1-Mavzu: poyaning tuzilishi. Poyaning birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishi. Stelyar nazariyasi. Ma’ruza rejasi
Download 1.47 Mb.
|
1-MA`RUZA.Poyaning tuzilishi. Poyaning birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishi.
1-Mavzu: POYANING TUZILISHI. POYANING BIRLAMCHI VA IKKILAMCHI ANATOMIK TUZILISHI. STELYAR NAZARIYASI. Ma’ruza rejasi: Poyaning morfologik tuzilishi va vazifalari. Poyaning birlamchi tuzilishi va unda tо‘qimalarni joylashishi. Stelyar nazariyasi. Poyaning ikkilamchi qalinlashishi va unda kambiyning ishi. Yog‘ochlikning va lub qavatinig tuzilishi. Tayanch so’zlar: poya, dermatogen qatlam, epiderma. Poya ham odatdagi tuzilishli, о‘sishi cheklanmagan polisimmetrik tuzilishdagi о‘simlikning vegetativ о‘q organi bо‘lib, unda barg va kurtaklar bо‘ladi. Poyaning asosiy vazifasi tayanch, mineral va organik moddalarni о‘tkazishdir, u barg bilan ildizlarni о‘zaro bog‘laydi. Bulardan tashqari kо‘p yillik poyalarda oz miqdorda bо‘lsa ham oziq moddalar tо‘planadi. Epiderma ostida xlorenxima tо‘qimasi bо‘lgan yosh poyalar fotosintez jarayonida faol qatnashadi. Yopiq urug‘li о‘simliklarning poya va ildiz uchlarida esa bir necha sondagi initsial g‘ujayralar uchratiladi. Ular sitoplazmasining quyuqligi va bir-birlariga nisbatan farq qiladi. Poya va ildizda о‘sish konuslarining tuzilishi bir-biridan farq qiladi. Ildizning nozik uchki meristemasi ildiz qini bilan о‘ralgan. Uning о‘sish konusida uch turdagi hujayralar guruhini ajratish qabul qilingan: tashqi (dermatogen), о‘rta (periblema) va ichki (pleroma).. Poya qobig‘i epidermis bilan nay tolali silindrni о‘rab о‘ziga turli tipdagi xujayralarni qamrab olishi mumkun. Sodda holatida po`stloq yupqa qobiqli parenxima xujayralardan iborat. Kо‘pgina poyalarda masalan pelargonia, Retotum va Salicorniada bu parenxima fotosintetik xujayrani bajarish mumkin va qoshimchasiga kraxmal va boshqa metobolitlarni tо‘playdi. Boshqa holatlarda poostloqning epidermis bilan chegaralangan tashqi tomoni kollenxima yoki lub tolalarini, va shunday ichki tomoni о‘simlik bug‘larini saqlaydi. Kaspari belbog‘ini poyaning endodermasida ham uchratish mumkin. Poyada shunga qaramasdan tipik endoderma yer osti poyalarda joylashadi masalan ildiz poyalarda, poyaning uchlarida. Senecio va pustirnikda endoderma о‘simlik gullash paytida shakillanadi qoidaga binoon kraxmal donalari kо‘p toplanadi. Bu qavat kraxmalning qobig‘i deb nomlangan va bu qavat endodermaning gomologi deb hisoblanadi. The stem cortex is that cylindrical region between the epidermis and the vascular cylinder.It may comprise various cell types.In the simplest case, the cortex consists entirely of thin-walled parenchyma tissue.In amny stems, as for instance Pelargoonium, Retama and Salicornia this parenhcyma may have a photosynthetic function in adddition to that of the temporary storage of starch and other metabolites.In other cases the outer regionof the cortex, which borders on the epidermis, may include collenchyma or fibres1. Dermatogen qatlami hujayralarning antiklinal, ya’ni о‘sish konusi yuzasiga nisbatan perpendikulyar bо‘linishi natijasida keyinchalik ildizning birlamchi qoplovchi tо‘qimasi kelib chiqadi. Periblema qavati bir necha qator hujayralardan iborat bо‘lib, uning hujayralari periklinal ya’ni о‘sish konusi yuzasiga nisbatan parallel bо‘linadi va ulardan asosiy tо‘qima hosil bо‘ladi. Pleroma hujayralari turli yо‘nalishda bо‘linish xususiyatiga ega bо‘lib, ulardan ildizning mexanik va о‘tkazuvchi tо‘qimalari shakllanadi. Poyaning о‘sish konusi biri ikkinchisini yopib turuvchi mayda barglar bilan о‘ralgan. Ular poyaning uchki qismi bilan birgalikda kurtak hosil qiladi. Poyaning о‘sish konusida odatda ikki turdagi hujayralar guruhi ajratiladi: tashqi qavat (tunika) va ichki (korpus). Tunika hujayralari dermatogen hujayralariga о‘xshash antiklinal bо‘linish xususiyatiga ega va ulardan poyaning epidermasi hosil bо‘ladi. Korpus qavati hujayralari turli yо‘nalishda bо‘linishi sababli ulardan poyaning birlamchi tuzilishiga xos bо‘lgan barcha tо‘qimalar kelib chiqadi. Poyaning birlamchi ichki tuzilishi. Poyaning birlamchi tuzilishida epiderma, birlamchi pо‘stloq va markaziy silindlar ajratiladi. Epiderma tunika qavatidan shakllanadi. Agarda u bir necha qavat hujayralardan iborat bо‘lsa, birlamchi pо‘stloqning tashqi qavatlari ham hosil bо‘lishi mumkin. Birlamchi pо‘stloq asosiy parenxima tо‘qimasidan tashkil topib, tashqi qavatidagi hujayralarida xloroplatlar ham kuzatiladi. Kupchilik о‘simliklarda birlamchi pо‘stloq tarkibiga mexanik tо‘qima kollenxima ham kiradi. Sklerenxima kamdan-kam hollarda uchraydi. Birlamchi pо‘stloqning ichki hujayralari endoderma halqasini hosil qiladi.
Markaziy silindr endoderma bilan chegaralangan peritsikl, о‘tkazuvchi elementlar sistemasi va о‘zakdan tashkil topgan. Peritsikl birlamchi yon meristema hisoblanib, u kambiy hujayralari, qо‘shimcha ildizlar yoki kurtaklani hosil qiladi. Kо‘pchilik о‘simliklarda peritsikl butunlay mexanik tо‘qima yoki asosiy tо‘qima hujayralariga ajralib ketadi. Markaziy silindrning о‘tkazuvchi elementlari о‘sish konusidagi maxsus qism, prokambiydan rivojlanadi. Prokambiy birlamchi meristemaning ba’zi hujayralarini bо‘yiga bо‘linish natijasidan kelib chiqadi. О‘ziga xos ingichka va chо‘ziq, quyuq, donador sitoplazma bilan tо‘lgan hujayralar tо‘dasi paydo bо‘lib, ular poyaning markaziga qarab birlamchi yog‘ochlik elementlari, chekkalarda esa birlamchi lub elementlarini hosil qiladi. Markaziy silindrning ichki qismi о‘zakni tashkil etuvchi parenxima tо‘qima hujayralaridan iborat. О‘zakning bо‘lishi poyaning ildizdan farq qiluvchi xarakterli belgisidir. Poyaning о‘zak qismi parenxima hujayralaridan tashkil topgan.U birlamchi о‘zak nurlari orqali birlamchi pо‘stloq bilan bog‘lanadi. О‘zak ba’zi о‘simliklarda qisman yoki butunlay yemirilib ketadi. Bunda poyaning о‘rtasi bо‘shliqdan iborat bо‘lib qoladi. О‘sish konusida prokambiy turlicha shakllanishi mumkin. Uning shakllanishi va keyingi taraqqiyoti bir pallali о‘simliklar poyalarining о‘tkazuvchi boylamlarini tuzilishi va joylashish xarakterini belgilaydi. Poya novdaning asosiy о‘q qismi bо‘lib, uchki va yon meristema xisobiga о‘sadi. U kо‘p sonli bо‘g‘imlardan va bо‘g‘im oraliqlaridan tashkil topgan. Bо‘g‘imlarning uzunasiga qarab poyalar qisqargan yoki uzun bо‘lishi mumkin. Ba’zida qisqargan poyalar faqat bitta bо‘g‘imdan iborat bо‘lishi ham mumkin. О‘simliklarning poyalari kо‘pincha silindirsimon shaklda bо‘lib, unda tо‘qimalar radial simmetriya holatida joylashadi. Lekin kо‘pchilik о‘simliklarning poyalari kо‘ndalang kesimda uchburchakli, tо‘rt burchakli yoki kо‘pburchakli hattoki yassi, qanotchali bо‘lishi ham mumkin. Poyaning asosiy vazifasi о‘tkazuvchanlik va tayanchdir. U barg hamda ildizni bir-birlari bilan bog‘laydi. Kо‘pchilik о‘simliklarning poyalarida oziq moddalar tо‘planadi. Epidermasining tagida xlorenxima tо‘qimasi joylashgan yosh poyalar esa fotosintez jarayoniga qatnashadi. Daraxtsimon va о‘tsimon о‘simliklarning poyalari yoshlari bilan farq qiladi. О‘tsimon о‘simliklarning poyalari mavsumga bog‘liq holda bir yil, kamdan kam ikki-uch yil yashaydi. Daraxtlarning poyasi kо‘p yil yashaydi. Daraxtlarning asosiy poyasini tana deyiladi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling