1-mavzu. Psixologiya fanining tarixi, predmeti va yo`nalishlari


Download 1.52 Mb.
bet51/101
Sana04.02.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1165047
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   101
Bog'liq
psixalogiya maruzalar to\'plami

Konkretlashtirish - hodisalarni ichki bog`lanish va munosabatlardan qat`iy nazar bir tomonlama ta`kidlashdan iborat fikr yuritish operasiyasidir.
Umumiy mavhum belgi va xususiyatlarni yakka yolg`iz ob`ektlarga tadbiq qilish bilan ifodalanadigan fikr yuritish operasiyasi insonning barcha faoliyatlarida faol ishtirok etadi. Voqelik qanchalik yaqqol shaklda ifodalansa, inson uni shunchalik oson anglab yetadi. Insonlar dastavval tevarak-atrofni aniq belgilariga asoslanib, aniq holda aks ettirganlar, yaqqol obrazlarga suyanib tasavvur qilish imkoniyatiga ega bo`lganlar, shu boisdan to hozirgi kunga qadar aniqlik belgisi har qanday inson zoti uchun eng yaqin belgi bo`lib isoblanadi.
Psixologlar tadqiqotlarining ko`rsatishiga qaraganda konkretlashtirish odamda ikki xil vazifani bajaradi. Birinchidan, umumiy abstrakt belgining yakka ob`ektga tadbiq etish amalga oshiriladi.
Klassifikasiyalash - bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga o`xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab narsalarni turkumlarga ajratish tizimidir. D.I.Mendelevni "Elementlarning davriy tizimi" jadvali bunga yorqin misoldir. Bunda olim elementlarni atom og`irligi ortib borishiga, kimyoviy sifatlarning bir tipligiga va boshqa belgi va alomatlariga qarab tartib bilan joylashtirib chiqqan. O`rganish uchun qulaylik tug`dirish maqsadida, shuningdek, amaliy maqsadlarda ko`pchilik narsalarni guruhlarga, turkumlarga bo`lishga to`g`ri keladi. Ko`pchilik narsalarni hodisalarni guruhlarga bo`lish klassifikasiyalash yoki turkumlarga bo`lish deb ataladi.
Sistemalashtirish - tizimga solish shundan iboratki, bunda ayrim narsalar, faktlar, hodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi, vaqtdagi tutgan o`rniga yoki mantiqiy tartibda joylashtiriladi. Shu sababli makon, xronologiya va mantiqiy belgilar asosida tizimga solish turlariga ajratiladi. Mebelning xonadagi joylashtirilishi, daraxtning boqqa o`tkazilishi, makoniy tizimga namuna bo`la oladi. O`tmishda bo`lib o`tgan voqealarning vaqtga qarab tizimga solishning namunasi bo`la oladi. Matematikaga, falsafaga, mantiqqa doir darsliklarda ilmiy materiallarning joylashtirilishi mantiqiy tizimga solishning namunasidir.
Demak, insonning bilish faoliyatida mavzulararo, predmetlararo bilimlarni tizimlashtirish yuzaga keladi. Binobarin bilimlarning tizimga solinishi aqliy rivojlanishning dastlabki pog`onasi hisoblanadi.
Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. Odamda nutq tafakkur jarayonida hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalanib keladi.
Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi.
Hukmlar ob`ektiv voqelikni aks ettirilishiga qarab chin yoki xato bo`ladi. Narsa va hodisalarda voqelikda haqiqatan o`zaro bog`liq bo`lgan belgilar, alomatlar hukmlarda bog`liq ravishda ko`rsatib berilsa yoki voqelikda bir-biridan ajratilgan narsalar hukmlarda ajratib ko`rsatilsa bu chin hukm deb ataladi. Masalan, metallar elektr tokini o`tkazuvchidir; metallar qizdirilganda kengayadi, degan chin hukmlardir. Chunki elektr tokini o`tkazish qizdirilganda kengayishi metallarga xos xususiyatdir.
Moddiy olamda haqiqatdan bog`liq bo`lmagan narsa hukmda bog`liq qilib ko`rsatilsa, bunday hukm xato hukm deb ataladi. Masalan, hozir tashqarida yomg`ir yog`yapti; yer quyosh atrofida aylanmaydi, degan misollar xato hukmlar doirasiga kiradi.
Borliqdagi narsalar, hodisalar va voqelikni miqdoriga ularning biror hukmda aks ettirilgan aloqa va munosabatlariga qarab, hukm quyidagi turlarga bo`linishi mumkin:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling