1-Mavzu: Psixologiya fanining predmeti, va rivojlanish tarixi


Download 222.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana25.02.2023
Hajmi222.92 Kb.
#1231753
1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliy mashg`ulot

• umumiy psixologiya - psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarini va ularning 
o‘ziga xos jixatlarini o‘rganadigan maxsus soxasi; 
pedagogik psixologiya - kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik 
qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z predmeti deb biladi; 
• yosh davr psixologiyasi - turli yoshdagi odamlarning tug‘ilgandan to umrining 
oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o‘zaro 
munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o‘zgarishi 
tamoyillarini o‘rganadi; 
ijtimoiy psixologiya - odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari 
natijasida ularda xosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar. e’tiqodlar hissiy kechinmalar 
va xulq-atvorini o‘rganadi; 
• mehnat psixologiyasi - kishi mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, 
mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini, qonuniyatlarini 
o‘rganadi; 
muxandislik psixologiyasi - avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari 
operatorining faoliyatini, odam - texnika o‘rtasida funktsiyalarni taqsimlash va 
muofiqlashtirishning xususiyatlarini o‘rganadi; 
• yuridik psixologiya - huquq sistemasining amal qilishi bilan bog‘liq 
masalalarning psixologik asosllarini o‘rganadi; 


• harbiy psixologiya - kishining harbiy xarakatlar sharoitida namoyon 
bo‘ladigan xulq-atvorini, zobitlar bilan oddiy askarlar o‘rtasidagi munosabatlarining 
psixologik jixatlarini o‘rganadi; 
• savdo psixologiyasi – jamiyatdagi - tijoratning psixologik shart-sharoitlari, 
extiyojning individual, yoshga, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat 
ko‘rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi. Bu soxadan ajrab chiqqan, modalar 
psixologiyasi inson didi va uning xulqda aks etishi kabi qator masalalarni o‘rganadi; 
Tibbiyot psixologiyasi bemorning xulq-atvori va vrach faoliyatining psixologik 
tomonlarini o‘rganadi. Yuridik psixologiya huquq sistemasini amalga oshirish bilan 
bog‘liq bo‘lgan psixologik masalalarni qarab chiqadi.
Harbiy psixologiya – jangovor harakatlar sharoitidagi odamning xulq-
atvorini, boshliqlar va ularga itoat qiluvchi kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar 
psixologik tomonlarini, «psixologik urush» olib borish metodalrini (propaganda va 
kontrpropaganda muammolarini), jangovor texnikani boshqarishning psixologik 
muammolarini va shuning kabilarni tekshiradi.
Sport psixologiyasi – sportchilar shaxsi va faoliyatining psixologik 
xususiyatlarini, ularni psixologik jixatdan tayyorlashning shart-sharoitlari va 
vositalarini, sportchilarning qanchalik mashq qilganliklari va o‘zlarini safarbar 
qilishga qanchalik tayyor ekanliklarini ko‘rsatuvchi psixologik parametrlarni 
(ulchovlarni), musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan 
psixologik faktorlarni qarab chiqadi.
Qiyosiy psixologiya – psixologiyaning bu soxasi psixik hayotning filogenetik 
(nasliy) formalarini tekshiradi. Zoopsixologiya qiyosiy psixololgiyaning 
bo‘limlaridan biri bo‘lib, xar xil sistematik guruxlarga (tur, jins, oila) mansub 
hayvonlar psixikasini o‘rgandi. Etologiya – biologiya va psixologiyaning nisbatan 
yangi soxasi bo‘lib, bu soxa xayvonlar hatti-xarakatlarining tug‘ma mexanizmlarini 
maxsus ravishda o‘rganadi. Ijtimoiy psixologiyaning predmeti jamoada 
odamlarning o‘zaro munosabatlari jarayonida yuzaga keladigan psixik hodisalarni 
o‘rganishdan iborat.
Din psixologiyasi diniy tasavvurlar va hissiyotlarni xurofotlarning kelib 
chiqishi va ularning yengishning psixologik sharoitlarini, diniy jazava (zikr)larni va 
shu kabilarni o‘rganadi. 
Sotsial psixolgiyadan so‘ng uning bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan shaxs 
psixologiyasini (ba’zan differential psixologiya deb yuritiladi) aytib o‘tish lozim.
Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning 
shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo‘nalishdagi 
muammolarni ma’lum ma’noda o‘rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini 
takozo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan soxalari bo‘lib, 
psixologiyaning ular orasidagi mavqei o‘ziga xos va yetakchidir. 1. Falsafa va uning 
oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo‘lgan 
aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti moxiyatini to‘la anglash va uning 
rivojlanish tendentsiyalarini belgilashdagi o‘rni va axamiyatidan kelib chiqadi. Bu 
bog‘liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashnishakllantirish muammosi 
kundalang turgan tarixiy davrda milliy mafko‘ra va milliy g‘oyani shakllantirish kabi 
dolzarb vazifani bajarishga xizmat qilmoqda.


2. Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o‘z 
taraqqiyotining muxim bosqichiga o‘tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan 
yutuqlardan xam foydalanadi, xam ularning ko‘lami kengayishiga baxoli qudrat xizmat 
qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot 
davrimizda aloxida axamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan 
aloqasi uzviy bo‘lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va progressni ta’minlash ishiga 
xizmat qiladi.

Download 222.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling