1-mavzu. Psixologiya fanining tarixi, predmeti va yo`nalishlari


Tafakkur operatsiyalari, tafakkur shakllari, turlari. Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar. Muammoli vaziyat va uni hal qilish metodlari


Download 1.52 Mb.
bet49/101
Sana04.02.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1165047
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   101
Bog'liq
psixalogiya maruzalar to\'plami

Tafakkur operatsiyalari, tafakkur shakllari, turlari. Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar. Muammoli vaziyat va uni hal qilish metodlari. Tafakkur jarayoni insonning bilishga bo`lgan ehtiyojlari, tevarak-atrofdagi olam va turmush to`g`risidagi o`z bilimlarini kengaytirishga va chuqurlashtirishga intilish sababli vujudga keladi. Fikr qiluvchi kishining tafakkuri-ob`ektni anglashi, bilishi tafakkur jarayonining xarakterli xususiyatidir. Odam o`zi idrok qilayotgan narsalar to`g`risida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir sinfi, turkumi to`g`risida fikr qiladi, ya`ni bular tafakkurning ob`ekti bo`ladi. Bir
Analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiyalash va umumlashtirish, tasniflash narsaga tayanmagan quruqdan quruq tafakkur bo`lishi mumkin emas.va tizimga solish aqliy operasiyalarning asosiy turlaridir.
Analiz - shunday bir tafakkur operasiyasidirki uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz. Analiz jarayonida butunning uning qismlariga va elementlariga bo`lgan munosabati aniqlanadi. Tahlil ob`ektlari amalda ajratib bo`lmaydigan elementlarga yoki belgilarga bo`lishda ifodalanishi mumkin. Allomalarimizning ta`kidlashicha, maymunning yong`oqni chaqishining o`ziyoq boshlang`ich, oddiy analizdir. O`quvchi va talaba yoshlar turmushda va va dars jarayonida analiz yordami bilan ko`pgina ishlarni amalga oshiradilar, topshiriqlar, misol va masalalarni yechadilar. Demak, tabiat va jamiyatdagi bilim va tajribalarni inson tomonidan o`zlashtirib olish analizdan boshlanadi. Masalan, buni quyidagi sxemada ko`rish mumkin. Muammoli vaziyatlarni yechish usullari

Dars jarayoni vaqtida tafakkurning analiz qilish faoliyati katta o`rin tutadi. Chunonchi, savodga o`rgatish nutqni tahlil qilishdan, gapni so`zlarga, so`zlarni bo`g`inlarga, bo`g`inlarni tovushlarga ajratishdan boshlanadi.


Analiz va sintez jarayonlarining yuzaga kelishini quyidagicha izohlash mumkin.

Yuqorida aytib, o`tilgan motor yoki boshqa qismlarning rolini tushunish uchun yolg`iz analizning o`zi kifoya qilmaydi. Chunki tarkibiy qismlarni birlashtirgan holda bir-biriga ta`sir qilib turgan motor va mashinaning butunligicha olib tekshirgandagina uning motor yoki mashina ekanligini anglash mumkin.


Sintez - shunday bir tafakkur operasiyasidirki, biz narsa va hodisalarning analizda bo`lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo`laklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlari va bo`laklarini bir butun qilib ho`shishdan iborat aqliy faoliyat ekanligi ta`rifdan ko`rinib turibdi. Analiz aqliy bo`lgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi. Masalan, birinchi sinf bolasi o`z harf xaltasidagi keltirilgan harflardan foydalanib, bo`g`in, bo`g`inlardan so`z, so`zlardan gap, gaplardan qisqa axborot, undan esa hikoya tuzadi.
Analiz va sintez o`zaro bevosita mustahkam bog`langan yagona jarayonning ikki tomonidir. Agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan bo`lsa, uni sintez qilib bo`lmaydi, har qanday analiz predmetlarni narsalarni bir butun holda bilish asosida amalga oshirilishi lozim.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling