1. Mavzu. Psixodiagnostika predmeti, maqsadi, vazifalari. Reje
Download 26.29 Kb.
|
1.Tema
1.Mavzu.PSIXODIAGNOSTIKA PREDMETI, MAQSADI, VAZIFALARI. Reje. 1.Psixodiagnostik tadqiqotlarning vazifalari 2.Psixodiagnostik tadqiqotlarning xususiyatlari Maktabgacha tálim muassasasi, umum tálim maktablaridagi óquv-tarbiya jarayoni bolalarning qobiliyati va layoqatlarini har fomonlama rivojlantirishga, ular shaxsini shakllantirishga qaratiigan. Pedagogik jarayonning mahsuldorligi pedagogning óz óquvchilarini yaxshi bilishiga, tálim va tarbiyaning xilma-xil metodlarini qoilashiga boǵliq . Albatta, pedagogika fan sifatida tarbiyachiga pedagogik psixologiya sohasidagi tayyor «retseptlar»ni bera olmaydi. Bunday kónikmalar bolalar bilan bevosita muloqot jarayonida, ular xulqatvorining motivlarini, hissiy-shaxsiy xususiyatlarini tahlil qilish mobaynida egallanadi. Bu haqida mashhur rus pedagogi K.D.Ushinskiv quyidagicha yozgan edi: «Biz unday yoki bunday qiling deb tushuncha bermaymiz. Biz ularga: Siz boshqarmoqchi bólgan psixik hodisalarning qonuniyatlarini órganing va ularga mos ravishda harakat qiling. deymiz». Lekin tarbiyachilar bolalar psixologiyasi boyicha bilimlarni juda kam qóllaydilar, asosan óquvchilar ózlashtirmaganlarida, taraqqiyotdan chetlashish yoxud buzilishlar sodir bólgandagina foydalanishga harakat qiladilar. Bolalarning bunday holatlari chegara holatlari sifatida, psixik taraqqiyot kamchiligi ólaroq shaxs aktsentuatsiyasining turli k órinishi sifatida tasniflanishi mumkin. Ularni aniqlash uchun bolalar psixologiyasi, klinik patopsixologiya va psixiatriya kabi sohalardagi bilimlar talab qilinadi. Bundan tashqari tarbiyachi bolalar psixologiyasining akseleratsiya (tez etilish), pedagogik qarovsizlik kabi muammolarini hal qilishiga tóǵri keladi. Óqituvchi tálim va tarbiyadagi qiyinchiliklar nega va qanday paydo bólishini tushunishi uchun, avvalo bola psixik taraqqiyotining asosiy qonuniyatlarini bilishi va turli psixik holatlarining psixologik diagnostika metodlarini egallashi zarur. Óqituvchi bolalar bilan ishlashda psixodiagnostik tadqiqot doimiy kuzatish jarayonida olingan natijalardan qanchalik tógri foydalana olishi ham muhim hisoblanadi. Tajribaga asoslangan psixologik diagnostika fan sifatida XIX asr oxirida vujudga keldi. Xuddi shu davrda psixologiyada olchash ǵoyasi keng tarqaldi. Psixodiagnostikaning mustaqil fan sohasiga aylanishi olimlarning insonlar psixikasidagi individual farqlarga qiziqishining ortishi bilan boǵliq. Psixodiagnostika psixologik diagnoz qóyish haqidagi fandir. Bunda diagnoz kórsatkich va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holati va xususiyatlari haqidagi xulosalardan iborat. Psixologik diagnoz (diagnosis - grekcha, aniqlash, bilish degan tnánoni anglatadi) shaxs individual - psixologik xususiyatlarining hozirgi holatiga baho berish, rivojlanishini oldindan aytish (prognoz qilish) va psixodiagnostik tekshiruv vazifalaridan kelib chiqib, tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan psixolog faoliyatining sónggi natijasidir. Psixodiagnostik tadqiqotlar amaliyotida psixologik diagnoz qóyishning 3 bosqichi farqlanadi: Simptomatik diagnozda mavjud har qanday EHM bajarishi mumkin bolgan tadqiqotda olingan natijalar qayta ishlanadi. Tipologik diagnozda (kelib chiqish sabablari) biror xususiyatning mavjudligigina emas. balki uning vujudga kelish sabablari ham hisobga olinadi. Tipologik diagnozda sinaluvchi shaxs tuzilishida olingan natijalarning ahamiyati va órni aniqlanadi. Download 26.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling