1-mavzu. Psixolgiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti ва методлари dars rejasi
Download 1.08 Mb.
|
Psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 9-mavzu: Shaxsning individual xususiyatlari. REJA: 1.
- Individual-tipologik xususiyatlar klassifikasiyasi.
Intellektual hissiyotlar ham o’z mohiyati jihatidan ahloqiy hissiyotlarga yaqin bo’lgan hissiyotlardir. Intellektual hissiyotlar odamning bilish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan hissiyotlar bo’lib, biror narsadan hayron qolish, hayratda qolish, shubhalanish kabi holatlarda ifodalanadi. Intellektual hissiyotlarga dastavval ajablanishni kiritish mumkin. Ajablanish inson bilish faoliyatining ajralmas tomonidir. Ajablangan va qandaydir tushunib bo’lmaydigan, hayratda qoldiradigan emotsiyalarga berilib qolgan odam o’zining bilish ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Haqiqatni izlash shubhalanish hissi bilan bir vaqtda amalga oshirish mumkin. Bu his odam faol bilish faoliyati orqali hosil qilgan g’oya hamda e'tiqodlarni hayotga tadbiq qilish uchun bo’lgan kurashning qiyin daqiqalarida unga madad bo’ladi.
Nazorat savollari Iroda tushunchasining mazmunini izohlang? Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari nimalarda ko’rinadi? Iroda nazariyalarining mohiyatiga ta'rif bering? Irodaviy akt va uning tuzilishini mazmunini ko’rsating? Shaxsning irodaviy sifatlariga nimalar kiradi? Irodaning individual xususiyatlarining mazmunini izohlang? Hissiyot tushunchasining mazmunini izohlang? His-tuyg’ularning vazifalari nimalarda ko’rinadi? Hissiy holatlarning fiziologik asoslarini nima tashkil qiladi? Insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar o’rtasidagi farqni izohlang? Hissiy holatlarning ifodalanishini qanday izohlaysiz? Hislarni kechirish shakllarini qanday baholaysiz? 9-mavzu: Shaxsning individual xususiyatlari. REJA: 1.Individual - tipologik xususiyatlar klassifikasiyasi. 2.Qobiliyatlardagi tug’ma va orttirilgan sifatlar. 3.Qobiliyatlarning psixologik strukturasi va qiziqishlar diagnostikasi. 4.Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari. 5.Xarakter va shaxs. Individual-tipologik xususiyatlar klassifikasiyasi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har bir shaxs o’ziga xos qaytarilmas dunyo. Dunyoda bir-biriga aynan o’xshash bo’lgan ikki kishini topish juda mushkul. Odam tashqi qiyofasi, bo’yi-basti bilan boshqa biror kimsaga o’xshashi mumkin, lekin fe’li, mijozi va shaxs sifatidagi xususiyatlari nuqtai nazaridan aynan bir xil insonlar bo’lmaydi. Hattoki, olimlar bitta tuxumda rivojlangan egizaklarda ham juda ko’p jihatdan aynan o’xshashlikni qayd qilishgan, shaxsiy sifatlaridagi korrelyasiyada esa ba’zi tafovutlar aniqlangan. Shaxs-qaytarilmas, u o’z sifatlari va borligi bilan noyobdir. Ana shu qaytarilmaslik va noyoblikning asosida uning indivi-dual psixologik xususiyatlari majmui yotadi. Shu o’rinda biz yuqorida ta’rif bergan shaxs tushunchasi bilan yonma-yon ishlatiladigan yana ikki tushunchaga izoh berish o’rinli deb hisoblaymiz. Bu — «individ» va «individuallik» tushunchalaridir. «Individ» tushunchasi umuman «odam» degan tushunchani to’ldirib, uning ijtimoiy va biologik mavjudot sifatida mavjudligini tasdiqlaydi va uni bir tomondan, boshqa odamlardan farqlovchi belgi va xususiyatlarini o’z ichiga oladi, ikkinchi tomondan, o’ziga va o’ziga o’xshashlarga xos bo’lgan umumiy va xarakterli xususiyatlarni qamrab oladi. Demak, individ — insonga aloqadorlik faktini tasdiqlovchi ilmiy kategoriyadir. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling