Poyaning ikkilamchi qalinlashishi va unda kambiyning ishi
XIX asrning 70-yillarida fan Mol de Barii va de Sak tadqiqotlariga kо‘ra poya uch tipdagi tо‘qimalardan tashkil topgan degan fikrlar paydo bо‘lgan: ular epiderma, asosiy parenxima va о‘tkazuvchi tо‘qimalar. Evolyusiya davomida poyaning tuzilishi murakkablashib, yana bir qancha tо‘qimalar paydo bо‘lib, turli tipdagi poyalarning tuzilishi vujudga kelgan. Murakkab tuzilgan poyalarni о‘rganish uchun fransuz botanigi Van Tigem tomonidan Stelyar nazariyasi ishlab chiqilgan. Van Tigemning avvalgi tushunchasi bо‘iycha ildizning markaziy silindiridagi birlamchi о‘tkazuvchi tо‘qimalarni peritsikl о‘rab turadi deyilgan, keyinchalik bu tushunchani poyalarning tuzilishini о‘rganishda foydalanilgan (56-rasm).
1) Poyaning qadimgi sodda tipi-gaplostel (yunon. gaplos - sodda) yoki protostel - gaplostelning markazida ksilema joylashib, floema bilan о‘ralgan (riniofit va boshqa sodda tuzilgan о‘simliklar poyasida va hozirgi ba’zi sporali yuksak о‘simliklarda ham uchraydi). V. Kambiy avval prokambiy bog‘lamlarda, sо‘ngra bog‘lamlararo halqa shaklida paydo bо‘ladi. Lekin bog‘lamlararo kambiy faqat mexanik tо‘qima elementlarini hosil qiladi yoki о‘zak va pо‘stloq parenximasidan farq qilmaydigan yupqa pо‘stlik parenximani ham hosil qiladi.
G. Kambiy umuman paydo bо‘lmaydi. Birlamchi tо‘qimalardan tashkil topgan о‘tkazuvchi naylar bog‘lamlari birlamchi parenximalar orasida joylashadi.
Kо‘pchilik daraxt va butalarning novdalari A. B – tiplarida rivojlanadi, uzoq yashamaydigan uncha yо‘g‘onlashmagan novdalar bog‘lamli tiplarda qoladi (V. G). Kambiy paydo bо‘lishida barglarning soni, kattaligi va poyada joylashishi muhim rol о‘ynaydi. G − tipi barcha bir pallali о‘simliklarga (daraxt, buta, о‘t) xosdir.
Adabiyotlar:
1.M.I. Ikromov va boshqalar “ Botanika (O’simliklar morfologiyasi va anatomiyasi)” Toshkent 2002 (40-42)
2. A.Fahn.PlantAnatomy.NewYork.University.USA2011.12bob,188-189bet
3. S.M. Mustafayev “Botanika(anatomiya, morfologiya, sistematika)” Toshkent 2002 (48-50 bet)
Do'stlaringiz bilan baham: |