1-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja
Abu Ali Ibn Sinoning psixologik qarashlari
Download 463.81 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi
Abu Ali Ibn Sinoning psixologik qarashlari
IX-XII asrlar musulmon Sharqi, xususan Markaziy Osiyo xalqlari tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy fikrlarining rivojiga о‘zining buyuk hissasini qо‘shgan qomusiy olimlardan yana biri Abu Ali Husayn Ibn Abdulloh Ibn Sino (980-1037)dir. Abu Ali Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ilib, sо‘ng Buxoroda о‘qib ulg‘ayadi. Bu yerda u turli ustozlardan ta’lim olib, о‘z davri ilmlari: matematika, mantiq, astronomiya, huquqshunoslik, fizika, kimyo, falsafa kabi dunyoviy ilmlarni chuqur о‘rganadi. Ayniqsa, u tibbiyot ilmini kuchli va zо‘r qiziqish bilan egallaydi. Tabobat saboqlari uning uchun shu qadar kuchli ta’sir qiladiki, u 16 yoshga kirganda bu soha ilmlarni nazariy о‘zlashtirish bilan cheklanmay, balki amaliy tibbiyot bilan shug‘ullanib, tabiblik ham qila boshlaydi. Abu Ali Ibn Sino 18 yoshga tо‘lganda juda kо‘p ilm sohalarini egallagan bо‘ladi. U shu davrdan boshlab о‘zi ham bu sohalarga oid asarlar yarata boshlaydi. Abu Ali Ibn Sino о‘z davrining barcha ilg‘or ta’limotlarini, xususan, qadimgi Hind, Yunon, Turon, nihoyat, О‘rta asr arab, Uyg‘onish davri Markaziy Osiyo ilmiy merosi bilan chuqur tanishadi, ularni о‘z dunyoqarashida umumlashtiradi. U о‘zidan oldin о‘tgan Sharq olimlari, vatandoshlari: al-Xorazmiy, al-Kindiy, ar-Roziy, Forobiy asarlari bilan birga, yunon olimlari: Galen, Gippokrat, Yevklid, Arximed, Pifagor, Porfiriy, Platon, Aristotel asarlarini ham chuqur о‘rganadi. Ayniqsa, Forobiyning asarlari uning falsafiy va ijtimoiy qarashlariga katta ta’sir kо‘rsatadi. Ibn Sinoning bizgacha yetib kelgan asarlari orasida 5 tomdan iborat “Al-Qonun fit tib” (“Tib qonunlari”) asari, 18 tomdan iborat mantiq, fizika, matematika va metafizika (Falsafa)ni tо‘liq о‘z ichiga olgan “Kitob ash-Shifo”, “Kitob an-najot”, shuningdek 20 tomlik “Kitob al-Insof” (“Insof kitobi”), “Donishnoma” asarlarini alohida kо‘rsatib о‘tish mumkin. Ibn Sino insonni tana va jondan tashkil topadi, deydi. Miya esa jonni boshqaruvchi markazdir. Uning fikricha, hasharotlar, о‘simliklar, hayvonlar va insonlar qandaydir ichki kuch - jon (“an- nafas”)ga egadir. Inson joni bunda eng oliy va yetuk jondir. Shuning uchun inson fikrlash hislatiga mavhum tushunchalarni о‘zlashtirish, bilish mavjudotning mohiyatini tushunish, maqsadli faoliyatlarni amalga oshirish qobiliyatiga egadir. Inson aqli jonning oliy darajadagi ifodasidir. Inson mavjudot mohiyatini bilishi uning tafakkurining dunyoviy aql bilan qо‘shilishi asosida vujudga keladi. Download 463.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling