1-Mavzu: Pedagoglik kasbi va uning kasbiy kompetensiyalari Reja: Pedagogning kasbiy vakolatlari mazmuni "Kasbiy kompetensiya" tushunchasining ma'nosi


Download 159.05 Kb.
bet19/26
Sana16.06.2023
Hajmi159.05 Kb.
#1507097
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
1-Mavzu Pedagoglik kasbi va uning kasbiy kompetensiyalari Reja

13-Mavzu:


Reja:
1. Estetik tarbiya haqida tushuncha
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalash
3. Maktabgacha yosh bolalarni estetik tarbiyalash usullari, shakllari va vazifalari


Tayanch tushunchalar:


16-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berish mavzusini bayon eting.
Reja:

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berish mavzusini bayon eting.

  2. Berilgan so‘zlarning izohli lug‘atini


Ekologiya yunoncha «oikos» so‘zidan olingan, «tom» yoki «uy» ma’nosini anglatib, nemis olimi Ernest Gekkel tomonidan ilk bor fanga kiritilgan. Ekologiya fani ko‘pgina tarmoqlarga ega: o‘simliklar ekologiyasi, zooekologiya, tuproq ekologiyasi, inson ekologiyasi va boshqalar. Ekologiya fani tanlab olingan bir yoki bir necha obyektning yashash sharoitini yoki normalarini o'rganadi va yashashning optimal darajasini aniqlashga yordam beradi. Bu yo‘nalishdagi ishlar bizga ekologik bilimlami yetkazadi, ammo bu bilan insoniyat cheklanib qolmaydi. Davr yana boshqa yo'nalishda ham ish oUb borishni talab etmoqda. U ham bo‘lsa ekologik tarbiya masalasidir. Insoniyatni xavf ostida qoldirayotgan hodisalardan biri — ekologik vaziyat bugungi kunning dolzarb muammosiga aylangan. Insoniyatning tabiiy boyliklardan keragidan ortiq foydalanishi oqibatida sayyoramizning qiyofasi o‘zgarib bormoqda. Tabiat qonunlarining buzilishiga insonlarda ekologik bilim - ning yetishmasligi, tabiatning kelajakdagi ahvoli qanday bo'lishini oldindan ko‘ra bilmasligi sabab bo'layotir. Ekologik bilim tirik tabiatning tuzilishi, rivojlanishi, o‘zgarishi yer yuzidagi tirik jonzotlaming holatini o‘rganish, tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish yo‘llarini o‘zlashtirishdan iborat. Ozon qatlamining yemirilishi, Orol dengizining qurishi natijasida ekologik muammolar kelib chiqmoqda. Zavod-fabrikalardan chiqayotgan zaharli gazlarning havoga ko‘tarilishi, avtomobillardan zaharli gazlarning havoga chiqishi, turli xildagi portlashlar oqibatida xlorli gazlar havoga ko‘tarilib, ozon qatlamining yemirilishiga olib kelmoqda. Havoning bunday ifloslanishi, uning tarkibidagi karbonat angidridning ko‘payishi inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi. Daryolami bo‘g‘ib, yo‘lini to‘sib, sun’iy dengizlar yaratish, yerlarni o‘zlashtirish bilan shug‘ullanildi. Bu «yutuqlar» tufayli tabiat qonunlari hamda uning murakkab va nozik muvozanati buzildi. Biroq odamlar bu ishlar turli-tuman ofatlar keltirib chiqarishi mumkinligi haqida o‘ylamadilar. Natijada o‘t-o‘lanli yaylovlar buzilib, yangi yerlar o‘zlashtirildi. Osmondan va yerdan sepiladigan zaharli kimyoviy moddalar tufayli hasharotlami yeb o‘simliklar dunyosiga foyda keltiradigan qushlaming bir qismi qirilib ketdi. Ekologik tarbiya shaxsiy muammo deb qaralishi lozim. Otabobolarimiz daraxt ekish, bog‘-rog‘ yaratish savobli ish deb bilishgan. Bir tup mevali daraxt ekkan kishining ikki dunyosi obod bo‘ladi deb bejiz aytishmagan. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) hadislarida bu ishning savobi xususida quyidagilar aytilgan: «Ekmoq niyatida qo‘lingizda ko‘chat turgan paytda, bexosdan qiyomat qoyim bo‘lib qolishi aniq bo‘lganda ham, ulgursangiz uni ekib qo‘ying». Atrof-muhitning tozaligi, sofligini ta’minlash o'zimizga bog‘- liq. Ekologik tarbiyani oiladan, bog‘cha yoshi davridan yosh avlodga singdirish kerak. MTMning ta’lim-tarbiya dasturida bolalarga ona-tabiatga muhabbatni, o‘simliklar, hayvonlar haqida g‘amxo‘rlik qilish ko‘nikmasini tarbiyalash, tabiat qo‘ynida o‘zini odobli tutish, o‘simliklami o‘stirish, hayvonlami parvarish qilish, muhofaza qilishga qiziqish uyg‘otish, daraxtlami sindirmaslik, hayvonlami qiynamaslik ko‘nikmalarini tarbiyalash kichik guruhdan boshlab amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga ekologik tarbiya berish quyidagi usullarda olib boriladi: 1. Ko‘rgazmali (kuzatish, rasmlar ko‘rish, diafilmlar namoyish etish). 2. Amaliy (o‘yin tarzida). 3. Og‘zaki (hikoya, tushuntirib berish, badiiy asarlami o‘qib berish). K o‘rgazmali metod. Kuzatishlar tarbiyachi tomonidan bolalarni o'simlik, hayvonlar, ob-havo bilan, kattalarning tabiatdagi mehnati bilan tanishtirish asosida tashkil etiladi. Kuzatishlar mashg‘ulotda, sayrda, ekskursiyada, tabiat burchaklarida olib boriladi. Uni bolalar amaliy faoliyat bilan qo‘shib olib borsalar yaxshi natijaga erishish mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasasida foydalaniladigan diafilmlar MTM ta’lim-tarbiya dasturi asosida ishlab chiqilgan. Diafilm tar118 biyachiga dastur mazmunini ma’lum sistema asosida bolalarga qiziqarli qilib yetkazishga yordam beradi. Oynayi jahon orqali beriladigan «U kim, bu nima?» ko‘rsatuvi, radio orqali beriladigan «Ertaklar olamiga sayohat» o‘yin-eshittirishi orqali bolalar u yoki bu o‘lkaning tabiati, hayvonot olami, xalqlarning urf-odati bilan tanishadilar. Axloqiy sifatlari tarbiyalanadi. Ularda namoyish etilgan teleko'rsatuvlar orqali tabiatda yuz berayotgan jarayonlar, o‘simlik, hayvonlar olami to‘g‘risida to‘- laqonli tasawur hosil bo‘ladi. Amaliy metod. Bolalami tabiat bilan tanishtirishda tabiiy materiallar bilan o‘ynaladigan didaktik o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Buning uchun meva-sabzavotlar, daraxt novdalari, xona gullaridan foydalanish mumkin. Bolalarni o'simliklar bilan tanishtirishda quyidagi o‘yinlardan foydalanish mumkin: «0 ‘simliklami nomiga qarab top», «Bargiga qarab top», «Ta’riflangan o‘simlik yoki mevani top» va. h.k. Og‘zaki metod. Bolalaiga ekologik tarbiya berishda tarbiyachining tushuntirishi, hikoya qilib berishi, xalq maqollaridan, masallaridan foydalanishi, suhbat kabi og‘zaki metodlaming o‘mi kattadir. Tabiatning faol himoyachilarini tarbiyalash uchun maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar bilan quyidagi yo‘nalishlarda ish olib boriladi:
1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga tabiat olami, undagi voqea-hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlik to‘g‘risida aniq bilimlar berish. 2. Bolalarda tabiat, uni asrab-avaylash, uning boyliklarini oshirishga oid faoliyatni shakllantirish. 3. Bolalami respublikamizning tabiatini qo‘riqlash, uni asrabavaylash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirish.
Maqsad. Bolalarning o‘simlik va hayvonlami himoya qilish, hamda ulaming barchasi kishilaming yordamiga, g‘amxo‘rligiga muhtojligi haqidagi tasawurlarini aniqlash. 0 ‘simlik, hayvonlar haqidagi tasawurlarini mustahkamlash, hayvonot va o‘simliklar dunyosini ehtiyot qilish zarurligini tushuntirish. Suhbat uchun kerakli materiallar. Tabiat haqidagi, qo‘riqxona haqidagi rasmlar. Suhbatning borishi. Suhbatni quyidagi savollar bilan boshlaeh mumkin: Biz xiyobonni nega sevamiz? 0 ‘rmon, dalani-chi? Daryo119 ni-chi? 0 ‘simliklaming o‘sishi uchun nimalar kerak? Bolalar o‘rmonda o‘zlarini qanday tutishlari kerak? Biz qushlarga qanday g‘amxo‘rlik qildik? Keyin respublikamizning boshqa yerlaridagi yowoyi hayvonlar, parrandalar va hayvonlami asrash haqida so‘zlab berish, bolalar bilan rasmlar ko‘rish mumkin. Tabiatga muhabbat, unga ehtiyotkorlik munosabatini, o‘simlik va hayvoniarga g‘amxo‘rlikni tarbiyalash va shular orqaU tabiatga qiziqish, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, tabiatni saqlovchi va uning boyliklarini ko'paytiruvchi kattalarning mehnatiga hurmatni tarbiyalash kabi vazifalami amalga oshirishda tabiat burchagining ahamiyati katta. Tabiat burchagining muhim tomoni yana shundaki uni bolalar har kuni ko‘radilar. Tarbiyachi rahbarligida bolalar tabiat burchagidagi o‘simlik va hayvonlami sistemaU ravishda kuzatib, parvarish qilib boradilar. Natijada o‘simlik va hayvonlar dunyosining rangbarangligi, ularning o‘sishi, rivojlanishi, ular uchun qanday sharoit kerakligi to‘g‘risidagi tasawur va tushunchalami egallab boradilar. Tarbiyachi bolalarda solishtirish malakasini shakllantiradi. Hayvon va o‘simliklami bir-biri bilan solishtirish orqali ular o‘rtasidagi umumiylik va farqlami, ularga xos belgi va xususiyatlami bilib oladilar. Tarbiyachi bolalar diqqatini o‘simliklaming chiroyli gullashiga, barglaming shakli va tusiga, akvariumdagi baliqlarning chiroyli ko‘rinishi va chaqqon harakatiga jalb etadi. Natijada bolalar bu go‘zalliklarni ko‘zlari bilan ко‘rib, qalblari bilan his etadilar, ularning estetik didi o‘sadi. Bolalar tabiat burchagidagi o‘simlik va hayvonlami tarbiyachi rahbarligida kuzatib, parvarish qilib borishlari natijasida tabiatga ehtiyotkorlik munosabatlari shakllanadi. Ularda tabiatni yanada gullab-yashnashi uchun o‘z hissasini qo‘shish, bundan tashqari qo‘ldan kelgan mehnati bilan bu jarayonda qatnashish xohishini uyg‘otadi.

Download 159.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling