1-Mavzu: Psixologiya fanining predmeti, va rivojlanish tarixi


Download 222.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana25.02.2023
Hajmi222.92 Kb.
#1231753
1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliy mashg`ulot

Pedagogika bilan psixologiyaning o‘zaro xamkorligi va aloqasi an’anaviy va 
azaliy bo‘lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruxida amalga 
oshirishdagi roli va nufuzi o‘ziga xosdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan yangi 
«Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun» hamda «Kadrlar tayyorlashning milliy Dasturi»ni amalga 
oshirish xam ikki fan xamkorligi va o‘zaro aloqasini xar qachongidan xam dolzarb qilib 
qo‘ydi. Ayniqsa, ma’naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta’lim 
muassasalarida joriy etish xam shaxs psixologiyasini teran bilgan holda o‘qitishning 
eng ilg‘or va zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etishni nazarda tutadi.
Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.k. psixik xodisalar va 
jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning 
kechishi qonuniyatlarini ob’ektiv o‘rganish uchun material beradi. Ayniqsa, bosh 
miyaning hamda markaziy asab sistemasining psixik faoliyatlarini boshqarishda va 
ularni muvofiqlashtirishdagi rolini e’tirof etgan xolda psixologiya fani tabiiy fanlar 
erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot uslublaridan omilkorona foydalanadi.
Kibernetika fani soxasidagi yorishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham 
axamiyatli va zarur bo‘lib, u inson shaxsining o‘z-o‘zini boshqarish va psixik 
jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika 
tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o‘z 
o‘rnida foydalanadi. Ayniqsa, ma’lumotlar asri bo‘lgan XX va xar bir aloxida 
ma’lumotning qadr-qimmati oshishi kutilayotgan XXI asrda informatsion 
texnologiyalar va modellashtirish borasida psixologiya hamda kibernetika 
xamkorligining saloxiyati yanada ortadi. Texnika fanlari bilan psixologiyaning o‘zaro 
aloqasi va xamkorligi ayniqsa, asr oxiriga kelib yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan 
murakkab texnikani boshqaruvchi inson ongi muammosini yechishda, ikkinchi 
tomondan, psixik hayotning murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan 
foydalanish zarurati bu ikki yo‘nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda 
tutadi. Iqtisodiyot bilan psixologiyaning o‘zaro aloqasi va xamkorligi ham yangilik 
bo‘lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish sharoitida iqtisodiy 
ong hamda iqtisodiy xulqning o‘ziga xos namoyon bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganishda 
ikkala fan teng xizmat qiladi.

Download 222.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling