1-mavzu. Psixolgiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti ва методлари dars rejasi


Download 1.08 Mb.
bet65/147
Sana24.12.2022
Hajmi1.08 Mb.
#1058679
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   147
Bog'liq
Psixologiya

Esga tushirish va uning turlari.
O’tmishda idrok qilingan narsalar, his-tuyg’u, fikr va ish-harakatlarning ongimizda qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning nerv-fiziologik asoslari bosh miya po’stida ilgari hosil bo’lgan nerv bog’lanishlarning qo’zg’alishidir. Esga tushirishning tanish, eslash, bevosita eslash, oradan ma'lum vaqt o’tkazib eslash, ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlari mavjud.
Tanish ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni takror idrok qilish natijasida u yoki bu hodisani esga tushirishdir. Tanish aniq va noaniq bo’lishi mumkin. Noaniq tanishda biz bu narsani notanish emasligini his qilamiz, xolos. Masalan, bir odam ko’zimizga issiq ko’rinadi, lekin uni qaerda ko’rganimizni eslay olmaymiz. To’liq, aniq tanishda esa idrok qilinayotgan narsaning nomi katta rol o’ynaydi. Masalan, biz bir kishini ko’rib, uni taniy olmasak, uning familiyasini yoki ismini eshitsak, darrov kim ekanligini bilamiz.
Eslash narsa va hodisalarni, uni ayni paytda idrok qilmay esga tushirishdir. Masalan, bo’lib o’tgan voqea va hodisalarni, bilib olgan ishlarimizni bemalol esga tushirishimiz mumkin. Eslash ham aniq va noaniq bo’ladi. Masalan, biz she'rni yoddan aytib bersak ham uni qaerda va qachon o’qiganimizni eslay olmaymiz. Esga tushirish avval tanishdan boshlanadi. Masalan, imtihonga kirganda biletni ko’rib, uning savolini o’qib taniymiz. Demak, bunda predmetning nomi muhim rol o’ynar ekan. Bevosita esga tushirish materialni idrok qilish ketidanoq esga tushirishdan iborat. Masalan, she'rni yod olganimizda bir necha satrni o’qigan kitobga qaramasdan takrorlaymiz, ya'ni bevosita esga tushiramiz. Bir karra ko’zdan kechirilgan materialni bevosita esga tushirilgan miqdoriga qarab, xotiraning ko’lami aniqlanadi.
Materialning ko’p qismini bevosita esga tushira oladigan kishining xotira ko’lami keng hisoblanadi. Masalan, artistlarda so’z va iboralarni esda tutib qolish xotirasining ko’lami keng bo’ladi. Hisob-kitob ishlarini yuritadigan xodimlarda sonlarni esda tushirish xotirasining ko’lami keng bo’ladi.
Vaqt o’tkazib esga tushirish esda olib qolingan narsani oradan bir qancha vaqt o’tkazib esga tushirishdirki, bunda shu orada ongimizda boshqa jarayonlar o’tgandek bo’ladi. Masalan, yoshligimizdagi voqea va hodisalarni shu tariqa eslaymiz.
Idrok qilingan narsalar miyamizda o’rnashib qolishi, esimizda turishi tufayli turli usulda esimizga tushishi mumkin.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling