1-Mavzu: Psixologiya fanining predmeti, va rivojlanish tarixi


Umumiy psixologiya predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining


Download 222.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana25.02.2023
Hajmi222.92 Kb.
#1231753
1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliy mashg`ulot

Umumiy psixologiya predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining 
asosiy bosqichlari. 
Psixologiya fani oldiga hayot va turmush tomonidan yangi-yangi vazifalar 
qo‘yila boshladi. Bu yangi vazifalar, birinchidan, respublikamzda yuzaga kelgan 
yangi ijtimoiy muhit, mustaqillik sharoiti tufayli bo‘lsa, ikkinchidan, mamlakatimiz 
xalqlari ongidagi sifatiy o‘zgarishlar istiqlol mafkurasi tufayli sodir bo‘ldi. Bu ikki 
hol insoniyat tarixida yangi mazmundagi o‘zaro munosabatlarni va yangicha faoliyat 
formalarini vujudga keltirdi.
Psixologiya fanining boshqa fan sohalaridan farqli tomoni shundan iborat 
uning amaliy-tadbiqiy jihatlari mavjud bo‘lib, ijtimoiy turmushning barcha 
javhalarida bevosita qatnashadi, muayyan darajada ta’sir o‘tkazadi. Psixologiya 
boshqa fanlardan farqli o‘laroq o‘z tadbiqiy ma’lumotlari natijalarining ko‘p qira 
ko‘p yoqlama ekanligi bilan tubdan ajralib turadi va mutlaqo boshqa sifat 
ko‘rsatikichiga ega. Ayniqsa bu borada o‘zini o‘zi boshqarish alohida ahamiyat kasb 
etadi. Shuning uchun u tabiatni o‘rganish ilmidan tafovutlanib o‘zining psixik 
jarayonlari, funksiyalari, holatlari, xissiyoti, irodasi, xarakteri, temperamenti 
kabilarni boshqarishda o‘z aksini topadi. Inson o‘zini anglab borib, o‘z insoniy 
hislatlari, xususiyati, sifati xulqini o‘zartirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Xozirgi kunda zamon psixologiyasi fani o‘zini o‘zi boshqarish va 
takomillashtirish, o‘zini o‘zi qo‘lga olish, o‘ziga o‘zi buyruq berish, o‘zini o‘zi 
tarbiyalash bo‘yicha boy materiallar to‘plagan, bu esa o‘z navbatida inson 
munosabati, maqsadi, holati, kechinmalari o‘zgarishi va yangidan yaralishi haqida 
ilmiy tadbiqiy ma’lumotlar beradi, kundalik turmush psixiologiyasi rang-
barangligini ta’minlab turadi. Psixologiya inson psixikasining aniqlash, 
shakllantirish, yangi sharoitga ko‘chirish, takomillashtirish, rivojlanish dinamikasini 
ta’minlash, yangi sifat bosqichiga o‘tishini qayd qilish imkoniyati borligi bilan o‘ta 
amaliy, tadbiqiy fanga aylangandir. 
Umumiy psixologiya boshqa sohalar kabi shartli ravishda qabul qilingan 
nomdan iborat. Psixologiya fanining ilmiy tushunchalarini, kategoriyalari (Shaxs, 
motivatsiya muomala, ong)ni, tadqiqot metodlarini umumiy psixologiyada 
umumlashtirish uchun uning boshqa sohalaridagi tekshirish natijalarini
mavhumlashtirish maqsadga muvofiq. 
Umumiy psixologiya fani asosiy kategoriyalar, tushunchalar, psixik 
jarayonlar, xolatlar, xodisalar, individual tipologik hususiyatlarni o‘z ichiga oladi. 
1.Psixik jarayonlar: sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, hayol va boshqalar. 
2.Irodaviy jarayonlar: motiv, motivatsiya, extiyojlar, intilishlar, qaror qabul qilish 
kabilar. 3.Xissiy jarayonlar: emotsiya his-tuyg‘ular kayfiyat, emotsional ton, stress, 
affekt singarilar.  Psixik holatlarga psixik jarayonlarning ma’lum bir sifatlarining
ko‘rinishlari kiradi. Masalan, hissiy jarayonlardan psixik holat isfatida kayfiyat, 
psixik hususiyatlarga qobiliyatlar va boshqalar kiradi. 
Psixik holat tushunchasi psixik xolatlarga nisbatan nisbiy statikligini
anglatadi. Psixik hususiyat tushunchasi esa tadqiq qilinaytgan xodisaning
mustahkamligini, qaytaruvchanligini aks ettiradi va bu narsa shaxs tuzilishida o‘z 
ifodasini topadi. 


3. Umumiy psixologiya fanining taraqqiyoti 
Psixologiya fanining sohalari uning amaliyot uchun muhim ahamiyat kasb 
etishidan dalolat beradi (huquqshunoslik psixologiyasi, klinik psixologiyasi, mehnat 
psixologiyasi, savdo psixologiyasi, sotsial psixologiyasi, pedagogik psixologiyasi, 
maxsus psixologiya, sport psixologiya va.x.). Psixologiya amaliy-tabdiqiy jihatdan 
o‘z predmetiga ega bo‘lib, amaliy-sotsial psixolog, injener psixolog, oilaviy 
psixoterapev, tibbiyot psixologi, maktab psixologi kabi sohalarni o‘z ichiga qamrab 
olgandir.
Yuqorida bildirilgan fikrlarga yakun yasab, shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish 
kerakki, psixologiya fani ko‘hna tarixga ega bo‘lishga qaramay, u juda navqiron 
fandir, chunki ilmiy psixologiya nemis psixologi V.Vund tomonidan 1879 yilda 
Leypsik (Germaniya) universitutida asos solingan. Birinchi eksperimental 
laboratoriya ochilishidan boshlanadi. Shuning uchukn endigina refleksiyani 
(lotincha reflexus – o‘zining ruhiyts holatini taxlil qilish degani) ilmiy jihatdan 
o‘rganishni psixologiya fani predmeti tarkibiga kiritish davri (mavridi) keldi. 
Hozirgi zamon psixologiyasi amaliyotining turli soxalari bilan bog‘langan turli 
darajada tarkib topgan va g‘oyat tarmoklanib ketgan fanlar sistemasidan iboratdir. 
Psixologiya soxalarini klassifikasiya qilishda kuyidagilar:1) konkret faolyatning 
psixologik tomoni, 2) taraqqiyotning psixologik tomoni, 3) insonning jamiyatga 
bo‘lgan munosabatining psixologik tomoni asos qilib olinishi mumkin. 
Psixologiyaning ZOO dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligini 
hozirgi kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustaxkamlanayotganligidan 
dalolat beradi: masalan, 

Download 222.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling