1-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja


Yoqub Ibn Ishoq al-Kindiy psixologik qarashlari


Download 463.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/18
Sana17.10.2023
Hajmi463.81 Kb.
#1706216
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
1-Mavzu Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi

 
Yoqub Ibn Ishoq al-Kindiy psixologik qarashlari 
Birinchi arab faylasufi Yoqub Ibn Ishoq al-Kindiy (800-879) 
dir.Al-Kindiy asli arablarning Yamanda yashaydigan Kinda degan 
qabilasidan chiqqan bо‘lib, uning taxallusi ham shu qabilaning nomidan 
olingandir. Al-Kindiyning nomi aslida Abu Yusuf Yoqub Ibn Ishoqdir. 
Al-Kindiy dastlab boshlang‘ich ta’limni Kufadan olib, sо‘ng Basraga 
boradi va u yerda olimlar qо‘lida о‘qiy boshlaydi. Al-Kindiy Basrada 
о‘ziga zarur, deb bilgan bilim sohalarini egallab, sо‘ng yana о‘z bilimini 
oshirish maqsadida Bag‘dodga kelib, dastlab fors, yunon falsafasini 
о‘rganishga kirishadi. Lekin bu davrda yunon falsafasiga oid kо‘p kitoblar 
arab tiliga hali tarjima qilinmagan edi. Shu sababli u qadimgi yunon 
falsafasini о‘qish maqsadida yunon tilini о‘rganishga kirishadi va tez 
orada bu sohada nihoyatda katta muvaffaqiyat qozonadi. Al-Kindiy 
yunon tilini bilib olishi asosida qadimgi yunon faylasuflarining asarlarini 
о‘rganish bilan cheklanmay, ularning bir nechtasini arab tiliga tarjima 
ham qiladi. U о‘zining ilmga chinakam berilganligi tufayli tez orada 
bilimdon kishilar orasida hurmat-e’tiborga sazovor bо‘lib, uning nomi 
shahar amaldorlari va olimlari doirasida tez-tez tilga olinadigan bо‘ladi, 
bundan xabar topgan xalifa Al-Ma’mun uni “Baytul hikma” (“Donolar 
uyi”) akademiyasiga jalb qiladi. Al-Kindiy bu yerda yirik tarjimon va 
olim Xusayn Ibn Ishoq bilan tanishib, uning qо‘lida tarjima ilmini 
о‘rganadi, arab tiliga yunon tilidan tarjima qilish san’atini egallab, tez 
orada kuchli tarjimonlarning biri bо‘lib qoladi. Natijada, u Aristotelning 
“Metafizika”, Ptolomeyning “Geografiya”, Yevklidning “Elementlar” 
kitoblarini yunon tilidan arab tiliga tarjima qiladi. Shu bilan birga, Al-
Kindiy Aristotelning “Kategoriya”, “Ikkinchi analitika”, “Organon” 
asarlariga, Ptolemeyning “Almagest” asariga, Evklidning “Elementlar” 
kitoblariga sharhlar yozadi. Ayniqsa Al-Kindiyning arab falsafasida 
Sharq aristotelchiligining paydo bо‘lishidagi roli g‘oyat kattadir. U 
Aristotel falsafasini juda yaxshi bilgan va hatto uning ba’zi bir g‘oyalariga 
tanqidiy ham yondoshgan. U Aristotelning 10 ta kategoriyasi о‘rniga 
о‘zining 5 ta prasubstansiyasini (materiya, shakl, harakat, makon va 
zamonni) ilgari surgan. Uning nuqtai nazaricha, tabiatdagi barcha narsalar 


materiyadan tashkil topgan. Materiya esa tо‘rt unsur: olov, suv, havo va 
tuproqdan iboratdir. Materiya doimiy harakatdadir, harakat esa 
narsalarning bir turdan ikkinchi turga о‘tishidan iboratdir. Bu о‘z 
navbatida о‘zgarish demakdir. Al-Kindi harakatni olti turga bо‘ladi: 1) 
paydo bо‘lish; 2) yо‘q bо‘lish; 3) uzayish; 4) qisqarish; 5) о‘zgarish va 
nihoyat; 6) siljish. Har qanday harakat esa ma’lum bir vaqt ichida sodir 
bо‘ladi. Vaqt harakatning sekin yoki tezligidan iborat bо‘lib, u о‘tgan 
zamon bilan kelgusi zamonni bog‘laydi. Materiya shaklga ham ega, faqat 
shakliy tafovut tufayli u yoki bu narsalar boshqa narsalardan farq qiladi. 
Al-Kindiy borliqning makon atributini ham e’tirof etadi. Makon, deb u 
jismni о‘z ichiga oladigan, jismdan tashqaridagi sathga aytamiz, deydi. 
Makon bilan uni tо‘ldirib turadigan narsa bir-biriga bog‘liq, deydi u. Agar 
makon bо‘lsa, uni tо‘ldiruvchi biron narsa bо‘lishi kerak va aksincha, agar 
makonni tо‘ldirib turuvchi narsa bо‘lsa, albatta, makon bо‘lishi kerak. 

Download 463.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling