1-мавзу: Psixologik xizmatni tashkil etishning umumiy mezonlari Reja: Psixologik xizmatning yuzaga kelish tarixi


Takrorlash va muhokama uchun savollar


Download 3.45 Mb.
bet84/113
Sana11.10.2023
Hajmi3.45 Mb.
#1698690
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   113
Bog'liq
psixologik-xizmat maruza

Takrorlash va muhokama uchun savollar:
1.Maktabga psixologik tayyorgarlik muammosi va maktabga motivatsion tayyorgarlikni korreksiyalash.
2.Boshlang`ich sinfda psixologik xizmat: asosiy funksiyalar, faoliyat vazifalari va yo`nalishlari.
3.Maktabgacha tarbiya yoshidan kichik maktab yoshiga o`tishda bola psixik taraqqiyotining tipologiyasi.
4.Kichik maktab yoshidagi psixologik korreksiyaning o`ziga xos xususiyati. 5.Bolani maktabga moslashishini o`ziga xos xususiyati.
6.Maktabda o`zlashtirmaslikning psixologik omillari.
7.Maktabga psixologik tayyorgarlikni diagnostika qilish.
8.Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixik taraqqiyotini diagnostika qilish.
18-мавзу:
0 ‘smirlik va ilk o’spirinlik davrida olib boriladigan korreksion faoliyatning o‘ziga xosligi
Reja.
1.O`smirlik davridagi psixologik inqiroz.
2. Ta’lim motivatsiyasining pasayishi.
3.O`smirlik davridagi qarama-qarshiliklar.
4.Korreksion faoliyatning dolzarb muammolari.
O’quv mashg`ulotining maqsad: talabalarni ontogenetik taraqqiyot inqirozlari psixokorreksiyasi va psixoprofilaktikasi bilan tanishtirish.
O’quv mashg`ulotidan kutilayotgan natijalar: Talabalarga maktabgacha, kichik maktab yoshida, aksentuatsiyalashgan o`smirlarda, ilk o`spirinlik davrida, yetuklik davrida psixologik korreksiyaning asosiy vazifalari va ularni amalga oshirish shakllari haqida ma’lumot berish.
1.Oʻsmirlik davridagi psixologik inqiroz
Oʻsmirlik ontogеnеtik rivojlanish pogʻonasining bir bosqichi sifatida bologʻatga еtish davrining oʻziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, imkoniyatlari, xatti-harakat motivlari ifodalanishi va vujudga kеlishining murakkabligi bilan inson kamolotining boshqa yosh davrlaridan kеskin farq qiladi. Bu davr taxminan bolalarning 5-8-sinflarida oʻqish paytlariga toʻgʻri keladi va 11-12 yoshdan 14-15 yoshgacha boʻlgan davr oraligʻida kechadi. Ayrim bolalarda bu davr 1-2 yil ertaroq yoki kechroq kuzatilishi ham mumkin.
Oʻsmirlik davri ayrim maxsus psixologik adabiyotlarda «oʻtish davri», «ogʻir davr», «inqiroz davri» kabi nomlar bilan ham ataladi. Bu davrning «ogʻirligi», «keskinligi», «murakkabligi» nimalar bilan asoslanadi?
Oʻsmirlik davrining ogʻir, murakkab davr ekanligi koʻplab psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillar bilan bogʻliq. Bu davrda rivojlanishning barcha jihatlari: jismoniy, aqliy, ahloqiy, ijtimoiy va shu kabilarning mazmun mohiyati ham oʻzgaradi. Bu davrda oʻsmir hayotida, uning ruhiyati, organizmining fiziologik holatlarida, uning ijtimoiy holatida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻladi. Aksariyat holatlarda ularda bir-biriga qarama-qarshi boʻlgan turli xil an`analar kuzatiladi. Bu davrga kelib bola endi «bola» emas va shu bilan birga hali «katta» ham emas. Uning oʻz-oʻziga va atrofdagilarga nisbatan boʻlgan munosabatlari butunlay boshqacha xarakter kasb etib boradi. Uning qiziqishlari tizimi, ijtimoiy yoʻnalganligi qaytadan shakllanadi, oʻz-oʻzini anglashi, baholashi, qadriyatlari oʻzgaradi. Uning uchun oʻz «men»i va shu «men» ning ahamiyati ortadi.
Yuqorida ta'kidlanganidеk, oʻsmirlik qarama-qarshiliklarga boy davrdir. Uni ba'zi olimlar “krizislar, tanazzullar” davri dеb ham ataydilar. Sababi, oʻsmir ruhiyatida shunday inqiroziy holatlar koʻp boʻladiki, u bu inqirozni bir tomondan oʻzi hal qilgisi kеladi, ikkinchi tomondan, uni hal qilishga imkoniyati, kuchi va aqli еtishmaydi. Lеkin shularga qaramay, bola oʻzi bilib-bilmay oʻz aqliy salohiyatini oʻstirishga tirishadi, chiroyli fikrlashga tashna boʻladi va bu uning psixik taraqqiyotidagi eng muhim oʻzgarish hisoblanadi.
Dеmak, oʻsmirlik davri insonni bolalikdan yoshlikka oʻtuvchi va oʻz navbatida boshqa davrlardan oʻzining nisbatan keskinroq, murakkabroq kechishi bilan farqlanib turuvchi davrdir.

Download 3.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling