1-mavzu. Pedagogik tadqiqotlarning mazmuni va mohiyati. Boshlang‘ich ta’lim metodologiyasi o‘quv fani sifatida. Reja


Kuzatish – asosiy ilmiy tadqiqot metodlaridan biri sifatida. Kuzatishning turlari. Kuzatishning o‘ziga xos xususiyatlari. Tasavvur


Download 0.89 Mb.
bet38/42
Sana20.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1039203
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
Boshlang\'ich ta\'lim metodologiyasi

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Idrok
Kuzatish – asosiy ilmiy tadqiqot metodlaridan biri sifatida. Kuzatishning turlari. Kuzatishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Tasavvur- idrok qilingan, xis etilgan narsa, hodisa va
jarayonning kishi ongida paydo bo’lishi hamda ular to’g’risidagi
taassurotlarning gavdalanishi.
Diqqat- falsafa, ruxshunoslik tushunchasi; inson
faoliyatining barcha turlarini muvaffakiyatli amalga oshirish va
samaradorligini ta’minlovchi muhim omillardan biri. Shaxe
faoliyati kanchalik murakkab, mashakkatli, mas’uliyatli bulsa, u
diqqatga shunchalik yuksak talablar ko’yadi. Insonning ziyrakligi,
sezgirligi, farosatliligi, sinchkovligi, dilkashligi, hozirjavobligi
uchun turmush sharoiti va shaxslararo munosabatida muhim omil bo’lib
xizmat qiladi.
Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi,
insonning xatti - harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo’ladi.
Ongni muayyan bir nuktaga tuplab, muayyan bir obyektga faol
qaratilishidan iborat bo’lgan psixik faoliyatga diqqat deyiladi [3].
Iroda- insonning bir maqsad sari ongli intilishi, boshpangan
ishni oxiriga yyetkazishqobiliyati - bilimlar, tajribalar, kuzatishlar,
tarbiya va uz-uzini boshqarishning natijasidir.
Idrok- insonning bilish, tushunish qobiliyati va zexni hamda
faxm-farosati.
Iste’dod- insonning ma’naviy-marifiy, madaniy va shu
Deduksiya - umumiy tasdiqlardan xususiy tasdiqlarga utish
usuli.
Ilmiy tadqiqot ishida deduksiya tadqiqot usuli ko’pinchaaniq
fanlarda ishlatiladi. Matematika fanlarida induksiya va deduksiya
usullaridan ko’proq foydalaniladi va ular hamtahlil va sintezga
o’xshab bir-birini tuldiradi va tekshiradi. Ulardagi jarayon kechishi
o’zaro teskari holatda bo’ladi. Hattoki matematik induksiya metodi
alohidatadqiqot usuli sifatida amaliyotda keng qo’llaniladi.
Abstraksiya - ilmiy abstraksiyalash usuli - bu usul qaralayotgan
hodisaning (jarayon, predmetning) ba’zan jiddiy bulmagan tomonini
xususiydan uzoqlashishda, ya’ni e’tiborni umumiyga jalb qilishda
qo’llaniladi.
Nazariy ilmiy tadqiqot jarayonida tadqiqotchi fikran ayrim
xossalari, xususiyatlari, aloqalari va o’zarobog’lanishlarga tayanib
oxirida ilmiy abstraksiya bo’lgan ilmiy tushuncha, qonuniyat va boshka
umumiy qonuniy holatlarni oladi. Ular harqaysi fanni o’rganishda va
uni rivojlantirishda fundamental asos bo’ladi.
Formallash - bu usulda hodisa yoki jarayon matematik belgi va
qonunlar asosida formulalarda ifodalanadi. Formallashtirish
matematik abstraksiyalashning asosi hisoblanadi. U matematik
formulalarni undan uzoqlashgan fanda ham kullash imkonini beradi.
Bunday xollarda matematik formulalardagi umumiy qonuniyat
saqlanib, kushimcha shart-sharoitlar (umumiy xollar) hisobga olinadi.
Masalan, matematik apparat (formulalar)lardan bugungi kunda deyarli
barcha fanlar (tibbiyot, biologiya, iqtisod, fizika, informatika va x.k.)
foydalanilmoqda.
Umuman olganda texnik amaliy fanlarda nazariy va amaliy
tadqiqotlar olib borishda matematik usullar keng qo’llaniladi.
O’xshashlik - bu yaxlitlikda alohidaobyektning ba’zi bir belgisi
bo’yichao’xshashligi. O’xshashlik usulining asosiy tamoyili shundan iboratki,
o’rganilayotgan obyektni xossalarining yoki uni ifodalovchi
ko’rsatkichlar tabiatining o’xshashligidan tadqiqot kilinmagan boshka
belgi haqidaham xulosa chiqarib olish imkoniyati tugiladi.
Geometriyadagi borib bo’lmaydigan nuktagacha bo’lgan masofani ulchash
yoki chikib bo’lmaydigan chukkini ulchash muammolari еchimlari ham
o’xshashlik tadqiqot usulining amaldagi natijasidir. O’xshashlik
usulidan modellash jarayoni keng foydalaniladi.
Modellashtirish - obyektni tadkik qilishmaqsadida, undagi
jarayonlar kechishini ifodalovchi modellarni yaratish.
Tajriba asosiy tadqiqotda nazariy tadqiqot natijalarining
amaliyotdagi isbotini xal etishdagi asosiy tadqiqot jarayoni.
Insoniyat paydo bo’libdiki, tevarak-atrofni kuzatish bor, tahlil
qilish bor va ular asosida yakuniy fikrga ega bo’lish bor. Shuning uzi
ham tajriba.
Hodisa va jarayonlarni o’rganishga mo’ljallangan (rejalashtirilgan, loyihalashtirilgan) kuzatish jarayonidagi tajriba va
bilimni aniq minimumi obyektiv hodisani maxsus yaratilgan
sharoitda takrorlash.
Obyektiv hodisani nazariy asoslangan maxsus yaratilgan
sharoitda takrorlash uchun (sinash uchun) ma’lum kuzatish ishlari va
bilimning aniq bir minimumi (tajriba metodikasi va rejasi)
yig’ilgan bo’lishi kerak va u kuzatish orqali olib boriladi.
Tajriba-sinov ishlari hodisa yoki jarayonni nafaqat passiv
kuzatishdan iborat, balki uning qanday kechishiga, ya’ni uni
bajarishiga ongli-ijodiy munosabatda (tadqiqotmaqsadi va rejasini
e’tiborga olgan holda) bo’lishni talab etadi. Bunda tadqiqotchi
savodxonligi va ishchanligi asosiy omillardan x,isoblanadi. Bunda
uning xohishi bilan tadqiqotni sun’iy takrorlashi ham mumkin.
Tajriba-sinov ishlari yordamida borlik yoki tabiatning yangi
qonunlarini yoki qonuniyatlarini va hattoki kashfiyotlarini ham ochish
mumkin. Bu jarayonning diqqatga sazovor tomonini yana bir jihati, u
sinchkovlikka ham boglik bo’ladi va natijada ular katta-katta ilmiy,
ilmiy-texnikaviy yеchimlarni kulga kiritishga asos bo’ladi. Masalan,
Arximed qonunining paydo bo’lishi, Yerning tortish qonuni, gusht
maydalagichning paydo bo’lishi (Arximed vinti) va x.k. lar shular
jumlasidandir.
Yuqoridagilarga e’tibor beradigan bulsak, keltirilgan tadqiqot
usullari ham amallar bajarishdagi o’zaroaloqadorlik va birlikka ega
ekanligiga o’xshash xususiyatga ega, ya’ni tahdidva sintez, induksiya va
deduksiya, abstraksiya va o’xshashlik, modellash va formallash o’zaro
dialektik boglangan, aniq ITIda ular bir-birini tuldiradilar.
Mavzu bo’yicha mustakkam esda saqlab qolishga oid
ma’lumotlar:
• tahlil- manbani, muammoni, natijani ilmiy o’rganish uslubi:
• sintez - obyektni (obyektlarni) bir butun holda karab, uni
(ularni) aks ettiruvchi ko’rsatkichlarni (parametrlarni, omillarni)
o’zaroaloqadorlik holatdagi tadqiqot usuli;
• induksiya - bu xususiy tadkiklardan umumiy tadkiklarga utish
haqidagi tadqiqot usulidir;
• deduksiya - bu umumiy tadkikdan xususiy tadkiklarga utish
uslubidir;
• abstraksiya - ilmiy abstraksiyalash usuli - bu usul
qaralayotgan hodisaning ba’zan jiddiy bulmagan tomonini xususiydan
uzoqlashishda, ya’ni e’tiborni umumiyga jalb qilishda qo’llaniladi;
• formallash - bu hodisa yoki jarayonlarni matematik belgilar va
qonunlar asosida formulalarda ifodalashdan iboratdir;
• o’xshashlik - bu yaxlitlikda alohidaobyektning ba’zi birbelgisi bo’yichao’xshashligidir;
• modellashtirish - bu obyektni tadkik qilishmaqsadida, undagi jarayonlar kechishini ifodalovchi modellarni yaratish;
• tajriba - bu asosiy tadqiqotda nazariy tadqiqot natijalarining amaliyotdagi isbotini xal etishdagi asosiy tadqiqot jarayonidir.
Mavzu bo’yicha muammoli savollar va topshiriqlar:
• ilmiy tadqiqot ishining qaysi turlarida ularning qaysi usullaridan ko’proq foydalaniladi?
• analiz va sintez, induksiya va deduksiya tadqiqot usullarining umumiypigi va xususiyligi haqida ma’lumotnoma tayyorlang;
• modellash va o’xshashlik usullaridan qaysi ilmiy tadqiqot ishida foydalanish samaralirok?
• formallash tadqiqot usulining tajriba tadqiqot usuliga ta’siri bor, deb o’ylaysizmi?
Tadqiqotchiga mavzu materiallaridan ijodiy faoliyatda
foydalanishga tavsiyalar:
• ilmiy tadqiqot usullarisiz amalga oshirish foydasiz, chunki
metodologik asoslari va olingan natijalarning amaliy va nazariy
ahamiyati bevosita ularga boglik;
• ilmiy tadqiqot ishidagi umumiy metodologik usullar tadqiqot ishini olib borishdagi ishonchli yo’lni ta’minlaydi.
1.Ilmiy-pedagogik bilimlarning manbalari: birlamchi manbalar, arxiv hujjatlari, dissertatsiya, avtoreferat, maqola va tezislar.
2. Ilmiy-pedagogik adabiyotlarni tahlil etish usullari: adabiyotlar ro‘yxatini tuzish, konspektlashtirish, tezis yozish, tsitatalash, annotatsiya yozish, taqrizlash.
3.Kuzatish – asosiy ilmiy tadqiqot metodlaridan biri sifatida. Kuzatishning turlari. Kuzatishning o‘ziga xos xususiyatlari.
4. Tadqiqot metodi sifatida suhbatning muhim xususiyatlari. Suhbat metodini qo‘llashga qo‘yiladigan metododlogik talablar.
5.So‘rov metodining asosiy shakllari. Test savollarini tuzish qoidalari. Test metodini qo‘llashga qo‘yiladigan talablar. Tabiiy eksperiment, laboratoriya eksperimenti, aniqlovchi eksperiment, shakllantiruvchi eksperiment. Eksperimentni amalga oshirish bosqichlari.

TAJRIBA - voqelikni amaliy jihatdan xissiy-empirik bilish


jarayoni. Tajriba keng ma’noda - o’quv, malaka va bilimning
birligidan iborat. Shuningdek, falsafada bilishning empirik
usullaridan biri - ekperiment usuli ham tajriba deb ataladi.
Tajriba kadimdan falsafa tarixida muhimtadqiqotobyekti bo’lib
kelgan. Shark falsafasida biror narsadagi muayyan xossa yoki
xususiyatni tekshirib kurish maqsadida o’tkaziladigan sinov ham
tajriba deb ataladi. Abu Rayxon Beruniy tajribani eksperiment va
kuzatish bilan boglab tushuntirish tarafdori bo’lgan. U ibn Sino
bilan munozarada fikran faraz kilib kurishga nisbatan amaliy
eksperiment ishonchlirok ma’lumot berishini ta’kidlab, fikriy
muloxdzalar ogizdan-ogizga utish bilan uzgarib borishi va asl
ma’nosini yukotishi mumkin deb amaliy tajribaning ahamiyatini
yuqori kuygan
EKSPERIMENT - fan va bilish sohasida favkulodda holatdan
chikish, muammoli vaziyatni xal qilish jarayonlari, shaxening xis-
tuygulari, harakterы, qobiliyati, aql zakovatini o’rganishda
qo’llaniladigan usul. Eksperiment tabiiy va laboratoriya usullariga
ajratiladi. Tabiiy usul psixologik-pedagogik masalalarni xal
qilishda qo’llaniladi. Bu usulning ilmiy asoslarini A.F.Lazurskiy
ta’riflab bergan. Tabiiy sharoitda inson psixikasini o’rganishda
sinaluvchilarning uzlari bexabar bo’lishi, ta’lim jarayonida
berilayotgan bilimlar tadqiqotmaqsadiga muvofiqlashtirilishi, katta
yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta’sir o’tkazish kundalik mexnat tarzi
doirasida amalga oshirilishi, zavod va fabrikada esa moddiy mahsulot
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim.
Laboratoriya usuli yordami bilan diqqatning_sifatlari, sezgi, idrok,
xotira va tafakkurning xususiyatlari, emotsional, irodaviy hamda
aqliy zurikish singari psixik holatlar tekshiriladi. Ko’pincha
laboratoriya sharoitida kishilar (O’quvchi, xaydovchi, operator,
elektronchilar) va ko’tilmagan tasodifiy vaziyatlar (xaloqat, portlash,
izdan chikishi, shovkin kutarilishi)ning modellari yaratiladi.
Eksperimеnt aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi) va nazorat
(tekshirish) qismlariga bulinadi
Dunyoqarash - falsafa fanining eng muhim kategoriyalaridan
biri. Falsafaning asosini tashkil qiladi, olam va odam haqida bir
butun qarashlar, goyalar tizimini yaratadi. Eng muhimi insonning
olamga munosabati, dunyodagi urni, mohiyati, hayotiy yo’nalishi,
uzligini anglash kabi savollarga javob beradi. Zeroki, falsafaning
asosi ham soglom aql tafakkuri va uning rivojiga mos keladigan
dunyoqarash ni yaratishdir. Buning uchun inson, eng avvalo, mukammal
bilimga ega bo’lishi lozim. Mazkur o’quvqo’llanmada biz ko’proq ilmiy ijod to’g’risida fikr yuritamiz. Ilmiy ijod uz navbatida qator muammolar еchimining
izlash imkoniyatini beradi. Ular:
- insonlarni ilmli va bilimli bo’lishidagi faoliyatni samarali bo’lishini ta’minlaydi;
- kishilarni ilmiy ish bilan shugullanishda asosiy poydevor bo’lib xizmat qiladi;
- ilmiy daraja va unvonlarni qo’lga kiritishga sharoit yaratish,
shuningdek, ilmiy xodim bo’lib faoliyat ko’rsatish imkonini beradi;
- ilmiy muassasa va tashkilotlar hamda markazlar ochishga asos
bo’ladi;
- tabiat va jamiyatdagi hodisa va jarayonlarni o’rganish,
rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratadi va x k.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling