1-мавзу: Psixologik xizmatni tashkil etishning umumiy mezonlari Reja: Psixologik xizmatning yuzaga kelish tarixi


Oʻsmirlik davridagi qarama-qarshiliklar


Download 3.45 Mb.
bet86/113
Sana11.10.2023
Hajmi3.45 Mb.
#1698690
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   113
Bog'liq
psixologik-xizmat maruza

3.Oʻsmirlik davridagi qarama-qarshiliklar
Oʻsmirlik davriga juda koʻp ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar xos. Maktab dasturini oʻzlashtirish va boshqa ishlar bilan bogʻliq turli masalalarni yechishda koʻzga tashlanadigan oʻsmirlarning intellektual rivojlanganligi kattalarni ular bilan birga jiddiy muammolar boʻyicha fikrlashga undaydi, oʻsmirlarning oʻzlari ham bunga harakat qiladilar. Boshqa tomondan esa ayniqsa, kelajak kasb, xulq-atvor etikasi, oʻz majburiyatlariga mas'ullik kabi muammolar muhokamasida infantillik (yosh bolarlarga xos jismoniy va psixologik holat)ni kuzatish mumkin.
5-6 sinf oʻquvchilariga sinfdagi oʻzi egallagan mavqeiga katta e'tibor berish xususiyati xos. Ayniqsa, 6 sinfdan boshlab, oʻquvchilar oʻz tashqi koʻrinishlariga, shuningdek, qarama-qarshi jinsdagi bolalar va ular bilan oʻzaro munosabatlariga e'tibor bera boshlaydilar.7-sinf oʻquvchilarida esa oʻz layoqatlarini rivojlantirishga xos qiziqish yuzaga keladi.
8-sinf oʻquvchilari esa mustaqilik, oʻziga xoslik, doʻstlik va oʻrtoqlik bilan bogʻliq boʻladigan shaxsiy xislatlarni yuqori baholashadi. Oʻsmirlarning ana shu ketma-ket yuzaga keladigan qiziqishlariga asoslangan holda faol ravishda irodaviy ishbilarmonlik va boshqa foydali sifatlarni rivojlantirish mumkin.
Oʻsmirlik davrida oʻquv fanlarini turli oʻqituvchilar oʻqitishlari bilan kattalar shaxsi va faoliyatni baholashning yangi mezonlari ham shakllana boshlaydi. Oʻsmirlik asosan, bilimli, talabchan, haqqoniy, oʻquv materialini qiziqarli va tushunarli yoʻl bilan yetkaza oladigan, oʻquvchilarni ajratmaydigan oʻqituvchilarni koʻproq hurmat qiladilar va yaxshi koʻradilar. Ular oʻqituvchi bilan munosabatlariga ham katta e'tibor beradilar.
10-15 yoshli bolalarning faoliyat motivlarida ham oʻzgarishlar amalga oshadi. Ilk oʻsmirlik davrida koʻpchilik oʻsmirlar oʻzlariga salbiy shaxsiy xarakteristika beradilar. Katta boʻlgan sari oʻsmirning oʻz-oʻziga bergan bahosi differensial xarakter (xulq-atvoriga, ijtimoiy vaziyatlarda oʻzini tutishga va ayrim xatti-хarakatlari)da namoyon boʻla boshlaydi.



Download 3.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling