1-mavzu. Psixologiya fan sifatida reja


Psixologiya – ham qadimiy, ham ma’lum darajada yangi fan. Qadimiy fan sifatida u ikki ming yil avval paydo bo‘lgan


Download 57.21 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi57.21 Kb.
#1566922
1   2   3
Bog'liq
1-МАВЗУ

Psixologiya – ham qadimiy, ham ma’lum darajada yangi fan. Qadimiy fan sifatida u ikki ming yil avval paydo bo‘lgan.
Psixika haqidagi dastlabki ilmiy tasavvurlar qadimgi dunyo (Hindiston, Xitoy, Misr, Bobil, Yunoniston)da falsafa bag‘rida paydo bo‘lgan va jamiyatdagi amaliyot, davolanish va tarbiya ehtiyojlaridan kelib chiqqan edi.
XIX asrning 70-80-yillarida psixologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Ilmiy psixologiyaning, xususan, eksperimental psixologiyaning asoschisi sifatida 1879 yilda Leypsig shahrida dunyoda birinchi bo‘lib eksperimental psixologik laboratoriyani ochgan nemis tadqiqotchisi V. Vundt tan olingan. Bunga mos ravishda ushbu yil psixologiyaning fan sifatida yuzaga kelgan sanasi bo‘lib hisoblanadi. Dastlab eksperimental psixologiyaning asosiy mavzulari sifatida sezgilar va ta’sirlanish vaqti (F. Donders), keyinchalik esa – assotsiatsiyalar (G. Ebbingauz), diqqat (Dj. Kettel), hissiy holat (U. Djeyms, T.A. Ribo), ong va iroda (Vyursburgskaya shkola, A. Bine) xizmat qildi.

3.O'zbekistonda psixologiya fanining rivojlanish tarixi.

Psixologiyaning fan sifatida yurtimizda rivojlanish tarixiga e’tibor beradigan bo‘lsak shuni ta’kidlash lozimki, u oxirgi o‘n yilliklar mobaynida shakllanmoqda, xolos. Lekin tarixan, umuman psixologiyaning O‘zbekiston hududida shakllanishini tahlil qilinsa, uning diniy-falsafiy olimlar va qarashlar tizimida o‘ziga xos tarzda shakllanib kyolganini ko‘rish mumkin. Masalan, eramizning II-III asrlarida rivoj topgan manixizm (asoschisi Mani) yoki mazdakizm (asoschisi Mazdak) va boshqalar o‘z diniy qarashlari tizimida ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy adolat va shaxsning o‘ziga xosligi kabi g‘oyalarni keng tashviqot qilganlar. Lekin tarix bizga shundan darak beradiki, yaxlit, sistematik ijtimoiy psixologik qarashlar sistemasi umuman bo‘lmagan. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan psixologik tadqiqotlar asosan oila va oilaviy munosabatlarga bag‘ishlangan. CHunonchi, birinchi ijtimoiy psixologik tadqiqot ham 70- yillarning oxiri 80- yillarning boshida I. Yoqubov tomonidan o‘tkazilgan bo‘lib, u oilaviy munosabatlarning barqarorligi va er-xotin ijtimoiy rollarining muvofiqligini ta’minlovchi sotsial-psixologik omillarni o‘rgandi. Tadqiqot natijasida, shu narsa aniqlandiki, oila a’zolarining rollar borasidagi muvofiq o‘zaro munosabatlari oilaviy xamjihatlikning muhim shartidir. Oilaviy majorolar esa, asosan hozirgi zamon o‘zbek ayolining ijtimoiy mehnat bilan bandligi hamda oilaviy munosabatlarda eskilik sarqitlarining saqlanib qolganligidadir.


G‘.B.Shoumarov va E.A. Morshinalarning (1986) tadqiqotlarida esa oilada bolalar tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy-psixologik omillar o‘rganildi, chunonchi, unda o‘ziga xos milliy va an’anaviy o‘zaro munosaoat xususiyatlarining o‘rni belgilandi.
Oilaviy munosabatlar psixologiyasi xususida o‘tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri N. Sog‘inovning o‘zbek oilasiga xos bo‘lgan nikoh va oila munosabatlari - nikohdan qoniqish, nikoh motivlari, oila qurishning o‘zbeklarga xos bo‘lgan yosh xususiyatlari, yosh o‘zbek oilalaridagi psixologik mojarolar va ajralishlarning sabablarini sistematik tarzda o‘rgangan ilmiy ishidir. Bu tadqiqotda ilgari hech o‘rganilmagan ilmiy ma’lumotlar to‘plandiki, ularga ko‘ra, o‘zbek oilasining qurilishiga sabab bo‘ladigan asosiy motiv—bu “Farzandli bulish”, (birinchi o‘rinda), ikkinchi o‘rinda “Jamoatchilikning gap-so‘ziga qolmaslik”, uchinchi o‘rinda “Ota-ona va qavmi-qarindoshlarning istaklarini bajo etish” va hokazolar aniqlandi. N.Sog‘inovning to‘plagan ma’lumotlari yosh oilalar, mojaroli oilalar va yoshlar tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lganlar uchun muhim ilmiy yo‘l-yo‘riqdir.
Bundan tashqari, oxirgi yillarda katta guruhlar psixologiyasiga oid qator tadqiqotlar o‘tkazildi. Masalan, V.M.Karimovaning o‘zbek xotin-kizlari ijtimoiy tasavvurlarining o‘zgarishi mexanizmini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqoti (1987), E. Usmonovning o‘zbek ayollarining suitsidal (ya’ni o‘z-o‘ziga o‘t qo‘yish) xulq-atvorining ijtimoiy-psixologik sabablarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqoti (1993), E. No‘‘monovaning o‘zbek oilalaridagi reproduktiv ustanovkalarning xususiyatlariga bag‘ishlangan, M.Zokirovaning erkak va ayollardagi rollar hakidagi tasavvurlarning o‘ziga xosligini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqoti, M.Toshpo‘latovning o‘zbek yoshlaridagi ijtimoiy xulq-atvorning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o‘ziga xos qirralarini o‘r­ganishga qaratilgan ishlari va boshqalar shular jumlasidandir. Bu tadqiqotlar natijasida yaqin kelajakda yangi etnopsixologik konsepsiya shakllanadi va bu respublikamizdagi ilmiy ishlarning rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi.
Psixologiya fanini rivojlantirishda judayam katta rol o‘ynagan psixologlar quyidagilar: B.Ananev, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, LS.Vigotskiy, R.S.Nemov va boshqalar, shuningdek keyinchalik o‘zbekistonda ham yirik olimlar etishib chiqdi. Ular jumlasiga M.G.Davletshin, E.G‘.G‘oziev, M.Vohidov, V.A.Tokareva. R.Z.Gaynutdinov, V.M.Karimova, G‘.B.SHoumarov, R.I.Sunnatova, Z.T.Nishonova va boshqalarni kiritish mumkin. YUqorida nomlari tilga olingan olimlar o‘zlarining g‘oyalari va milliy mafkuralar bilan yoshlarda tafakkur sifatlaridan «mustaqillik», «tanqidiylik» kabilarni shakllantirishga e’tibor bermoqdalar.


Nazorat savollari:

1. Hozirgi zamon psixologiyasining qanday sohalari mavjud?


2. Psixologiya fanidagi differensiatsiyava integratsiya jarayoni nima bilan bog‘liq?
3. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqalarini ochib bering.
4. O‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlaniiga hissa qo‘shgan olimlar.?


ADABIYOTLAR

1. Вачков И.В., Гриншпун И.Б., Пряжников Н.С. Введение в профессию «психолог» Москва, Воронеж. 2002-2007 г.


2. Muxammedova D.G., Mullabaeva N.M, Rasulov А.I. Umumiy psixologiya. Darslik. - Toshkent, “Mumtoz so`z” 2018. -287b.
3. Schiffman H.R. Sensation and Perception: An Integrated Approach. 5" Edition. - John Wiley & Sons, 2001. - 608 p 5. Лурия A.P. Лекции по общей психологии. - СПб.: Питер, 2006. - 320 с
4. G'oziyev E.G'. Umumiy psixologiya.. T. O'qituvchi. 2010 y.



1S.K.Mangal: “General Psychology” 2013y.5 p

Download 57.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling