1-Mavzu: Psixologiya fanining predmeti, rivojlanish tarixi, sohalari va tadqiqot metodlari. Psixika haqida tushuncha Xulq-atvorning psixofiziologik asosi. Ong taraqqiyoti va ongsizlik
Reja:
Psixologiya fanining predmeti.
Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining asosiy bosqichlari
Psixologiyasining tuzilishi, psixologiya sohalari, psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni.
Psixologiya fanining yirik ilmiy yo‘nalishlari va maktablari.
Psixologiyaning tadqiqot metodlari.
Psixologiyaning tarmoqlari.
Ongning psixologik xossalari
Ongsizlik haqida tushuncha
Anglanmagan psixik jarayonlar
Ongli harakatlarning anglanmagan qo’zg’atuvchilari
Ong usti jarayonlari
Tayanch so‘zlar:
Psixologiya, umumiy psixologiya, «psyche», jon, ruh, «logos», psixika, instinkt, xulq-atvor.
Atrofimizdagi ob’ektiv olam turli fanlarning o‘rganish ob’ekti va predmeti bo‘lib xizmat qiladi, qaysilar orasida insonning hayot faoliyatida psixologik fanlar alohida o‘rin tutadi. Real dunyoda haqqoniy psixikaga ega yoki uni tashuvchi barcha narsa ularning ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi. Predmeti esa – psixika, uning barcha shakl va faoliyat ko‘rinishlari: psixikaning yuzaga kelish qonuniyatlari, shakllanish, faoliyat va namoyon bo‘lish, hamda uning ayrim fenomenlaridir.
Psixologiya yunon tilidan tarjima qilinganda – ta’limot, jon bilim to‘g‘risida («psyche» – jon, ruh va «logos» – ta’limot, ilm) degan ma’noni anglatadi. Bu fan eng avvalo inson va insonlarning turli xil ijtimoiy guruhlarining psixik hayoti hamda faoliyati qonuniyatlari to‘g‘risidagi fandir. Psixologiya fan sifatida psixikaning qonuniyatlarini va mexanizmini, dalillarini o‘rganadi (A.V.Petrovskiy).
Psixologiyaning predmetini xar birimizning tashqi olamni va o‘z-o‘zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, xodisalar, holatlar va shakllangan hislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo‘yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta’rif berishadi. Psixika — bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks etishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi (V.Karimova).
Do'stlaringiz bilan baham: |