1-mavzu. Pedagogik texnologiya pedagogikaning mustaqil sohasisifatida Reja


-mavzu. Pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslari


Download 59.78 Kb.
bet3/6
Sana02.04.2023
Hajmi59.78 Kb.
#1320357
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
oraliq uchun Ped.tex

3-mavzu. Pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslari
Reja:

  1. Pedagogik texnologiyaning darajalari: texnologik, umumiypedagogik (umumiydidaktik), xususiymetodik (fangaoid), lokal (modulli).

  2. Pedagogiktexnologiyalarningtuzilishi: kontseptualasos, mazmunliqism, protsessualqism - texnologikjarayon.

  3. Pedagogik texnologiyalarga qo‘yiladigan talablar: tizimlilik, boshqaruvli, samaradorlik, ishlabchiqarish.

Umumiypedagogikdaraja. - Umumiy pedagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy) texnologiya o‘quv-tarbiya jarayonining yaxlit tizimliligi, ma’lum bir region, o‘quv yurti tomonidan o‘zluksiz ta’lim ta’lim tizimining muayyan bir bosqichidagi texnologiyaning umumiy qonuniyatlari, ilmiy-nazariy asoslari, tamoyillari, amaliyotda qo‘llashning umumiy xususiyatlari, shart-sharoitlarini ifodalaydi. Shu o‘rinda qayd etish kerakki, o‘zluksiz ta’lim tizimining har bir bosqichida ta’lim mazmuni orqali tegishli o‘ziga xos maqsad va vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilganligi sababli, pedagogik texnologiya ham o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. Bu darajada pedagogik texnologiya pedagogik tizim tushunchasiga sinonim hisoblanadi. Uning tarkibiga ta’lim-tarbiya jarayonining maqsad va vazifasi, mazmuni, vosita va metodlari, tarbiya jarayonining ob’ekti va sub’ekti faoliyatining algoritmlari kiradi.


Xususiymetodikdarajada- pedagogik texnologiyaning muayyan bir predmet, ko’rsni o‘qitish jarayonining maqsad va vazifalarini amalga oshirish maqsadida foydalaniladigan ta’lim mazmuni, o‘qitish vositalari, metodlari va shakllarining majmuasi tushuniladi.
Lokal (modul) darajada- o‘quv-tarbiya jarayonining ma’lum bir qismining xususiy didaktik va tarbiyaviy maqsadini hal etishga qaratilgan texnologiya tushuniladi. Unda o‘quvchi-talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish, ular bilimini nazorat qilish, shaxsiy fazilatlarini shakllantirish kabi masalalar ko‘zda tutiladi.
pedagogik texnologiya haqidagi tushunchalardan texnologiya o‘quv jarayoni - o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati, uning tuzilishi, vositasi, metodlari va shakllari bilan yaqin bog‘liqdir. Shuning uchun pedagogik texnologiya tuzilishiga quyidagilar kiradi:
1. Konseptual asosi.

  • 2. O‘qitishning mazmunli qismi:

  • o‘qitish maqsadlari – umumiy va xususiy, aniq;

  • o‘quv materiali mazmuni.

  • 3. Protsessual qismi – texnologik jarayon:

  • o‘quv jarayonini tashkil etish;

  • o‘quvchilar o‘quv faoliyati metodlari va shakllari;

  • materiallarni o‘zlashtirish jarayonini boshqarish bo‘yicha o‘qituvchining faoliyati;

  • o‘quv jarayoni diagnostikasi.

Har qanday pedagogik texnologiya ba’zi bir metodologik talablarga yoki texnologiklik mezonlariga javob bera olishi kerak. Pedagogik texnologiyalarning asosiy sifatlari quyidagilarda ifoda etiladi:
Konsetuallik. Har bir pedagogik texnologiyaga ta’lim maqsadlariga erishish falsafiy, psixologik, didaktik va ijtimoiy-pedagogik asoslarini ichiga oluvchi ma’lum ilmiy konsepsiyaga tayanish xos bo‘lishi kerak. Sistemalilik. Pedagogik texnologiya sistemalilik belgilariga ega bo‘lishi kerak: jarayonning mantiqi, uning hamma qismlari bog‘liqligi, yaxlitligi. Boshqariluvchanligi o‘qitish jarayoni diagnostic maqsadni ko‘zlash, rejalashtirish, lohalashtirish, bosqisma-bosqich diagnostika qilish, natijalarni tuzatish maqsadida vosita va metodlarni o‘zlashtirish mumkinligini ko‘zda tutadi.
Samaraliligi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar aniq sharoitlarda mavjud va natijalar bo‘yicha samarali, harajatlar bo‘yicha optimal bo‘lishi, o‘qitishning ma’lum standartiga erishishni kafolatlashi kerak (ya’ni, 70% foizdan ortiq o‘quvchilar “yaxshi” bahoga va “a’lo” bahoga o‘qishlari kerak, bu esa agarda sinfda 25 ta o‘quvchi bo‘lsa shundan 19 tasi deganidir).
Qayta yangilanishi pedagogik texnologiyani boshqa bir turdagi ta’lim muassasalarida, boshqa subyektlar bilan qo‘llanilishini (takror­la­ni­shi­ni, qayta tiklanishini) nazarda tutadi.



Download 59.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling