1-mavzu. Psixologiya fanining tarixi, predmeti va yo`nalishlari


Download 1.52 Mb.
bet13/101
Sana04.02.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1165047
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   101
Bog'liq
psixalogiya maruzalar to\'plami

Egizaklar usuli o’xshash belgilarning egizaklarda rivojlanib borishini o’rganishdan iborat. Ma’lumki, odamda egizaklar ikki xil bo’ladi. Ba’zi hollarda bir emas, balki ikkita (kamdan kam hollarda uchta va hatto to’rtta) tuxum hujayra urug’lanadi. Egizaklar bitta tuxum hujayradan va har xil tuxum hujayradan rivojlanadi. Bitta tuxum hujayradan rivojlangan egizaklar bir jinsli va bir-biriga nihoyatda o’xshash bo’ladi. Bu tushunarli albatta, chunki ular bir xil genotipga egadirlar. Ular o’rtasida tafovutlar esa faqat muhit ta’siriga bog’liq bo’ladi. Har xil tuxumdan rivojlangan egizaklar egizakmas aka-uka yoki opa-singillardek bir-biriga o’xshash, bir xil yoki har xil jinsli bo’ladi. Egizaklarni o’rganuvchi fan – gemellologiya hisoblanadi.6 [3]
Tabiiy saralash mexanizmi: Tabiiy saralash jarayonida mutatsiya, ya’ni organizmlarning moslashuv jarayoni mustahkamlanadi. Tabiiy saralashni odatda “aniq-ravshan” mexanizmlar psixologiya – (qadimgi grek tilidan olingan bo’lib, qalb to’g’risidagi fan degan ma’noni anglatadi)- inson, ruhiyati va ruhiy faoliyatining rivojlanishi vazifa va qonunlarini yaratilishini o’rganadigan fan. U ijtimoiy va tabiiy fanlar bilan yondashadi. U o’z ichiga psixologiyaning asosini, ma’lum bir faktlarini , mexanizmini va insonni va odamlar guruhini psixologik faoliyatini oladi.

  1. Organizmlar yashab qolishidan ko’ra ko’proq avlod qoldiradi.

  2. Bu organizmlar populatsiyasida nasldan naslga o’tadigan o’zgaruvchanlik mavjud

  3. Genetik xususiyatlarga ega bo’lgan organizmlar kopayish va yashab qolishi turli darajada.

Psixikaning miyaga nisbatan munosabatini psixikaning tevarak-atrofdagi muhitga hamda psixik faoliyatga munosabati (bular psixik moslashtirish, programmalashtirish va boshqarish yordamida amalga oshirildi) siftaida bundan keyingi o’rganish psixikaning rivojlanishi problemasiga murojaat qilish zaruratini tug’diradi. Psixik aks ettirish qanday paydo bo’lganini, rivojlanganini, evolyusiya pillapoyasining turli bosqichlarida qanday o’zgarib borganini, kishi ongi qanday paydo bo’lgani va shakllanganini tushunib olganidagina psixikaning eng muhim qonuniyatlarni ochib beri shva jiddiy psixik faktlarni aniqlash mumkin bo’ladi.


Odamning har bir psixik jarayoni holati va xususiyati butun markaziy nerv tizimining faoliyati bilan bog’ liqdir. Nerv hujayrasi, nerv tizimining asosiy tuzilmasi neyron deyiladi. Akson – tolasining uchi tarmoqlangan bo’lib, u signallarni boshqa neyron yoki mushaklarga uzatadi. Dendrit- neyronning tarmoqlangan kalta o’simtalari bo’lib, signallarni qabul qiladi va hujayralarga impuls uzatadi.7[3]


Sinaps- aksonning signal uzatuvchi tugash qismi va ushbu signalni qabul qiluvchi dentritning tutashgan qismi. Sinaptik oraliq- akson va signal qabul qiluvchi neyron o’rtasidagi kichik oraliq. Har bir neyronda muntazam ravishda almashinuv jarayonlari ro’y berib, oqsillar sintezlanadi, asab impulslari to’plangan holda o’tkazilib turiladi.8[3]



Neyron tanasining o’rtacha diametri 0,01 mmni, bosh miyadagi neyronlarning umumiy soni esa 100 mlrd.ni tashkil etadi
Rivojlanib kelayotgan miyaga tabiat yuqori darajadagi mustahkamlik zahirasini joylaydi, va natijada, ko’p miqdorda ortiqcha neyronlar hosil bo’ladi. Ularning taxminan 70% bolaning tug’ ilish davrigacha nobud bo’ladi va bu jarayon tug’ ilgandan so’ng ham, umri bo’yi davom etadi. Hujayralarning bunday nobud bo’lishi irsiyat tomonidan oldindan belgilab berilgan bo’ladi. Neyronlar o’ta egiluvchandir. Egiluvchanlikning ma’nosi shundan iboratki, nobud bo’lgan asab hujayralarining vazifalari ularning o’z hayotchanligini saqlab qolgan «hamkasblari» zimmasiga yuklanadi, ularning o’lchamlari kattalashgani hisobiga yo’qotilgan vazifalarning o’rni to’ldiriladi. Ma’lumotlarga ko’ra, bosh miyadagi neyronlarning 90% ga yaqini nobud bo’lmagunicha, kasallik belgilari namoyon bo’lmay, inson sog’ lom ko’rinishini saqlab qolar ekan. Ya’ni, bitta tirik asab hujayrasi to’qqizta nobud bo’lgan hujayralarning o’rnini bosishi mumkin ekan.
Lekin asab tizimining egiluvchanligi keksalik davrigacha zehnni tiniq holatda saqlab qolishning yagona mexanizmi emas. Tabiatning zahiradagi yana bir yo’li – voyaga etgan sut emizuvchilarning bosh miyasida yangi asab hujayralarining hosil bo’lishi, yoki neyrogenez hodisasi ham mavjud. Agar asab hujayralari bo’linmaydigan bo’lsa, yangi neyronlar qaerdan paydo bo’ladi? Ular voyaga etgan organizmning o’zak hujayralaridan hosil bo’ladi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling