1-mavzu: Psixolog


Download 33.54 Kb.
bet1/4
Sana25.09.2023
Hajmi33.54 Kb.
#1687664
  1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu Psixolog


1-mavzu: Psixologik testlarga standart talablar
Reja:
1. Test tuzish va uning qo‘llanish sohasini aniqlash.
2. Xorijiy testlarni modifikatsiya qilish va moslashtirish. Bilimlar diagnostikasi modellari va metodlari. Rashning bir o‘lchamli modeli.
3. Diagnostik materiallarni sifat tahlili. Meyoriy yo‘naltirilgan testlarni ishonchliligini baholash.
4. Testologiya va psixodiagnostika metodlari tushunchalari. Metodikalarni ishlab chiqish va foydalanishning talablari. Psixodiagnostik axborotlarni obektivlashtirish muammosi.
5. Psixodiagnostik metodikalarni ishlab chiqish, moslashtirish va foydalanish.
Tayanch so‘z va iboralar
Test tuzish, testni qo‘llash, modifikatsiya, diagnostik material, ishonchlilik, testni baholash, obektivlashtirish


    1. Test tuzish va uning qo‘llanish sohasini aniqlash.

Ishonchlilik - psixologik tadqiqot aniqligini belgilovchi test sifatlari kusatkichi. Validlik - test sifatliligi asosiy ko‘rsatkichlaridan biri, testning validligi qanchailik Yukori bo‘lsa, unda tekshirilayetgan xislat shunchalik yaxshi aks ettiriladi.
Shaxs xususiyatlari va psixik taraqqiyoti darajasini aniqlash uchun turli eksperimental psixologik metodlardan foydalaniladi. Psixologik tadqiqotarda foydalaniladigan metodikalar u yoki bu faoliyat Jarayonida shaxs psixik xususiyatlarining namoyon bo‘lishini aniqlashdan iborat. Eksperimental metodikalarni ishlab chiqish va o‘tkazish psixolog va tadqiqotchilarning aosiy vazifalaridir. Eksperimental topshiriqlar majmui shaxs psixik taraqqiyotii, uning aqliy darajasini Hamda individual psixologik xususiyatlarni aniqlashga qaratilgan. bo‘lar eksperimental tadqiqot sharoitida so‘zli, predmetli va psixometrik metodikalar yordamida amalga oshiriladi. Har bir konkret xolda olingan ma’lumotlarni sifatiy taxlil qilish va ularni boshqa metodlardan olingan natijaar bilan bog‘lash zarur.
Psixodiagnostikada metodikalarning ishonchliligi muxim hisobllanadi. Metodikaning ishonchliligi olingan natija qanchailik to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatadi. Har qanday metodikaning,testning ishonchliligi o‘rganlilayetgan psixologik xususiyatlarning ularda aks etishi nukta nazaridan to‘g‘ri qo‘llashni xarakterlaydigan ma’lumotlar majmui sifatida karalmogi kerak.
Testning ishonchliligi- psixologik tadqiqot aniqligini belgilovchi test sifatlari ko‘rsatkichidir. Testning ishonchliligi ba’zi xollarda shakl va maqsadi Jihatidan 2 ta bir xil testning ekvovalentligi darajasining namoyon bo‘lishi sifatida karalsa, ba’zi xollarda qayta o‘tkazilganda natijaarning barkarorligi (sabilligi) sifatida karaladi. Validlik- test sifatliligi asosiy ko‘rsatkichlaridan biri. Testning qanchailik validligi Yukori bo‘lsa, unda tekshirilayetgan ishlar shunchalik yaxshi aks ettiriladi. Masalan, intellektni o‘lchash validligi "intellekt" tushunchasining ta’rifiga; undan kelib chiqgan xolda tuzilgan test topshiriqlari tarkibiga; emperik ko‘rsatkichlarga bog‘liq bo‘ladi.
Shunday qilib, maqsadga muvofik tanlangan metodika va testlar psixik faoliyat ko‘rinshlarini to‘liq va har tomonlama o‘rganish imkoniyatini beradi. Tadqiqotchi tadqiqot o‘tkazish uchun u yoki bu metodikani tanlaganida ko‘rsatmani salgina o‘zgartirganda metodikaning yo‘nalishi o‘zgarib ketishini nazarda tutish kerak. Topshiriqni bajarishga kirishishdan oldin tekshirilovchi ko‘rsatmani to‘g‘ri tushunganligiga ishonch xosil qilishi kerak. Bajarilayetgan topshiriqning natijalari ma’lum darajada shunga ham bog‘liq bo‘ladi.


Download 33.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling