1-mavzu: pеdagogika fani prеdmеti va vazifalari. Pеdagogikaning mеtodologiyasi va tadqiqot mеtodlari


Download 1.36 Mb.
bet89/220
Sana25.01.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1120183
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   220
Bog'liq
1-mavzu pеdagogika fani prеdmеti va vazifalari. Pеdagogikaning

Germaniyada ta’lim tizimi
Maktabgacha tarbiya tizimi Germaniya ta’lim tizimida ham muhim bosqich hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog‘chalari ta’limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat tizimi tarkibiga kirmaydi. Bog‘chalarni mablag‘ bilan ta’minlash turli jamoat tashkilotlari, hayriya birlashmalari, korxonalar, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasidadir. Ota-onalar bolalar bog‘chalariga o‘z farzandlarini tarbiyalayotganliklari uchun ancha miqdorda pul tolaydilar. 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalarning 80% bog‘chalarga qatnaydi. Germaniyada odatda bolalar bog‘chada tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning yarmida esa uyda, oilada bo‘ladilar. Bu mamlakatda kuni uzaytirilgan bog‘chalar ham bor.
Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tegishli, ya’ni bu jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yilhk (ba’zi joylarda 10 yil) maktabda tola haftalik o‘qishda o‘qiydi. O‘qish davlat maktablarida tekin. Xususiy maktablar kam. O‘qish 6 yoshdan boshlanib, 4 yil davom etadi (faqat Berlinda 6 yil). Boshlang‘ich maktabdan so‘ng o‘quvchilar yo‘nalish bosqichidagi maktabga o‘tadilar. Bu erda 5-6- sinf bosqichidagi yo‘nalish maktablarda maxsus dastur asosida o‘qiydilar. Keyin navbatdagi maktab tipiga ko‘chadilar: bular - asosiy, maxsus maktab, real bilim yurtlari. Deyarli 30% bola asosiy maktabga o‘tadi. 9 yoki 10 yillik o‘qish tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlikka o‘tiladi. Maxsus maktablarda nuqsonga ega bolgan bolalar o‘qiydi. Real bilim yurtlari asosiy maktab va yuqori bosqich maktabi o‘rtasida turadi. Qoidaga ko‘ra bu erda o‘qish 6 yil davom etadi (5-10 sinfgacha) va tola o‘rta ma’lumot berish bilan tugallanadi. Bilim yurtini tugatganlar o‘rta maxsus o‘quv yurtiga yoki yuqori bosqichdagi hunar-texnika maktabiga kirib o‘qish huquqiga ega boladi. Germaniyada gimnaziyalar ham mavjud. Ular 5-13 sinflarni o‘z ichiga oladi. 11-13 sinflar oliy o‘quv yurtlariga tayyorlash vazifasini ham bajaradi. Gimnaziyani bitirganlik haqidagi etuklik attestati oliy o‘quv yurtida o‘qish imkonini beradi. Germaniya ta’lim tizimida hunar ta’limi muhim ahamiyatga ega, chunki yuqori malakah ishchilarga bolgan talab kuchli. To‘liqsiz o‘rta maktabni bitiruvchfiarning 20% hunar ta’limi tizdmida bilim ohshni davom ettiradilar. Aksariyat hollarda o‘qish muddati 3—3,5 -yilni tashkil etadi. O‘qish uch bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi -yili asosiy hunar ta’limi beriladi. Bunga o‘qitilayotgan kasbga taalluqli maxsus fanlardan nazariy asoslar berilib, yirik korxonalarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ikkinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi beriladi. O‘quvchining birinchi yilda ikkinchi yilga o‘tishi sinov imtihonlari o‘tkazilib o‘qishni davom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. Uchinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi yanada chuqurlashtirilib boriladi.. Bitiruv imtihonlari maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiya a’zolari korxonalarning etakchi mutaxassislari, federal erlardagi sanoat palatasi, hunarmandchilik palatasi vakillaridan tashkil topadi. Hunar maktablarining diplomlari oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun huquq bermaydi. Buning uchun 1 yillik tayyorlov kurslarinitugatish talab etiladi. O‘qishga qabul qilish imtihonsiz maktab ta’limi to‘g‘risidagi hujjatga asosan oshiriladi.
Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o‘quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir necha yilga saylangan Prezident boshqaradi. O‘z-o‘zini boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan bir iiecha guruhlar bosqichma-bosqich ishtiroki prinsipiga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor-o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlar kiradi. Talabalar o‘qishi erMn tashkil etilgan. Ko‘p sonli o‘quv bosqichlari bilan birga o‘quv rejalari taklif etiladi. O‘qishga haq to‘lanmaydi. Agar talaba yoki ularning ota-onalari oziq-ovqat harajatlarini ko‘tara olmasa o‘qish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi federal qonunga ko‘ra ular moliya yordamida oladilar. Bu yordamning yarmi stipendiyaga qo‘shib berilsa, ikkinchi yarimi qarz tariqasida beriladi.
Mamlakatda ta’limni isloh qilish masalasi ko‘pdan buyon muhokama qilinmoqda, bunda o‘quv jarayonini qisqartirish taklif qilinmoqda. Hozir universitetlarda talabalar 7 yil o‘qiydi. Ular o‘qishga kirganlariga qadar korxonalarda bir necha yil ishlashlari yoki bundesverda xizmat qiHshini hisobga olsak, talabalar haqiqiy mehnat faoliyatlarini ancha kech boshlayotganligini tushunamiz.
Germaniyada Xalq universitetlari mavjud bolib, ular partiya va" dindan tashqari muassasa. Ularning ko‘pchiligi kechki bolib, faqat 1989-yili universitetlarda 400000 kurslar tashkil etilgan va bu kurslarda, 5,5 mln. tdnglovchi malaka oshirgan. Davlat malaka oshirganlarni rag‘batlantiradi va bu uchun har yili 5,5 mhi. marka mablag‘ ajratadi. Malaka oshirish kurslarida o‘qish davrida tinglovchilarga mablag* bilan moliyaviy yordam beradilar. Asosan ishsizlar o‘z malakasini oshirish imkoniyatlaridan ko‘proq foydalanadilar va bu bilan ish topishlari tezlashadi. Yarim yil davomida malaka oshirgan ishchilarning 75% ish bilan ta’minlanadi. Cherkovlar ham fuqarolarning bilim darajalarini oshirishda faol ishtdrok etadi. Evangel cherkovi o‘zining 15 akademiyasida dolzarb mavzular bo‘yicha konferensiyalar tashkil etadi.
Katoliklar malaka oshirishda nikoh, oila masalalariga, teologiya va madaniyat sohalariga katta ahamiyat beradilar.
Oliy o‘quv yurtlarida tadqiqot bilan shug‘ullanish ularning qadimiy an’analaridan biri. O‘tgan asr boshlarida Vilgelm fon Gumboldt pruss universitetlarini isloh qildi, o‘shandan beri «Tadqiqot va o‘qitish birligi» ularning hayotiy prinsiplariga aylanib qolgan. Oliy o‘quv yurtlari tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishi-fundamental amaliy tadqiqot bolib, ularga boshqa ilmiy-tekshirish institutlari, sanoat laboratoriyalari yaqindan yordam beradi. Germaniya ta’limi o‘ziga xos yo‘nalishga, juda murakkab tizimga ega. Shu bilan bir qatorda hozirda Germaniyada ta’lim tizimini isloh etish yo‘lida yangi izlanishlar olib borilmoqda.

Ta’lim modellari. XX asr jahon ta’lim tizimidagi global tendentsiyalar. Qiyosiy pedagogik tizim bu qiyosiy pedagogika metodologiyasi asosida pedagogikaning xalqaro, regional, milliy tajribalarini o’rganish va tatbiq qilish imkoniyatlarini aniqlash, shuningdek, pedagogik tizimni ma’lum davlat, region, aniq o’quv muassasida rivojlantirish bo’yicha qiyoslashga yo’naltirilgan dinamik pedagogik tizimdir.


Qiyoslash texnologiyasi ikkita bo’limdan iborat bo’lib, birinchisi “o’rganish va qayd qilish”, ikkinchisi “tuzish va tatbiq qilish” deb nomlanadi.
“O’rganish va qayd qilish” bo’limida qiyosiy tadqiqotlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
- ta’lim tizimi va uning elementlarini rivojlanish holati va yo’nalishlarini aniqlash;
- ma’lumotlarni to’plash;
- aktlarni tahlil va tasnif qilish;
- qiyoslash mezonlarini tanlash.
“Tuzish va tadbiq qilish” bo’limidagi qiyosiy tadqiqotlar esa quyidagicha amalga oshiriladi:
- o’rganilayotgan obyektning prognostic modelini tuzish;
- a) tattbiq qilish shakli, metodi va chegaralari; b) xususiy va umumiylikni aniqlash;
- eng maqbul modelni tuzish;
- ta’lim muassasalariga tatbiq etish.
Qiyosiy pedagogikaning asosiy tarkibiy qismlari zamon va makon omillaridir. Zamon omili bir xil pedagogik tizimni turli tarixiy davrlar, asrlar, yillarda taqqoslashni nazarda tutadi. Bunda turli tarixiy davrlarda yuzaga kelgan pedagogik nazariyalar o’rganiladi.
Makon omili esa turli hududlarda joylashgan davlatlarning pedagogik tizimlarini taqqoslashni nazarda tutadi. Quyida makon omiliga ko’ra turli davlatlar ta’lim modelini taqqoslab ko’ramiz. Masalan:
Amerika modeli: kichik o’rta maktab → o’rta maktab → katta o’rta maktab → 2 yillik kollej → universitet tizimidagi 4 yillik kollej → magistratura → doktorantura.
Fransiya modeli: onalar maktabi → o’rta maktab → kollej → texnologik, kasbiy va umumta’lim litseyi → universitet → magistratura → doktorantura.
Germaniya modeli: umumiy maktab → real bilim yurti, gimnaziya va asosiy maktab → oliy o’quv yurti → magistratura → doktorantura.
Angliya modeli: birlashgan maktab → grammatik va zamonaviy maktab → kollej → universitet, magistratura, doktorantura.
Rossiya modeli: umumta’lim maktabi → to’liq o’rta maktab, gimnaziya va litsey-kollej → institut, universitet, akademiya → magistratura → doktorantura.
Qozog’iston modeli: to’liq umumta’lim o’rta maktab → kollej → universitet, akademiya (bakalavriat) → magistratura → doktorantura.
Demak, zamon va makon omillariga ko’ra pedagogik tizimlar modelini taqqoslashda yangi pedagogik bilimlar yuzaga keladi. Uning mazmunida quyidagilar aks etadi:

  1. ta’limning zamonaviy holatini qayd etish;

  2. ta’lim siyosatini takomillashtirish, muqobil ta’lim siyosatini taklif qilish;

  3. ta’lim jarayonlarida kutilayotgan holatlarni bashorat qilish;

  4. qiyosiy pedagogikaning nazariyasi va metodologiyasini boyitish.

XX asr oxirida jahon ta’lim tizimida quyidagi global tendentsiyalar ajratib ko’rsatildi:

  • ta’lim tizimini demokratlashtirishga intilish, ya’ni ta’limning hamma uchun ochiqligi, ta’lim tizimining uzluksizligi, ta’lim muassasalariga mustaqillikning taqdim etilishi;

  • shaxsga ta’lim olish huquqining to’liq ta’minlanishi (har bir insonga millati, irqi, kelib chiqishidan qat’iy nazar istalgan turdagi ta’lim muassasasida ta’lim olishi);

  • ma’lumot olishga ijtimoiy-iqtisodiy omillarning sezilarli ta’siri (pulli-shartnoma asosida tahcil olish);

  • xilma-xil qiziqish va o’quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’quv-tashkiliy tadbirlar ko’lamining ortib borishi;

  • ta’lim xizmatlari bozorining o’sishi;

  • oliy ta’lim tarmoqlarining kengayishi va talabalarning ijtimoiy tarkibining o’zgarishi;

  • ta’limni boshqarish sohasida o’ta markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan boshqaruv uyg’unligini ta’minlash;

  • rivojlangan davlatlar tomonidan ta’lim moliyalashtiriladigan asosiy ob’ektga aylanishi;

  • ta’lim dasturlarini doimiy yangilash va modernizatsiyalash;

  • “o’rtacha o’zlashtirish”ga yo’nalganlikdan, har bir o’quvchining o’ziga xosliklarini ochish hamda ularning qiziqishi va qobiliyatlarini rivojlantirishga etibor qaratilishi;

  • rivojlanishida nuqsoni bor bo’lgan bolalar ta’limi uchun qo’shimcha resurslarni izlab topish.

Xalqaro loyihalar va ta’lim dasturlari. Jahon ta’limi muammolarini hal etishda turli ta’lim tizimlari ishtiroki zaruriyatini talab etadigan yirik xalqaro dastur va loyihalash muhim ahamiyat kasb etadi. Yirik xalqaro loyihalarga quyidagilar kiradi:
• ERASMUS – maqsad YYevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar talabalarinin mobilligini taminlash (masalan, dastur doirasida 10% talabalar YYevropa mamlakatlaridagi boshqa oliy ta’lim muasssalarda o’qishga borishlari kerak).
• LINGVA — bu dastur kichik sinflardan boshlab chet tillarni o’rganish samaradorligini oshirishga mo’ljallangan.
• EVRIKA – ushbu loyihaning maqsadi SHarqiy YYevropa davlatlari bilan amalga ooshirilayotgan tadqiqotlarni uyg’g’unlashtirish.
• ESPRIT — yangi axborot texnologiyalarini yaratish sohasida YYevropa universitetlalariri, kompyuter firm kuch va imkoniyatlarini birlashtirishni talab etuvchi loyiha.
• EIPDAS — arab davlatlarida ta’limni rejalashtirish va boshqarishni takomillashtirish sohasiga doir dastur.
• TEMPUS – YYevropa Ittifoqining hamkor-davlatlarda oliy ta’limni rivojlantirishga yo’naltirilgan dasturi.
• IRIS — xotin-qizlarning kasbiy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishgga yo’naltirilgan loyihalar tizimi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling