1-mavzu Psixologiya tarixi predmet va vazifalari


Download 88.31 Kb.
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi88.31 Kb.
#1508572
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-мавзу слайд

1-mavzu Psixologiya tarixi predmet va vazifalari

Reja:

1. Psixologiya fanining tarixi predmeti va vazifalari

2. Psixologiya tarixi fanining taraqqiyot tarixi va rivojlanish bosqichi.

3. Psixologiya tarixi fanining yirik ilmiy yo‘nalishlari va maktablari

4. O‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlanish tarixi.

Psixologiya tarixi fanining predmeti

  • Psixologiya tarixi boshqa fanlar singari qiziqarli va mazmundor bilimlar sohasidan iborat. Psixologiya tarixi insoniyat tomonidan hayvonlarga va insonlarga xos bo‘lgan psixik hayot hodisalari haqidagi bilimlarning asta-sekin to‘planib borish tarixidir. Psixologiya tarixi psixikaning yanada chuqur va aniq bilish imkoniyatini beradi. Psixologiya fani taraqqiyotga ko‘maklashadigan foydali ilmiy tekshirish metodlarini izlanish va yaratishda katta o‘rin tutadi.
  • Psixologiyaning butun tarixi davomida idealizm va materializm o‘rtasida kurash kechgan. Bu kurash psixologiya mohiyatini turlicha tushunadi, insondagi psixik va fiziologik xodisalarni o‘zaro munosabatlarini tushunishda hamda psixologiya predmetini tushunishda ifodalangan. Albatta, psixologiya tarixida turlicha qarashlar va yo‘nalishlar bo‘lishiga qaramasdan bu fanning predmeti, ya’ni inson va hayvonga xos bo‘lgan psixika, psixik hayot birdayligicha qolaveradi.

Psixologiya tarixi fanining vazifalari

  • Psixologik fikrlar o‘z tarixiga bor. Bu psixologiya tarixi fanining vazifasi psixika haqidagi ilmiy bilimlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishini: analiz qilish, psixologik fikrlar taraqqiyoti davomida psixologiya fanning predmeti bo‘lib, avval ruh, keyin ong, keyin xulq-atvor hisoblanishini o‘rganishdir. Psixologiya tarixining hozirgi bosqichida, avvalgi bosqichlarda ajratib tashlangan determinizm, ong va faoliyat birligi va psixikaning faoliyatda rivojlanishi tamoyili tiklandi. Umuman psixologiyada fikrlar taraqqiyoti hech qachon bir tekisda kechmagan. Ba’zi davrlarda u zigzaklar bilan xarakterlangan bo‘lsa, ba’zida ortga qaytgan yoki bir joyda turib qolgan. Har bir bosqich o‘z yutuq va kamchiliklariga ega bo‘lgan. Ebingauz aytganidek: «Psixologiya uzoq o‘tmishga va qisqa tarixga ega».

Download 88.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling