1-mavzu. Psixologiya fanining tarixi, predmeti va yo`nalishlari


Ko`rgazmali-harakat tafakkur turi


Download 1.52 Mb.
bet55/101
Sana04.02.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1165047
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   101
Bog'liq
psixalogiya maruzalar to\'plami

Ko`rgazmali-harakat tafakkur turi. Tarixiy taraqqiyot davomida odamlar o`z oldilarida turgan maqsadlarni dastlab amaliy faoliyat nuqtai nazaridan yechganlar, keyinchlik unda nazariy faoliyat ajralib chiqqan. amaliy va nazariy faoliyat chambarchas bir-biri bog`langandir.
Ko`rgazmali-harakat tafakkur turiga psixologik adabiyotlarda quyidagicha ta`riflar uchraydi. Jumladan, V.Karimova tomonidan ko`rgazmali-harakat tafakkuri odamning real predmetlar bilan ish qilayotgan paytda fikrlash jarayonini nazarda tutadi. "Psixologik lug`atda" ko`rgazmali harakatli tafakkur amaliy tafakkurning bevosita idrok qilayotgan narsa va hodisalar haqida harakatlar yordami bilan amalga oshiriladigan fikrlash turi, deb tavsiflanadi.
Ko`rgazmali-obrazli tafakkur turi ham psixologik adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. "Psixologik lug`at"da ta`riflanishicha u konkret tafakkurning bevosita idrok qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashdan iborat bo`lgan turi. Professor E.G`oziev fikricha, bevosita idrok qilinayotgan predmetlar emas, balki faqat tasavvur qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashdan iborat tafakkur turi ko`rgazmali-obrazli tafakkur deb ataladi. V.Karimova tomonidan ko`rgazmali-obrazli tafakkur esa ko`rgan kechirgan narsalar va hodisalarning aniq obrazlari ko`z oldimizda gavdalangan chog`da ularning mohiyatini umumlashtirilib bilvosita aks ettirishimizdir, deb talqin qilinadi. Tafakkurning mazkur ko`rinishi 4-7 yoshgacha bo`lgan bolalarda namoyon bo`ladi. Bog`cha yoshidagi bolalarda ko`rgazmali-obrazlitafakkur bosqichiga o`tgandan so`ng ham saqlanib qoladi, lekin u o`zining yetakchi rolini yo`qota boshlaydi.
Tafakkur faolligiga qarab ixtiyorsiz (intuitiv) va ixtiyoriy (analitik) tafakkur turlariga ajratiladi. Intuisiya deb mantiqiy tafakkur yordamida ko`p vaqtlar davomida hal qilinmagan aqliy vazifalarning to`satdan, kutilmaganda hal qilinib qolishi jarayoniga aytiladi.
Ko`pincha ixtiyoriy tafakkur jarayoni mulohaza, muhokama, isbotlash, gipoteza kabi shakllarda namoyon bo`ladi. Masalan, matematika, fizika, kimyo, psixologiya va boshqa fanlardagi misol va muammolarni yechish jarayoni. Bundan tashqari ixtiyoriy tafakkurga mantiqiy yoki nazorat (kontrol) tafakkuri ham kiradi. Moddiy borliqni adekvat aks ettirish, fikr yuritish, tanqidiy va sinchkov bo`lishni taqazo etadi. Binobarin, narsa va hodisalarni atroflicha bilish uchun ob`ektiv baho berish zarurati tug`iladi, bu esa o`z navbatida fikr yuritish ko`lami keng, analitik-sintetik faoliyat doirasi mustahkam bo`lishini talab qiladi.
Tafakkur jarayoni ixtiyorsiz yuz berishi ham mumkin. Lekin bu holda ular ixtiyoriy tafakkurga suyangan tarzda vujudga keladi. Jumladan, odamning amaliy, maishiy va hokazo faoliyatlarida ixtiyorsiz ravishda qator savollar paydo bo`lishi va ularga beixtiyoriy javoblar axtarish hollari uchrab turadi.
Fikr yuritilishi lozim bo`lgan narsa-hodisalarni idrok yoki tasavvur qilish mumkin bo`lsa, bunday tafakkur konkret tafakkur deb ataladi. U o`z navbatida yaqqol-predmetli va yaqqol-obrazli tafakkur turlariga ajratiladi. Agar fikr yuritish ob`ekti bevosita idrok qilinsa, bunday tafakkur yaqqol-predmetli tafakkur deyiladi. Fikr yuritilayotgan narsa va hodisalar faqat tasavvur qilinsa, bunday tafakkur yaqqol-obrazli tafakkur deb ataladi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling