1-mavzu. Psixologiya tarixi predmet va vazifalari Reja
Download 174.41 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so `z va iboralar
- PSIXOLOGIYA TARIXINI O‘RGANISHNING AXAMIYATI.
1-mavzu. Psixologiya tarixi predmet va vazifalari Reja: 1. Psixologiya tarixini o‘rganishning axamiyati. 2. Psixologiya tarixining predmeti, maqsadi, vazifalari. Uning psixika xaqida ilmiy bilimlar tizimida tutgan o‘rni. 3. Psixologiya tarixini davrlashtirish. Psixologiya tarixi ijtimoiy jarayonlarning qonuniyatlari haqida. 4. Psixologik g‘oyalarning rivojlanishi. Psixologiya tarixining metodlari va manbalari. Tayanch so`z va iboralar: Psixologiya, jon, ruh, shaxs, ruhiy holat, jarayon, hodisa, mexanizm, fakt, falsafa, psixologiya tuzilishi: ijtimoiy, mehnat, pedagogik psixologiya, tibbiyot, maxsus, yirik ilmiy yo`nalishlar: biologik, evolyustion, genetik, bixeviorizm, kognitiv, ijtimoiy-madaniy. PSIXOLOGIYA TARIXINI O‘RGANISHNING AXAMIYATI. Psixologiya tarixi boshqa fanlar tarixi singari, qiziq va mazmundor bilimlar sohasidan iborat. Psixologiya tarixi— bu avvalo insoniyat tomonidan hayvonlarga va insonga xos bo‘lgan psixik hayot hodisalari haqidagi bilimlarning asta-sekin to‘planib borish tarixidir. Insonning o‘z-o‘zi haqidagi bilimlarni to‘plab hamda chuqurlashtirib borishidir. Biz psixologiya tarixi bilan tanishar ekanmiz, inson va hayvonlar psixik hayotini o‘rganishga bo’lgan intilish kishilar hayotning har xil tarixiy bosqichlarida ularning qanday nazariy va amaliy ehtiyojlari bilan taqozo qilganligini, ba ’zi bir ma’lumotlar, ya’ni psixik hodisalar qay tarzda kashf qilingan, qaror topgan va aniqlanganligini, ular qanday tushuntirilganligini, ularning ba’zi qonuniyatlari qanday ochilganligini bilib olamiz. Bundan tashqari, psixologiya tarixi tarixiy hayotning har xil bosqichlarida, fan va madaniyatning umumiy taraqqiyoti munosabati bilan psixologik bilimlar sohasi qanday kengayib borganligi ham da dastlab yakka-yu yagona bo'lgan psixologiya qay tarzda taraqqiy etib, butun bir psixologiya fanlari sistemasi darajasiga ko‘tarilganligi haqida ham ma’lumot beradi. Psixologiya tarixida psixikani yanada chuqur va aniq bilish imkoniyatini beradigan, psixologiya fani taraqqiyotiga ko'maklashadigan foydali ilmiy-tekshirish metodlarining izlanishi va yaratilishi katta o‘rin tutadi. Psixologiya hech qachon ajralgan fan bo’lmagan: u hamisha boshqa bilim sohalari bilan bog‘liq holda taraqqiy etib borgan. Umum fan taraqqiyoti tarixida bu bog‘lanishlar kengaydi va chuqurlashdi. Boshqa fanlarning yutuqlari psixologiya taraqqiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatganligini, bilim sohalarining taraqqiyotida psixologiyaning roli qay darajada bo‘lganligini, psixologiyaning ilmiy yutuqlari amaliyotda qanday tatbiq qilinganligini kuzatib borish juda qiziqarlidir. Psixologiyaning butun tarixi (shuningdek, falsafa tarixi) davomida idealizm bilan materializm o'rtasida kurash ketgan. Bu kurash psixologiyaning mohiyatini turlicha tushunishda, insondagi psixik va fiziologik hodisalarning o‘zaro munosabatlarini tushunishda hamda psixologiya predmetini tushunishda ifodalangan. Shuning uchun, psixologiya fani sistemasining o‘zi ham, uning metodlari, mazmuni va vazifalari ham turlicha talqin qilingan. Albatta, psixologiya tarixida turlicha qarashlar va yo ‘nalishlar bo'lishiga qaram sdan, bu fanning predmeti, ya’ni hayvon va insonlarga xos bo’lgan psixika, psixik hayot birdayligicha qolaverdi. Tarixiy jihatdan psixologiyaning o'rganish predmeti emas, balki shu predmetni tushunish, psixik hayot mohiyatini tushunish o'zgarib keldi. Psixologiya predmetini tushunishdagi muhim o'zgarishlar, yangi psixologik tekshirish metodlarining yaratilishi hamda ularning keng tatbiq qilinishi ilmiy-falsafiy tafakkurning umumiy yo'nalishi psixologiya fanining tarixiy taraqqiyotidagi xususiyatlarni belgilab bordi. Psixologiya yunon tilidan tarjima qilinganda – ta’limot, jon bilim to‘g‘risida («psyche» – jon, ruh va «logos» – ta’limot, ilm) degan ma’noni anglatadi. Bu fan eng avvalo inson va insonlarning turli xil ijtimoiy guruhlarining psixik hayoti hamda faoliyati qonuniyatlari to‘g‘risidagi fandir. Psixologiya fan sifatida psixikaning qonuniyatlarini va mexanizmini, dalillarini o‘rganadi (A.V.Petrovskiy) "Psixologiya" atamasi XVI asr oxirida nemis o'quvchisi Goklenius tomonidan taklif qilingan. Psixologiya bo‘yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta’rif berishadi. Psixika — bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks etishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi (V.Karimova). Psixologiyaning predmeti aniq bir shaxs, uning jamiyatdagi hulq-atvori va turli ichki kechinmalari, xulq-atvori va faoliyatlarining o‘ziga xos tarzda ong tomonidan aks ettirilishidir, deb ta’riflash mumkin. Psixologiyaning ob’yekti bo‘lib nafaqat odamlar, insonlar balki oliy rivojlanishga ega hayvonlar ham xizmat qiladi, ularning psixik hayotini psixologiyaning tarmoqlaridan zoopsixologiya o‘rganadi. Biroq an’anaviy ravishda psixologiyaning asosiy ob’yekti insondir. Unda, Psixologiya–bu insonlarning turli hayot va faoliyati bosqichlarida hamda har xil sharoitlarda ularning psixikasini namayon bo‘lishi, rivojlanishi, shakllanishi, faoliyat hamda yuzaga kelish qonuniyati to‘g‘risidagi fan. Psixologiya o`rgаnаdigаn hodisаlаrning o`zigа xos xususiyatlаrini аniqlаsh bir munchа qiyinroq. Bu hodisаlаrni tushunish ko`p jihаtdаn psixologiya fаnini еgаllаsh zаrurаtigа duch kеlgаn odаmlаrning dunyoqаrаshigа bog`liqdir. Har bir fanning o`z predmeti bo`lgani kabi, psixologiya ham o`z predmetiga ega. Ammo psixologiya o`rganadigan voqelik boshqa fanlardagidan tubdan farq qiladi. Chunki uning predmetini ko`z bilan ko`rib, ushlab yoki bevosita o`lchab bo`lmaydi. Ularni fikr yuritish, tasavvur qilish, his qilish orqaligina bilib olish mumkin. Psixologiya predmetiga quyidagi ta`rif berish mumkin: Psixologiyaning ob’yekti sifatida - bir inson yoki aniq bir shaxs emas balki turli ijtimoy guruhlar, omma va boshqa insonlarning uyushma shakllari xizmat qiladi (1-sxema). Shu tariqa, inson psixologiyasining predmeti bo‘lib, insonlarning turli hayot va faoliyati bosqichlarida hamda har xil sharoitlarda individual va guruhiy psixikaning namoyon bo‘lishi, rivojlanishi, shakllanishi, faoliyat hamda yuzaga kelish qonuniyati, ayrim psixik fenomenlar va mexanizmlaridir. Kishi psixikasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi eng murakkab muammolardan biri bo‘lib, tabiat qonunlarining mohiyatini tushunib yetishga harakat qiladigan tadqiqotchilarni bu muammo hamma vaqt qiziqtirib kelgan. Materialistik yo‘nalishdagi olimlar psixikaning paydo bo‘lishini materiyaning uzoq davom etgan rivojlanishining natijasi deb izohlashadi. Ular materiyaning tabiatini tadqiq qilisharkan, harakat materiyaning hayot kechirish usuli, uning tarkiban o‘ziga xos ajralmas xususiyati ekanligi uchun ham materiya harakatining turli xil shaqllarini o‘rganadilar. Psixologiya inson ruhiyatining o`ziga xos xususiyatlari ko`rinishlari va rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini tadbiq etadi. Ruhiy hodisаlаr “idrok”, “xotirа”, “tаfаkkur”, “irodа”, “hissiyot” vа boshqа shu kаbi nomlаr bilаn guruhlаrgааjrаtilib, hаmmаsi birgаlikdа psixikа, kishining psixik, ichki dunyosi, uning ruhiy hаyoti vа hokаzolаr dеb аtаlаdigаn tushunchаlаrni hosil qilаdi. Psixikа nimа? -dеgаn sаvolgа jаvob bеrishdаn oldin, еng аvvаlo, psixik hodisаlаrning mohiyati vа xаrаktеri hаqidаgi tаsаvvurlаr аsrlаr dаvomidа qаndаy o`zgаrib borgаnligigа, qisqаchаbo`lsа-dа, nаzаr tаshlаsh shаrt. Kishi psixikasining paydo bo`lishi va rivojlanishi eng murakkab muammolardan biri bo`lib, tabiat qonunlarining mohiyatini tushunib yеtishga harakat qiladigan tadqiqotchilarni bu muammo hamma vaqt qiziqtirib kеlgan. Materialistik yo`nalishidagi olimlar psixikaning paydo bo`lishini matеriyaning uzoq davom etgan rivojlanishining natijasi dеb izohlashadi. Ular matеriyaning hayot kеchirish usuli, uning tarkiban o`ziga xos ajralmas xususiyati ekanligi uchun ham matеriya harakatining turli xil shakllarini o`rganadilar. Harakatsiz, hamisha mutlaqo harakatsizlikdagi matеriya umuman bo`lmaydi. Olamdagi butun matеriya jami noorganik va organik tabiat harakatlanish, o`zgarish va rivojlanish holatida bo`ladi. Psixologiya tarixi boshqa fanlar tarixi singari, qiziq va mazmundor bilimlar sohasidan iborat. Psixologiya tarixi - bu avvalo insoniyat tomonidan hayvonlarga va insonga xos bo’lgan psixik hayot hodisalari haqidagi bilimlarning asta-sekin to’planib borish tarixidir. Insonning o’z-o’zi haqidagi bilimlarni to’plab hamda chuqurlashtirib borishidir. Biz psixologiya tarixi bilan tanishar ekanmiz, inson va hayvonlar psixik hayotini o’rganishga bo’lgan intilish kishilar hayotning har xil tarixiy bos-qichlarida ularning qanday nazariy va amaliy ehtiyojlari bilan taqozo qil-ganligini, ba’zi bir ma’lumotlar, ya’ni psixik hodisalar qay tarzda kashf qilingan, qaror topgan va aniqlanganligini, ular qanday tushuntirilgan-ligini, ularning ba’zi qonuniyatlari qanday ochilganligini bilib olamiz. Bundan tashqari, psixologiya tarixi tarixiy hayotning har xil bosqichlari-da, fan va madaniyatning umumiy taraqqiyoti munosabati bilan psixologik bilimlar sohasi qanday kengayib borganligi hamda dastlab yakka-yu yago-na bo’lgan psixologiya qay tarzda taraqqiy etib, butun bir psixologiya fanlari sistemasi darajasiga ko’tarilganligi haqida ham ma’lumot beradi. Psixologiya tarixida psixikani yanada chuqur va aniq bilish imkoniyatini beradigan, psixologiya fani taraqqiyotiga ko’maklashadigan foydali ilmiy-tekshirish metodlarining izlanishi va yaratilishi katta o’rin tutadi Psixologiya fan sifatida psixikaning faktlarini, qonuniyatlarini va mexanizmlarini o’rganadi. Ammo shu narsa ravshanki, keltirilgan ta’rif ham psixologiyaning predmeti to’g’risida so’z yuritilganda bu psixik jarayonlar, xususiyatlar, xolatlar va shu kabilarni o’rganadigan fan ekanligi haqidagi an’anaviy ta’riflar kabi juda muhim izoh talab qiladi. Psixik xodisalarning "alohida xodisalardan" ekanligi, ularning "ichki dunyoni" tashqil etishi haqidagi ta’kidlari o’z holicha psixikaning mohiyatini, uning o’ziga xos xususiyatini ochib bera olmaydi. Psixika nima degan savolga javob berishdan oldin, eng avvalo, psixik hodisalarning mohiyati va xarakteri haqidagi tasavvurlar asrlar davomida qanday o’zgarib borganligiga, qisqacha bo’lsada, nazar tashlash shart. Psixologik ijtimoiy hayot extiyojlari qadim zamonlar ta’limotlardan buyon kishini tevarak-atrofidagi odamlarning psixik jihatdan tuzilish xususiyatlarini farqlay bilishga va ularni o’z xatti-harakatlarida hisobga olishga majbur etib kelgan. Dastlab bu xususiyatlarga jonning ta’siri deb izoh berilgan. "Jon" tushunchasining paydo bo’lishi ibtidoiy xalqlarning animistik qarashlari bilan bog’liqdir. Ibtidoiy odamning tasavvurida ruh tanadan batamom ajratilmagan bo’ladi. Bunday tasavvurlar hayot xodisalari va ongni, shu jumladan, uyqu, o’lim, xushdan ketish va shu kabilarni noilmiy, primitiv-materialistik tarzda talqin qilish oqibatida tarkib topgandir. Ibtidoiy odam bu hildagi hodisalarning sabablarini tushuntirib berish vositalariga ega bo’lmasdan, bevosita idrok qilnnadigan yuzadagi narsani haqiqiy mohiyat sifatida qabul qilib kelgan. Jumladan, tush ko’rish uhlayotganda tanani tark etib, er yuzida kyozib yuruvchi ruhning ta’ssurotlari deb tasavvur qilingan. Ibtidoiy odam o’limni hayotiy jarayonning ohirgi bosqichi deb tushunmagan. Shu bois o’lim uyquning bir turi sifatida idrok etilib, bunda ruh allaqanday sabablarga ko’ra tanaga qaytib kelmaydi deb izohlangan. Ibtidoiy odam bu hodisalarni tahminan kuyidagicha tushungan: ruh - kishining aynan o’zi; uning ehtiyojlari va odatlari, hayot kechirish shart-sharoitlari tirik odamlarnikidekdir. Marhumlarning ruhlari ham go’yo odamlarniki kabi mashgulotlar va soqial tartib mavjud bo’lgan hamjamiyatni tashqil etarmish. Tirik odamlar va marhumlarning ruhi o’o’zaro aloqada bo’lib, moddiy va hujalik jihatidan bir-biriga bogliqdir. Yovvoyi odamning tabiat qarshisidagi ojizligi sababli individ (shaxs) ning ham, jamiyatning ham ruhdan ana shu tarzda tobeligi hakidagi tasavvurlar natijasida ruhga toatibodat tarzidagi munosabatlar tarkib topdi. Bu esa dinning dastlabki shakli edi. Keyinchalik jamiyat taraqqiy eta borgan sari, planlashtirish va ijroning, jismoniy mehnat va "ishlab chiqarishning ma’naviy kuchlari"ning tabakalashuvi, sinfiy jamiyatning paydo bo’lishi va kishining mavhumlashtirish qobiliyati rivojlana borishi munosabati bilan jonning moddiylikdan toli tabiati haqidagi goyalar paydo bo’ldi. Shu bilan birga oldingi antimistik, afsonaviy tasavvurlar urnini ruhni borliqning naturfilosofik manzarasi nuqtai nazaridan tu- shuntirishga urinishlar egallay boshladi. Download 174.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling