1-mavzu. Psixologiya fanining tarixi, predmeti va yo`nalishlari


Download 1.52 Mb.
bet50/101
Sana04.02.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1165047
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   101
Bog'liq
psixalogiya maruzalar to\'plami

Taqqoslash - shunday bir tafakkur operasiyasidirki, bu operasiya vositasi bilan ob`ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning bir-biriga o`xshashligi va bir-biridan farqi aniqlanadi.
XIX-XX asrlarda yashagan olim K.D.Ushinskiy taqqoslash jarayoni borasida quyidagilarni ta`kidlagan: "Agar siz tabiatni bir narsasini ravshan tushunib olishni istasangiz, uning o`ziga juda o`xshash bo`lgan narsalardan tafovutini topingiz va uning o`zida juda uzoq bo`lgan narsalar bilan o`xshashligini topingiz. Ana shunda siz shu narsaning eng muhim belgilarini payqab olasiz, demak shu narsani tushunib olasiz".
Taqqoslash operasiyasi ikki xil yo`l bilan amalga oshishi mumkin: amaliy aniq narsalarni bevosita solishtirish va nazariy tasavvur qilinayotgan obrazlarni va narsalarni ongda fikran taqqoslash.
Abstraksiya - shunday fikr tafakkur operasiyasidirki, bu operasiya yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bo`lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz.
Mazkur jarayonni quyidagi sxemada ham ko`rishimiz mumkin:



Abstraksiya jarayonida ob`ektdan ajratib olingan belgi, alomatning o`zi tafakkurning mustaqil ob`ekti bo`lib qoladi. Abstraksiya operasiyasi tahlil natijasida vujudga keladi. Masalan, sinf devorini tahlil qilish jarayonida uning faqat bir belgisini, ya`ni oqligini ajratib olish mumkin va oq devor to`g`risida emas, balki devorning og`ligi to`g`risida, keyin esa umuman oqlik haqida fikr yuritish mumkin.


Umumlashtirish - tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning, o`xshash muhim belgilarning shu narsalar to`g`risidagi bitta tushuncha qilib, fikrda birlashtirish demakdir. Psixologiyada umumlashtirish muammosi bo`yicha yagona yo`nalishdagi nazariya mavjud emas. S.L.Rubinshteyn, V.V.Davidov tomonidan ta`limda nazariy jihatdan umumlashtirish usulini yoqlab chiqsalar, N.A.Menchinskaya, D.N.Bogoyavlenskiylar ham nazariy, ham amaliy usulni qo`llashni tavsiya etmoqdalar. Ammo o`quv faoliyatining turli-tumanligi dars jarayonida har xil umumlashtirish usullaridan foydalanish kerakligini taqazo qiladi.
Psixologiyada umumlashtirishning keng qo`llaniladigan ikki turi: tushunchali umumlashtirish va hisssiy-konkret umumlashtirish yuzasidan ko`proq fikr yuritiladi. Tushunchali umumlashtirishda predmetlar ob`ektiv muhim belgi asosida umumlashtiriladi. hissiy-konkret umumlashtirishda esa predmetlar topshiriq talabiga binoan tashqi belgi bilan umumlashtiriladi. Psixologlar noto`g`ri umumlashtirishning hissiy-konkret umumlashtirishdan tafovuti borligini hamisha ta`kidlab kelmoqdalar.
Umumlashtirish jarayoni so`z ta`sirida vujudga kelgan ikkinchi signallar tizimiga asoslanadi. Akademik I.P.Pavlov fikricha, nutq signallari tufayli nerv faoliyatining yangi tamoyili abstraksiyalash va shu bilan birga oldingi tizimning behisob signallarini umumlashtirish vujudga keladiki, bunda ham o`z navbatida ana shu umumlashtirilgan yangi signallar tag`in analiz va sintez qilinaveradi. Fikr yuritishning umumlashtirish operasiyasi har xil asoslarga ko`ra turlarga bo`lib o`rganiladi. Umumlashtirishni mazmuniga ko`ra tushunchali umumlashtirish va yaqqol-ko`rgazmali yoki elementar umumlashtirish turiga ajratish qabul qilingan. Tushunchali umumlashtirish orqali ob`ektiv qonuniyatlarni muhim belgilari bo`yicha birlashtirish amalga oshiriladi. Bunda muhim belgilar umumlashtirilib, ob`ektiv qonuniyatlarni ochish mumkin bo`ladi. Yaqqol-ko`rgazmali umumlashtirishda narsa va hodisalar tashqi hamda yaqqol belgilar bo`yicha umumlashtiriladi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling