1-mavzu. Psixologiya fanining tarixi, predmeti va yo`nalishlari
Download 1.52 Mb.
|
psixalogiya maruzalar to\'plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tafakkurning tezligi
- Martin Xaydeger
Tafakkur ixchamligi deganda muammoni hal qilishning dastlab tuzilgan rejasi mazkur jarayonda masala yechish shartini qanoatlantirmay qolsa, nomutanosiblik hosil bo`lsa hech ikkilanmay elastik ravishda o`zgartirishlar kiritishdan iborat fikr yuritish faoliyatini tasavvur qilmoqimiz shart. Fikrning operativ jihatdan tezkorlik bilan o`zgartirishdan va to`g`ri yo`nalishga yo`llab yuborishdan iborat tafakkur sifati uning ixchamligi deyiladi. Masalan, talaba imtihonda avval g`oyani noto`g`ri yoritayotib, o`z-o`zicha birdaniga xatosini anglab to`g`ri javob bera boshlashi kabilar. Demak, tafakkurning mazkur sifati fikrlarni, axborotlarni tinglovchilarga xato va kamchiliklarsiz yetkazib berish garovidir.
Tafakkurning tezligi qo`yilgan savolga va muammoga to`liq javob olingan vaqt bilan belgilanadi. Uning tezligi qator omillarga, jumladan fikrlar uchun zarur materialni tez yodga tushira olishga, muvaqqat bog`lanishlarning tezligi, turli hislarning mavjudligiga, insonning diqqatiga, qiziqishiga bog`liq bo`ladi. Bundan tashqari tafakkurning tezligi boshqa shartlarga - insonning bilim saviyasiga, fikrlash qobiliyatiga, mavjud ko`nikma va malakalariga ham bog`liq ekanligi isbotlangan. Xulosa qilib aytganda, tafakkur jarayonlarining tezligi va jarayonlarning ma`lum fursat ichida qanchalik samara berganligi bilan baholanadi. Tafakkur muammosi xorij psixologiyasida keng doirada tadqiq qilinib, atroflicha bilimlar va ma`lumotlar zahirasi to`plangan. Aynan keltirilgan ma`lumotlarda tafakkur tushunchasi turli nuqtai nazarlardan tahlil qilinadi. Ekzistensializmning asoschisi bo`lmish nemis faylasufi Martin Xaydeger (1889-1978) tushunish uchun o`z diqqatimizni qarata olsakkina biz fikrlashga o`rganamiz-deb yozadi. Uning fikricha, narsa va voqealarning mohiyatini tushunish, anglab yetish, inson fikrlash jarayonida muhim o`rin egallaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa insonni fikrlashga undaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa hech qachon biz tomonimizdan yaratilmaydi. Xaydegerning fikricha, tafakkur mavjudligining asosiy xislati bu tasavvurdir. Tafakkur haqidagi ta`limotga asosan tasavvur fikrda ifoda etiladi. Shuning uchun ham tafakkur haqidagi ta`limotni logika, mantiq deb ataydi. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling