1-Mavzu. Psixologiya fanining tarixi, rivojlanishi, yo‘nalishlari


Psixologiya va uning moddiy asosi


Download 43.48 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi43.48 Kb.
#1580999
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu psixalogiya

Psixologiya va uning moddiy asosi.
Psixikaning moddiy asoslari to‘g‘risida fikr yuritilganda, eng avvalo,u miyaning xususiyati ekanligini taʼkid etish joiz. Bilish jarayonlari to‘g‘risida gap ketganida, albatta sezgi, fikr, ong kabilar maxsus ravishda tashkil topgan materiyaning oliy mahsuli ekanligini uqtirish maqsadga muvofiqdir. Organizmning psixik faoliyati tananing ko‘p miqdordagi aʼzolarning yordami bilan ishga tushadi. Аʼzolarning ba’zi birlari taʼssurotlari qabul qilsa, boshqalari ularni signallarga aylantiradi, xatti-harakatlarning rejasini tuzadi hamda uning amalga oshishini nazorat qiladi. Shuningdek, ularning bir guruhi xatti-harakatga kuch-quvvat, g‘ayrat, shijoat baxsh etadi, yana bir turi esa mushaklarni, paylarni harakatlantiradi. Mana shunday murakkab funktsiyaning yig‘indisi ( majmuasi ) organizmning tashqi muhitiga moslashuvini, unga muvofiqlashuvini, hayotiy vazifalar ijro etilishi, bajarilishini taʼminlaydi.
Organik olamning mikroorganizmdan to insonga qadar bir necha un million yil davom etgan evolyutsiyasi davomida xatti-harakatlarning, xulq-atvorning fiziologikmexanizmlari uzluksiz ravishda murakkablashib, tabaqalanib, buning oqibatida organizm muhitining o‘zgarishlariga tez reaksiya qiluvchan, moslashuvchan xususiyat kasb etib borgan.
Jumladan, bir xujayrali amyobaning hayot kechirishi ozuqa qidirish imkoniyati, o‘z hayotini muhofaza qilish qobiliyati muayyan darajada cheklangandir. Undagi yolg‘iz hujayraning o‘zi ham sezuvchi, ham harakatlanuvchi ham ovqat hazm qiluvchi vazifalarni ijro etadi. Murakkab tuzilishga ega bo‘lgan hayvonlarda aʼzolarning ixtisoslashuvi ozuqani ko‘rish, uni farqlash, xavf-xatarni tez sezish, aniq mo‘ljal olish imkoniyatini beradi. Ixtisoslashuvning asosiy funktsiyasi signallarni idrok qilishdan iborat hujayraning vujudga kelishida o‘z aksini topadi. Mazkur hujayralar retseptor deb nomlanish hujayralar turkumini yuzaga keltiradi. Hujayralarning boshqalari mushak tukumlari ishini, bezlarning shira ajratishini nazorat qiladi. Bunday hujayralar effektorlar deyiladi. Ixtisoslashuv aʼzolarni hamda funktsiyalarini bir-biridan ajratadi. Organizmning asosiy boshqaruv imkoniyati yaxlit narsa sifatida harakat qiladigan markaziy nerv sistemasi vositasi bilan erishiladi.
Nerv sistemasining asosiy usullari nerv hujayralari (neyronlar) hisoblanib, ularning funktsiyasi qo‘zg‘atishdir. Neyron hujayra tanachasidan, dentritdan, aksondan tashkil topadi. Markaziy nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan iborat.
Hozirgi zamon fanining ko‘rsatishicha, orqa miya va miya naychasi reflektor faoliyatining tug‘ma (shartsiz reflekslar) hisoblangan shakllari amalga oshiradi, katta yarim sharlarning qobig‘i esa hayotda orttirilgan, psixika yordami bilan boshqariladigan xulq-atvor shakllarning organi sanaladi.
Miya katta yarim sharlari faoliyatining umumiy qonunlari I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan. Hozirgi zamon fiziologiyasi maʼlumotiga qaraganda, miyada hosil bo‘ladigan to‘lqinlar turli chastotadagi elektromagnit tebranishlariga o‘xshab ketadi. Miyada elektroentsefalogramma ko‘rinishidagi kuchaytirgich yordamida yozib olish mumkin bo‘lgan elektr toklari paydo bo‘lishning kashf etilishi muhim ahamiyatga ega. Chunki kosmonavt miyasining biotoklari yozuvchi uning markaziy nerv sistemasida yuz beradigan o‘zgarishlar ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.
Odamning psixik hayotida katta yarim sharlar qobig‘i sirtining peshona qismlari alohida rol o‘ynaydi. Psixik funktsiyalar muayyan tarzda chap va uning yarim sharlar o‘rtasida taqsimlanishi chuqur o‘rganilgan. Maʼlumki, psixikaning mazmuni tirik mavjudot o‘zaro munosabatda bo‘ladigan tashqi olam bilan belgilanadi. Shuning uchun tashqi olam inson miyasi uchun shunchaki oddiy biologik muhit emas, balki odamlar tomonidan ularning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davomida yaratilgan hodisalar olami hamdir.
Psixik va nerv fiziologik jarayonlarining o‘zaro munosabati masalasi murakkab muammolardan hisoblanadi. Psixikaning o‘ziga xos xususiyatlari nerv fiziologik qanday muhim belgilari bilan farqlanishini aniqlash katta ahamiyatiga ega. Аgarda mazkur o‘ziga xoslik mavjud bo‘lganida edi, u holda psixologiya mustaqil bilim soxasi sifatida tadqiq etilishi ham mumkin emas edi. Psixik jarayonlar o‘zida ichki, fiziologik jarayonlarning emas, balki tashqi obʼektlarning tavsifini mujassamlashtiradi.

Download 43.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling