1-Mavzu: Psixologiya fanining predmeti, rivojlanish tarixi, sohalari va tadqiqot metodlari. Psixika haqida tushuncha


Download 0.93 Mb.
bet11/16
Sana13.04.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1349773
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-mavzu sirtqi

Tarmoqlar kuyidagilardan iborat:
Mehnat psixologiyasi - kishi mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini o‘rganadi.
Pedagogik psixologiya - kishiga ta’lim-tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z predmeti deb biladi.
Tibbiyot psixologiyasi vrach faoliyatining va bemor xulqining psixologik jihatlarini o‘rganadi. Yuridik psixologiya huquq tizimining amal qilishi bilan bog‘lik psixologik masalalarni o‘rganadi. Harbiy psixologiya - kishining harbiy harakatlar sharoitidagi xulq-atvorini, boshliqlar va xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning psixologik jihatlarini, harbiy texnikani boshqarishning psixologik muammolarini va boshqalarni tadqiq qiladi.
Sport psixologiyasi sportchilar shaxsi va faoliyatining psixologik xususiyatlarini o‘rganadi.
Savdo psixologiyasi asosan tijoratning psixologik shart-sharoitlarini, ehtiyojlarning psixologik xususiyatlarini, xaridorlarga xizmat ko‘rsatish psixologiyasini, moddalar psixologiyasini o‘rganadi.
Yosh psixologiyasi - turli xildagi psixik jarayonlarning ontogenezini va rivojlanayotgan kishi shaxsining psixologik fazilatlarini o‘rganadi.
Anomal taraqqiyot psixologiyasi yoki maxsus psixologiya miya faoliyatini buzilishi natijasida yuzaga keluvchi turli patologiyaga ega bo‘lgan shaxslarni psixikasi bilan shug‘ullanuvchi psixologiya.
Qiyosiy psixologiya odamlar va hayvonlar psixikasi qiyoslanib ulardagi mavjud o‘xshashliklar va farqlarni aniqlash bilan shug‘ullanuvchi psixologiya hisoblanadi.
Sotsial psixologiya shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi tarmoq bo‘lib hisoblanadi.
Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida kishilar ongida gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilgani uchun ham uning ushbu yo‘nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o‘rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo‘lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o‘ziga xos va yetakchidir.
Psixologiya va falsafa. Psixologiya va tarix. Psixologiya va sotsiologiya. Psixologiya va pedagogika. Psixologiya va tabiiy fanlar. Psixologiya va kibernetika. Psixologiya va texnika fanlari.
Ong inson tomonidan voqelikni aks ettirishning yuksak darajasi bo’lib hisoblanadi.
Inson ongining birlamchi psixologik xossasi o’zini bilish sub’ekti sifatida his etish, mavjud va tasavvurdagi voqelikni xayolan tasvirlash layoqati, shaxsiy psixik va hulq-atvor holatlarini nazorat qilish, ularni boshqara olish, atrofdagi reallikni tasavvurlar shaklida ko’rish va idrok qilish layoqati kabilarni o’z ichiga oladi. O’zini bilish sub’ekti sifatida his etish insonning olamni o’rganish va bilishga, ya’ni, olam haqida u yoki bu darajada aniq bilimlarni egallashga tayyor va layoqatli, bu olamdan bo’lak qilingan mavjudot sifatida anglashini bildiradi. Ongsizlik (uyqu, gipnoz, kasallik va sh.o’.) holatlarida bunday layoqat yo’qoladi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling