Elementar funksiyalarning xossalari va ularning grafiklari Asosiy elementar funksiyalar
Download 0.74 Mb.
|
Elementar funksiyalarning xossalari va ularning grafiklari
Elementar funksiyalarning xossalari va ularning grafiklari 1. Asosiy elementar funksiyalar Quyidagi analitik usulda berilgan funksiyalar asosiy elementar funksiyalar deyiladi. 1. Darajali funksiya: y=хα, aєR; 2. Ko‘rsatkichli funksiya: y = ax, a>0, a≠1; 3. Logarifmik funksiya: y=ℓọgax, x>0, a>0, a≠1; 4. Trigonometrik funksiyalar: y=sinx, y=cosx, y=tgx, y=ctgx, y=secx, y=csecx; 5. Teskari trigonometrik funksiyalar: y=arcsinx, y=arccosx, y=arctgx, y=arcctgx, y=arcsecx, y=arccosecx. Bu funksiyalar navbati bilan tekshiriladi va grafiklari yasaladi. «Funksiyadan funksiya» amalini ko‘rib chiqamiz: y o‘zgaruvchi u ning funksiyasi bo‘lsin: y=f(u). u o‘z navbatida boshqa o‘zgaruvchi x ning funksiyasi bo‘lsin: u=φ(x). Demak, y ham, o‘z navbatida u orqali x ga bog‘liq: y=F(φ(x)). Oxirgi funksiya murakkab funksiya yoki «funksiyadan funksiya» deyiladi. Misol. y=cosu, u=x2 bo‘lsin, u holda y=cos(x2) murakkab funksiya bo‘ladi. y=F(φ(x)) funksiyaning aniqlanish sohasi φ(x) aniqlash sohasining hammasidan yoki uning shunday qismidan iborat bo‘ladiki, bu qismdan u qabul qiladigan qiymatlari uchun F(u) aniqlangan bo‘lsin. «Funksiyadan funksiya» amali bir necha marta takrorlanishi mumkin. Misol. y= funksiyani y= , u=sinv, v=x2+1 bo‘g‘in-lar yordamida tasvirlash mumkin, bu yerda «funksiyadan funksiya» amali ikki marta ishlatildi. Ta’rif. Elementar funksiya deb asosiy elementar funksiyalar va o‘zgarmas miqdorlardan soni chekli bo‘lgan qo‘shish, ayirish, ko‘pay-tirish, bo‘lish va «funksiyadan funksiya» amallari yordamida tuzilgan va bitta formula y=f(x) ko‘rinishida berilishi mumkin bo‘lgan funksiyaga aytiladi. , , , funksiyalar elementar funksiyalardir. Biz asosan elementar funksiyalarni tekshiramiz. Mashqlar 253. berilgan, , ifodalarni toping. 254. funksiya uchun , ifodalarni toping. 255. , , bo‘lsa, elementar funksiyani yozing. 256. , bo‘lsa, elementar funksiyani yozing. 257. , funksiya elementar funksiya bo‘ladimi? 258. funksiya elementar funksiya bo‘ladimi? 259. Quyidagi funksiyalarni elementar funksiya zanjiri bo‘g‘inlari ko‘rinishida yozing. 1) , 2) , 3) , 4. 260 bo‘lsa, ni toping. 261. bo‘lsa , ni toping. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling