1-Mavzu. Psixodiagnostika fan va amaliy faoliyat sifatida Psixodiagnostika haqida umumiy tushuncha
Download 35.67 Kb.
|
1-Mavzu. Psixodiagnostika fan va amaliy faoliyat sifatida Psixod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Simptomatik diagnozda
- Tipologik diagnozda
Psixodiagnostika psixologik diagnoz qо‘yish haqidagi fandir. Bunda diagnoz kо‘rsatkich va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holati va xususiyatlari haqidagi xulosalardan iborat.
Psixologik diagnoz (diagnosis - aniqlash, bilish (grekcha) degan ma’nolarni anglatadi) shaxs individual-psixologik xususiyatlarining hozirgi holatiga baho berish, rivojlanishi, oldindan aytib berish (prognoz qilish) va psixodiagnostik tekshiruv vazifalardan kelib chiqib, tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan psixolog faoliyatining sо‘nggi natijasidir. Psixodiagnostik tadqiqotlar amaliyotida psixologik diagnoz qо‘yishning 3 bosqichi farqlanadi: Simptomatik diagnozda mavjud har qanday EHM bajarishi mumkin bо‘lgan tadqiqotda olingan natijalar qayta ishlanadi; Etiologik diagnozda (kelib chiqish sabablari) biror xususiyatning mavjudligigina emas, balki uning vujudga kelish sabablari ham hisobga olinadi; Tipologik diagnozda sinaluvchi shaxsning tushida olingan natijalarning ahamiyati va о‘rni aniqlanadi. 3. Psixodiagnostika fanining vazifalari. О‘quvchilarning psixodiagnostik tadqiq qilish yosh xususiyatlariga, u yoki bu yosh davri uchun yetakchi faoliyat turining ta’siriga, individual tipologik tavsifnomalarning taraqqiyot darajasiga bog‘liq ravishda ba’zi xususiyatlarga ega. Bola taraqqiyotining har bir yosh davri bolalar bilan ishlashning usullari va metodlarini, eksperimental tadqiqotning о‘z maqsadlari va vazifalarini talab qiladi. Kichik yoshdagi bolalarni psixodiagnostik yosh va pedagogik psixologiyaning sohasi hisoblanadi. Olingan natija lar yordamchi xarakterga ega bо‘lib, pedagog tomonidan bola psixik taraqqiyoti xususiyatlarini aniqlashda qо‘llaniladi. Bunda ta’lim va tarbiya dasturi, turli hayotiy sharoitlarda (faoliyatda, muloqotda va boshqalarda) shaxs xulq-atvori xarakteristikalarini tuzishda hisobga olinadi. Eksperimental tadqiqotdan olingan natijalar oilada, maktabgacha ta’lim muassasasida, maktab va boshqa jamoat joylarida individual va guruhiy tarbiyaviy-pedagogik tadbirlar chizmasi tuzishda qо‘llanilishi mumkin. О‘qituvchi о‘z ishida doimo bolalar pixofiziologik masalalari bilan tо‘qnashadi. Uni vaqtinchalik natijalar emas (masalan, chorakning oxiriga kelib о‘quvchilarning о‘zlashtirishi kabi), balki u yoki bu jismoniy va ruhiy sifatlarning rivojlanish istiqbollarini aytib beradigan natijalar qiziqtiradi. Bolalar maktabgacha ta’lim muassasasilarida yoki boshlang‘ich maktablarda psixodiagnostik tadqiqotlar quyidagi vazifalarni hal qiladi: 1. Diagnostika uchun zarur ma’lumotlarni olish. Bunda bola psixik hg‘olati va shaxsi xususiyatlarining ba’zi belgilari kо‘rinishini о‘rganish maqsadida tadqiqot olib boriladi. Tadqiqotda olingan ma’lumotlar yordamchi xarakterga ega bо‘lib, bola xulq-atvorining haqiqiy xususiyatlari, uning psixik funksiyalari taraqqiyot darajasi bilan taqqoslashda foydalaniladi. Masalan: darsda bola diqqatining barqaror emasligi, diqqatini bir joyga tо‘plashga qiynalishi, aqliy ish qobiliyatining pastligi, tez chalg‘ishi va boshqalar bilan ajralib turadi. Lekin xulq-atvorning kо‘rsatilgan belgilari bola xulq-atvori ehtiyojlari va motivlari iyerarxiyasining (bosqichma-bosqich) о‘zgarishi natijasi bо‘lishi mumkin. Bunda о‘qituvchi shaxs normal holati kо‘rinishlaridan biriga yoki miya yetishmovchiligining funksional belgilariga duch keladi. Ikkala holatda ham u yoki bu о‘quvchi о‘zlashtirishi va intizomini pasayishi tashqaridan sezilsa-da, psixodiagnostik tadqiqotlarda о‘rganilayotgan о‘zgarishlar manbalari, rivojlanishi va kelgusida qanday bо‘lishi psixologik holat belgilari ham о‘rganiladi. Psixodiagnostik tadqiqotlar bola psixik funksiyalari rivojlanish darajasining, aqliy taraqqiyot darajasi, yosh va ma’lumot bilan о‘zaro bog‘liqliginn о‘rganish uchun ham о‘tkaziladi. Bu tadqiqotlar bolada ma’lum qiziqishlar, amaliy malakalar va kasb tanlash payti kelganda juda muhimdir. 2. Psixik taraqqiyot о‘zgarishini о‘rganish uchun zarur ma’lumotlarni tо‘plash. Agar «kо‘ndalang “kesim” metodlari orqali psixodiagnostik tadqiqot ma’lum bosqichda bola psixik taraqqiyoti darajasini, ya’ni psixik funksiyalar rivojlanishi dolzarb zonasi aniqlanadigan bо‘lsa, “uzunasiga kesim” (longityud) psixodiagnostik tadqiqotlarida bola psixik taraqqiyoti xususiyatlari rivojlanishda, ya’ni ta’lim va tarbiya jarayonida о‘rganiladi. О‘yin va о‘qish faoliyatida juda kо‘p martalab о‘tkazilgan “eksperimental-psixologik tadqiqotlar bola shaxsining shakllanishi va rivojlanishiga ma’lum faoliyatning ta’sir kо‘rsatkichi bо‘lishi mumkin. Bolada о‘tkazilgan psixodiagnostik tadqiqotlar muhim prognostik ahamiyatga egadir, chunki qо‘llanilgan metodlarni о‘quv-tarbiyaviy ta’sirini hisobga olgan holda shaxs rivojlanishi istiqbollarini aniqlash imkoni yaratiladi. 3. Aqliy zaiflik darajasini yoki boshdan kechirgan kasal-lik tufayli psixik kamchiliklarni aniqlashga qaratilgan psixodiagnostik tadqiqotlar maxsus yoki yordamchi maktabda о‘qishi haqida masala hal bо‘layotganida tibbiy pedagogik hay’at (komissiya) yordamidan foydalanish mumkin. 4. Bolalarda paydo bо‘lgan yetarlicha о‘rganilmagan yangi psixik holatlarni tahlil qilish uchun ilmiy maqsadda psixologik tadqiqot о‘tkazish. Vazifa bunday qо‘yilganda tadqiqotchini qiziqtirgan masala bо‘yicha katta guruhlarda tadqiqotlar о‘tkaziladi. Bu yerda olingan natijalarning statistik ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadi. 5. Psixologik-pedagogik diagnostika kursining asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni kо‘rsatish mumkin: a) talabalarni psixologik-pedagogik diagnostikaning nazariy asoslari, yо‘nalishlari, bosqichlari va prinsiplari bilan tanishtirish; b) diagnostika qilishning turli metodikalarini amalda qо‘llashga о‘rgatish; v) о‘quvchilar psixologiyasida, xulq-atvorida yuz bergan salbiy о‘zgarishlarni tuzatish, ularga yordam berish usullari bilan qurollantirish. Uning maqsadi ta’lim va tarbiya jarayonida shakllantirilayotgan о‘quvchining individual sifatlarini, rivojlantirishi yoki shakllantirishi lozim bо‘lgan xususiyatlarning mavjudligi (boshlang‘ich) darajasi va о‘quv jarayonidagi о‘zgarishlar dinamikasini о‘rganishdir. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, psixologik-pedagogik diagnostika predmeti sifatida, avvalambor, о‘quvchining ta’lim jarayonida (masalan, bilim darajasi) va tarbiya (xarakter xususiyatlari) shakllantiriladigan sifatlarini kо‘rsatish mumkin. Bundan tashqari, pedagog о‘quv jarayonining samaradorligiga bevosita ta’sir qiluvchi obyektiv va subyektiv omillar (о‘quvchining tafakkur xususiyatlari, xotirasi, diqqati), tarbiya jarayonida hisobga olinishi lozim bо‘lgan xususiyatlari (hulq-atvor motivlari, о‘quvchining ehtiyojlari va qiziqishlari)ni о‘rganadi. Boshqacha qilib aytganda, pedagogning diagnostik faoliyati ham kо‘p qirrali va о‘zgaruvchan xususiyatga egadir. Psixodiagnostika fanining nazariy vazifalari quyidagilardan iborat: - psixik kо‘rinishlar tabiati va ularni ilmiy jihatdan prinsipial baholashning imkon darajasini aniqlashtirish; - hozirgi paytda psixologik kо‘rinishlarning miqdorini baholash va uning ilmiy asoslanganlik holatini о‘rganish; - psixodiagnostik usul va uslublarning asosiy metodologik talablari nimalardan iboratligini aniqlash; - psixodiagnostik tadqiqotning shart-sharoitlari, natijalarni qayta ishlash hamda ularni interpretatsiya usullarining ishonchliligi nimalarga asoslangan; - test va psixodiagnostik metodlarning tuzilishi hamda ilmiyligini tekshirishning asosiy muolajalarini nimalar tashkil qiladi. Psixodiagnostika fanining amaliy vazifalari psixolog faoliyatining maxsus sohasiga taalluqli bо‘lib, amaliy psixologik tashxis qо‘yish bilan bog‘liqdir. Bunda muammo, nafaqat, nazariy jihatdan, balki psixodiagnostik tadqiqotni tashkil qilish va о‘tkazishning amaliy jabhalarini qamrab oladi hamda quyidagi vazifalardan iboratdir: Psixologiya psixodiagnostga mutaxassis sifatida qо‘yiladigan kasbiy talablarni aniqlashtirish; Psixolog haqikatdan ham u yoki bu psixodiagnostik metodlarni mutaxassis sifatida muvaffaqiyatli о‘zlashtirib olgani haqida minimal amaliy shartlar, ya’ni kafolat sifatida; Psixodiagnostika sohasida о‘z ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun psixologning о‘zida mujassamlashtirishi shart bо‘lgan bilim, kо‘nikma va malakalar; Psixologning psixodiagnostika sohasida malakali mutaxassis ekanligini hamda amaliy jihatdan tayyorgarligini baholash mezonlarini hamda dasturlarini ishlab chikish. Bu vazifalar majmuasi, ya’ni psixodiagnostika fanining nazariy va amaliy vazifalari bir-biri bilan bog‘liqdir. Ushbu sohada yetuk mutaxassis bо‘lib yetishish uchun psixolog nazariyani va amaliy psixodiagnostikaning asoslarini yuqori darajada о‘zlashtirib olgan bо‘lishi shart. Amaliyot individ guruhning psixik taraqqiyot darajasini hamda quyidagi vazifalardan birini amalga oshiradi: 1. Biror bir xususiyatga ma’lum taraqqiyot holatini aniqlash; 2. Taraqqiyot dinamikasini va qandaydir davr mobaynida qayta tarbiyalash imkonini aniqlash; 3. Ta’lim-tarbiya tarixi natijasida, о‘tkazilgan pedagogik eksperiment natijasida individ yoki guruh xulqida va ruhiyatidagi real о‘zgarishlarni kuzatib borish. 4. Shaxs sifatlarining oldingi taraqqiyot dinamikasi va qonuniyatlarini tahlili asosida kelajakdagi taraqqiyotini aniqlab olish. 5. Sinaluvchi odamlar yoki guruhlarni taraqqiyot darajasi natijasiga asoslanib kelajakdagi ishlar uchun toifalarga ajratish. 6. U yoki bu topshiriqlarni bajara olishiga qarab individ yoki guruhlarning yaroqliligini aniqlash, masalan, о‘z xizmat vazifasini bajara olishda kasbiy tayyorgarligini tekshirish. 7. Psixokorreksion ishlar olib borish maqsadida individ yoki guruhni ijtimoiy meyorga mos yoki mos emasligini aniqlash. 8. Individ yoki guruhning kelajak hayot yо‘liga yordam berish maqsadida tavsiyalar ishlab chiqish. Yuqorida sanab о‘tilgan vazifalar psixodiagnostika fani uchun umumiy hisoblanadi. Bu vazifalardan kо‘pchiliklari maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktab-ta’lim jarayonlarida har xil yoshdagi bolalarga mos ravishda olib boriladigan ish jarayonlarida u yoki bu darajada hal qilinadi. Psixodiagnostika xususiy jihatdan quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: - bolani tug‘ilgandan boshlab maktab-ta’lim jarayonidagi yosh davrlarini psixologik taraqqiyot dinamikasini о‘rganadi (bilish jarayonlarini, intellektual qobiliyatlarini, shaxs sifatlarini hamda shaxslararo munosabatlarini). Bunda har bir bolaga maxsus psixodiagnostik tarqatma material tо‘ldiriladi va uning rivojlanish kо‘rsatkichlari har oyda yoki yilda qayd qilinib boriladi. - har bir bolani psixik va xulqiy rivojlanishidagi individual qobiliyatlarini tekshirish, uning о‘rtacha standart meyorlardan chetlashishlari, ya’ni ijobiy (rivojlanishda oldindami) yoki salbiy (rivojlanishdagi qoloqligi) tomonlarini aniqlash. - bolani ta’lim va tarbiya jarayonidagi yutuqlarini aniqlash maqsadida psixologik xizmat kо‘rsatish va uning natijasida amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. - о‘z vaktida bolani yanada rivojlantirish maqsadida uning iqtidorini, layoqatini va individual qobiliyatlarini xamda qiziqishlarini tashxislash hamda ilmiy asoslangan psixologik maslahat va proforiyentatsiya ishlarini olib borish. - ota-onalarga, о‘qituvchilarga zarur bо‘lgan bolaning mazkur psixologik holati haqida har tomonlama ma’lumotlar tо‘planib, bolaga mos ravishda ta’lim va tarbiya metodlarini tanlash. 1 Нишанова З., Қурбонова З., Абдиев С., Тўлаганова Ш.Психодиагностика. – Т.: 2008. – 314 б. Download 35.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling