1-Mavzu: poyaning tuzilishi. Poyaning birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishi. Stelyar nazariyasi. Ma’ruza rejasi


Prokambiydan birlamchi tо‘qimalarning paydo bо‘lishi


Download 1.47 Mb.
bet4/8
Sana28.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1024687
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-MA`RUZA.Poyaning tuzilishi. Poyaning birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishi.

Prokambiydan birlamchi tо‘qimalarning paydo bо‘lishi.

Prokambiy poya bо‘ylab joylashgan ingichka meristema hujayralardan tashkil topgan. U boshqa parenxima hujayralardan о‘zini shakli va bо‘linishi bilan farq qiladi. Prokambiydan birlamchi о‘tkazuvchi naylar paydo bо‘ladi. Shuning uchun prokambiy joylashgan qatorda keyinroq о‘tkazuvchi naylar hosil bо‘lishi aniq kо‘rinadi. Agar prokambiy tutash xalqa hosil qilib joylashsa, undan birlamchi floema va ksilema ham xalqa shaklida hosil bо‘ladi, agar bog‘lam holatda joylashsa undan birlamchi о‘tkazuvchi naylar bog‘lami paydo bо‘ladi.


Prokambiy asosan boshlang‘ich barg asosida paydo bо‘ladi va ikki yо‘nalishda rivojlanadi: yuqoriga akropetal bargning uchki qismiga va pastga poyaga qarab bazipetal, avval paydo bо‘lgan yosh bog‘lamlar tomon. Birlamchi ksilema va floemalarning ham rivojlanishi shu tartibda boradi. Avval floema keyinchalik ksilema naylari paydo bо‘ladi. Prokambiy hujayralari bо‘linayotgan vaqtidan boshlab о‘tkazuvchi tо‘qimalar paydo bо‘la boshlaydi. Birinchi floema elementlari о‘tkazuvchi bog‘lamlarning tashqi tomonidagi, prokambiy hujayralaridan (birlamchi pо‘stloqqa yaqin joyda) paydo bо‘ladi. Demak, floema ekzarxno paydo bо‘lib markazga intilib rivojlanadi. Birinchi paydo bо‘lgan floema elementlarini protofloema deyiladi va u uzoq yashamaydi, sо‘ngra uzoqroq saqlanadigan metafloema elementlari paydo bо‘ladi.
Protoksilema elementlarining devorlari xalqasimon va spiralsimon qalinlashgan bо‘lib, bog‘lamining ichki tomonida о‘zak atrofidagi prokambiy hujayralaridan paydo bо‘ladi. Sо‘ngra undan tashqi tomonda metaksilema paydo bо‘ladi. Demak, metaksilema endarxno paydo bо‘lib, markazdan qochib pо‘stloq tomon rivojlanadi. Prokambiy hujayralari birlamchi о‘tkazuvchi naylarni hosil qilishga sarf bо‘lsa, yopiq kambiysiz boylam hosil bо‘ladi masalan: bir urug‘pallali о‘simliklar poyalarida (56-rasm). Agar birlamchi ksilema bilan birlamchi floema oralig‘ida prokambiy qoldig‘idan kambiy hosil bо‘lsa, unda ochiq boylam shakllanadi va kambiydan yangi-yangi ikkilamchi о‘tkazuvchi tо‘qimalar paydo bо‘ladi.
Poyaning birlamchi qalinlashishi. Poyaning qalinlashishida birin-ketin paydo bо‘ladigan ikki fazani - birlamchi va ikkilamchi qalinlashishni kuzatish mumkin. Bu qalinlashishlarning orasida chegara aniq kо‘rinmaydi. Poyaning birlamchi qalinlashishi, eniga о‘sishi, о‘sish konusi yaqinidagi apikal meristema hujayralarini va undan paydo bо‘lgan tо‘qimalarning bо‘linishi va chо‘zilishi natijasida sodir bо‘ladi. Keyinchalik kambiydan paydo bо‘lgan tо‘qimalar hisobiga ikkilamchi qalinlashish vujudga keladi. Birlamchi qalinlashishda kambiy qatnashmasdan birlamchi pо‘stloq kuchli rivojlansa –kortikal (lot. cortex - pо‘stloq) qalinlashish deyiladi (kaktuslarda). Agar birlamchi qalinlashishda о‘zak kuchli rivojlansa medullyar (lot. medulla-о‘zak) qalinlashish deyiladi (kartoshkada). Ba’zida pо‘stloq va о‘zak bir xilda rivojlanadi.
Poyaning uzinasiga о‘sishi bilan birlamchi qalinlashishi о‘zgarib boradi. Maysalarni apikal meristemasi poyani hosil qilgani uchun hajmi uncha katta bо‘lmaydi. Keyinchalik bо‘g‘imdan bо‘g‘imga о‘tgan sari apeksning hajmi kattalasha boradi, о‘sish davom etadi, birlamchi qalinlashish jadallasha boradi, natijada poyaning uchki tomoni ingichkalashib, pastki tomonida ikkilamchi tо‘qimalar paydo bо‘ladi. Birlamchi tо‘qimalar kо‘rinmay qoladi, gul hosil bо‘ladi - poyaning yuqorigi qismi konus shaklida bо‘ladi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling