrosanoat kompleksiga joriy etish—bu ham odamlarning qishloq xo‘jaligidagi ijodidir.
Badiiy ijodning turlari juda xilma xildir. Bastakor ning ijodi— bu yangi musiqa qo‘shiqlar, simfoniyalar, opera lar va hokazolar yaratish demakdir. Yozuvchi, shoir, dramatur gning ijodi bu talant bilan yozilgan q issalar, romanlar, xikoyalar, dostonlar, she’rlar, pesalardir. Rassom va hay kaltaroshning ijodi — bu ajoyib rasmlar, freskalar, ofort lar, haykallar, bareleflar va hokazolardir. Aktyorning ijodi — bu teatr da, kinoda, televidenieda maromiga еtkazib o‘ynalgan roldir.
Insonning faoliyati bir qolipga tushib qolgan, bir yoklama xususiyat kasb etgan joyda ijodga o‘rin hambo‘lmaydi. Inson o‘z ishiga, uz kasbiga butun qalbini, isge’dodini, qobiliyatini baxsh etgan, odamlarga imkon qadar ko‘proq foyda keltirishga intil gan joyda esa, aksincha, ijodiy, norasmiy, ilhom bilan yonda shish hollariga duch kelamiz. Ijodkor shaxe g‘ayrat shijoat, bilan, ba’zan dam olish va uyquni unutib, o‘zi haqida, o‘zining foydasi va manfaati haqida emas, boshqalar, o‘z iste’dodi va ijodini kimga baxshida etayotgan bulsa, usha odamlar xaqida o‘ylab ijod qiladi.
Insonning tabiatni bilish jarayonida, biluvchi subyekt ta biatning jozibali, sirli, jumboqli, ba’zan hatto xavfli kuch lari bilan yakkama yakka qolganida odamlarning ijodiy qobi liyatlari, ayniqsa, yorqin namoyon bo’ladi. Bilish jarayonidagi ijodda insonning barcha ma’naviy kuchlari: ong, aql idrok, ta savvur, fantaziyalar, xotira, intuitsiya, sog‘lom fikr va hayotiy tajriba bevosita faol ishtirok etadi.
Borliqning sirini bilishga intiliiqsa insonnrshg mahorati, topqirligi, ustomonligi vauddaburonligi bilish jarayoni­dagi ijodning ko‘rinishlarini tavsiflaydi. Odamlar obyekt ning u yoki bu jihatlari va xossalari haqida yangi bilim olib, bilish jarayonidan va uning natijalaridan behad lazzatlana dilar, ularda bilish jarayonining natijalarini ijodiy ana lizdan o‘tkazib, tushunib еtib va ulardan uz amaliy faoliyatida faol foydalanib, olg‘a harakatlanish istagi tug‘iladi. Sub’ek tning bilish qobiliyatining ijodiy salohiyati cheksiz, ijodiy bilish jarayonining uzi esa ko’pgina odamlar, ayniqsa, ijodkor, faol yoshlar uchun behad qiziqarlidir.
Bilish jarayonidagi ijodda odamlarning qobiliyati, iste’­dodi, hatgo dahosi yorqin namoyon bo’ladi, yangi bilim olish jarayonining o‘zi ham, bilish faoliyatining natijalarini mushoxada kipish, teran va ainiq tushunib yеtish ham ijodiy jarayondir.
Subyektning ijodiy bilish bilan bog‘liq faolligidan bi lim olish, uni o‘zlashtirish, oshirish, inson extiyojlari uchun undan foydalanish tizimiga o‘tadigan bo‘lsak, ijodning son jihatidan yangi bosqichiga ko‘tarilamiz—bu fan emas, balki ilmiy bilshssir. Fan deganda muttasil, faol va ijodiy ravishda yangi bilimlar ishlab chiqaradigan ijtimoiy institut tushuniladi, olimlar, ilmiy xodimlar, oliy ma’lumotli mutaxassislar esa bu ilmiy bilish bilan shug‘ullanuvchi odamlardir. Muttasil ijodiy izlanish, bilimga intilish, o‘z ilmiy tadqiqot faoliya tida halollik va xolislik chinakam olimning zarur sifatidir. Chinakam olim, ijodkor fanda bitta maqsadga obyektiv xaqiqatga, aniq , to‘g‘ri, mukammal va teran bilimga erishishga xizmat qiladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling