Psixologiya tarixi fanining taraqqiyoti va rivojlanish bosqichi. - Psixologiyaga oid bilimlarni rivojlanishini har xil davrlashtirish mumkin. Davrlashtirish ishiga xronologik jihatdan yondoshilsa, XVII asr psixologiyasiga hududiy territorial jihatdan yondoshilsa, Meksika psixologiyasining tarixi, Amerika psixologiyasining tarixi kabilarga ajratish mumkin. Demak, har qanday davrlashtirish nisbiydir. Shuni hisobga olib quyidagi davrlashtirish sxemasini ham navbatdagi variantlardan biri deb hisoblash kerak.
- Psixologiya tarixi 2 ta davrga ajratiladi. Ular o‘z navbatida kichikroq davrlarga bo‘linish prinsipiga asosan tuzilgan.
- I-davr. Psixologiya fanining falsafa tarkibida rivojlangan davri. Bu davrda Eramizdan avvalgi VI asrdan XIX asr o‘rtasigacha 2,5 ming yil davom etgan davrdir.
- II-davr. Psixologiya fanining mustaqil fan sifatida rivojlangan davri. Bu davr XIX asr o‘rtasidan hozirgi kungacha davom etib kelayotgan davrdir.
Xronologiya
|
Bosqichning mazmuni
|
Natija
|
Er.av. V-VI asrlar
|
Psixika haqidagi dastlabki ilmiy fikrlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi
|
Ruh haqidagi fanning paydo bo‘lishi va unda ikki yo‘nalish. Materialistik va idealistik yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi. Psixik protsesslar sezgi idrok, xotira, tafakkur, affekt, iroda haqidagi ilk empirik bilimlarning paydo bo‘lishi. Tana va ruh munosabatiga har xil yondoshish.
|
V-VIII asr
|
Ruh xaqidagi fanning falsafiy ta’limoti doirasida tibbiy bilimlar asosida rivojlanishi
|
Tomistik psixologiyaning paydo bo‘lishi.
|
XV-XVI asr
|
Ruh haqida fanning anatomik fiziologik bilimlar asosida rivojlanishini davom ettirish.
|
Tadqiqot obyekti sifatida ruhni inkor etish «Psixologiya» terminini kiritilishi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |