1-Mavzu. Psixodiagnostika fan va amaliy faoliyat sifatida Psixodiagnostika haqida umumiy tushuncha
Psixodiagnostika fanining predmeti, maqsadi
Download 35.67 Kb.
|
1-Mavzu. Psixodiagnostika fan va amaliy faoliyat sifatida Psixod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixologik-pedagogik
2. Psixodiagnostika fanining predmeti, maqsadi. Pedagoglar, shu jumladan, muhandis-pedagoglarning kasbiy mahoratining asosiy komponentlaridan biri - о‘quv-tarbiya jarayonini tо‘g‘ri va samarali boshqara olishidir. Bu borada pedagogning texnik va uslubiy bilimlarni puxta egallanganligi yetarli emas. Pedagog о‘z ishi, faoliyati natijalarini tahlil qilishi, о‘quvchilarda qiyinchilik tug‘dirayotgan sabablarni о‘z vaqtida aniqlashi, bu qiyinchiliklarni о‘quvchiga individual yondashish jarayonida bartaraf qila olishi lozim. Shu sababli о‘quv-tarbiya jarayonini boshqarishni takomillashtirish vosita va yо‘llaridan biri - ilmiy jihatdan asoslangan psixologik-pedagogik diagnostikadir. Bugungi kunda psixologik-pedagogik diagnostikaning о‘rni, ahamiyati qanchalik katta ekanligini hech kim inkor qilmaydi. Individual yondashish, о‘quvchi va talabalarning shaxsiy xususiyatlarini о‘rganish shart ekanligini bir qancha davlat hujjatlarida aks ettirilgan.
Psixologik-pedagogik diagnostika pedagogika va psixologiya fanlarining oralig‘idagi soha bо‘lib, о‘quvchi shaxsini, uning individual xususiyatlari, rivojlanish dinamikasi va ularga ta’sir qiluvchi omillarni о‘rganadi. Kasb-hunar kollejlarida psixologik-pedagogik diagnostikaning mohiyati va yо‘nalishi ta’lim-tarbiya jarayoni vazifalaridan kelib chiqqan holda amaliy xususiyat kasb etadi. Maktab kolledj va oliygohlardagi о‘kuv-tarbiya jarayoni о‘quvchilarning qobiliyati va layoqatlarini har tomonlama rivojlantirishga, ular shaxsini shakllantirishga qaratilgan. Pedagogik jarayonning mahsuldorligi pedagogning о‘z о‘quvchilarini yaxshi bilishiga, ta’lim va tarbiyaning xilma-xil metodlarini qо‘llashiga bog‘liq. Albatta, pedagogika fan sifatida pedagogga pedagogik psixologiya sohasidagi tayyor “retseptlar”ni bera olmaydi. Bunday kо‘nikmalar о‘quvchilar bilan bevosita muloqot jarayonida, ular xulq-atvorining motivlarini, hissiy-shaxsiy xususiyatlarini tahlil kilish jarayonida egallanadi. Bu haqda mashhur rus pedagogi K.D.Ushinskiy quyidagicha yozgan edi: “Biz о‘qituvchilarga unday yoki bunday qiling, deb tushuncha bermaymiz. Biz ularga: Siz boshqarmokchi bо‘lgan psixik hodisalarning qonuniyatlarini о‘rganing va ularga mos ravishda harakat qiling”, - deymiz. О‘qituvchi ta’lim va tarbiyadagi qiyinchiliklar nima uchun va qanday paydo bо‘lishini tushunishi uchun, avvalo, shaxs psixik taraqqiyotining asosiy qonuniyatlarini bilishi va turli psixik holatlarini psixologik diagnostika metodlarini egallashi zarur. О‘qituvchining psixodiagnostik tadqiqot yoki doimiy kuzatish jarayonida olingan natijalarni о‘quvchilar bilan ishlashda qanchalik tо‘g‘ri foydalana olishi ham muhim hisoblanadi. Tajribaga asoslangan psixologik diagnostika fan sifatida XIX asr oxirida vujudga keldi. Xuddi shu davrda psixologiyada о‘lchash g‘oyasi keng tarqaldi. Psixodiagnostikaning mustaqil fan sohasiga aylanishi olimlarning insonlar psixikasidagi individual farqlarga qiziqishining ortishi bilan bog‘langan. Download 35.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling