1-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja


Abu Hamid Muhammad al G‘azzoliy (1058-1111)


Download 463.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/18
Sana17.10.2023
Hajmi463.81 Kb.
#1706216
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
1-Mavzu Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi

Abu Hamid Muhammad al G‘azzoliy (1058-1111) Faylasuf al 
G‘azzoliy Tus shahrida tug‘ilib о‘sdi. 
Juda yoshlik chog‘idanoq olimlik pog‘onasiga kо‘tarildi. 1091 
yildan boshlab u Bog‘doddagi mashhur Nizomiy madrasasida talabalarga 
falsafa va ilohiyot ilmidan saboq berdi. U 34 yoshida kuchli ruhiy
inqirozni boshidan kechirdi. Shundan sо‘ng haqiqatni faylasuflar
belgilagan yо‘ldan topa olmasligini tushunib, mudarrislikni tashladi va 
mustaqil ravishda tasavvuf ilmini о‘rganishga kirishdi. Oradan 11 yil 
о‘tgach, imom G‘azzoliy yana madrasaga qaytib, talabalarga tahsil bera 
boshlaydi. U butun umrini haqiqatni odamlarga tushuntirish va 
adashganlarni tо‘g‘ri yо‘lga qaytarishga bag‘ishladi. 
G‘azzoliyning falsafa, tasavvuf ilmiga oid asarlari juda yorqin, ravon 
va tushunarli uslubda bitilgan. Quyida uning ana shunday asarlaridan 
ba’zilarini sanab о‘tamiz: “Faylasuflarning maqsadlari”, “Faylasuflarning 
raddiyasi”, “Din haqidagi fanning tug‘ilishi”, “Olam javoni” va hakozo.
Tirik mavjudotlarning quyi darajadagi turlari, chumoli va chivinlarni
ham faqat chumoli hamda chivinlargina anglay oladi. Afsuski, faqat 
insongina о‘zi haqida haqiqiy bilimga ega emas. Biz о‘zimizni faqat 


sirtdan – u yoki bu qilmishimiz va tashqi qiyofamiz orqali bilamiz. Ruhiy 
mohiyatimizni bilishga urinmaymiz. 
Uchta olam mavjuddir: ularning biri zohiriy, ikkinchisi botiniy olam 
bо‘lsa, har ikkisining orasidan yana bir olam – ruhiy olam о‘rin olgan.
VIII asrda islomda turli yо‘nalishlar paydo bо‘ldi. Bulardan 
mutakallimlar, ularning psixik ta’limotiga kо‘ra hissiy bilishning 
ahamiyatini, bilimlarimizning voqelikka muvofiq kelishini inkor etishdir. 
Ular nimaiki о‘zlari uchun nomaqbul bо‘lsa (hissiy bilish bilan bog‘liq 
bо‘lgan sezgi ma’lumotlari va bilimni inkor etish yordamida), hammasini 
inkor etadilar va ularga nimaiki tasdiqlash lozim bо‘lsa, hamma tasavvur 
qilish mumkin bо‘lgan narsaga yо‘l qо‘yish yordamida hammasiga yо‘l 
qо‘yish mumkin deb hisoblaydilar. 
Abu Hamid G‘azzoliy islom ilmlarning turli sohalarini dunyoviy 
ilmlarga qо‘shib chuqur egalaydi. U bunda nimani о‘rgansa, shu sohani 
tо‘ldirishga, rivojlantirishga harakat qilib, har bir о‘rgangan narsasini 
islom tarozisiga qо‘yib, о‘lchab kо‘rish asosida baholashga harakat qiladi. 
Oqibatda, о‘zi shug‘ullangan islomning turli sohalariga oid yuzdan ortiq 
asarlar yaratadi. U fiqh ilmiga oid “Bosit”, “Vajid” va “Qosit” singari 
asarlar yozadi. Kalom ta’limotiga doir “Tavhitdul A’qoid”, “Ar-Risolat-
ul-qudsiya”, “Al-Iqtisodu fil e’tiqod”, “Ijmoi-ul-Avvom an Ilm-ul-Kalom” 
kabi asarlar yozadi. G‘azzoliy о‘z asarlarida о‘ziga xos bir islomiy falsafa 
bо‘lgan kalom ilmini johil kishining о‘qishidan hech bir foyda yо‘q, bu 
ilm faqat iymonida shubhaga tushganlarni tuzatishga yaraydi, deb, uni din 
ulamolariga о‘rganishni tavsiya etadi. 
G‘azolliyni jahonga mashhur qilgan va dunyo tan olgan faylasuflar 
qatoriga qо‘shgan asarlari – bular mu’tazilliylar, botiniylar (ular kо‘proq 
aqlga tayanganlar) ning yо‘ldan ozgani va islomni zaiflashtirishlariga 
qarshi yozgan “Fadoix al-Botiniya”, “Al-Qismoi-al-Mustaqil”, “Hujjatul-
Haq”, “Mufasi-ul-Xilof” va “Ad-Diras al-Marg‘um” kabi asarlaridir. 
Mutazaliylar ta’limotida muhim masalalardan biri - inson irodasining 
erkinligi tо‘g‘risidagi masaladir. Inson о‘z hatti- harakatlarida erkindir. 
Insonning erkin irodasi haqidagi fikr xudoning “oliy qudrati” tо‘g‘risidagi 
diniy aqidalarga zid keladi. Ollohning о‘z yaratganlariga nisbatan 
majburiyati bilan almashtirdilar. Mutazaliylar taqdirning avvaldan 


belgilab qо‘yilganligi tо‘g‘risidagi ta’limotni- tavakkul ta’limotini inkor
etadilar. 
Sо‘fizm ta’limotida butun olam xudoning mujassamlanishidan 
boshqa narsa emas. Xudo hamma kо‘rinadigan narsalarda mavjud. 
Narsalar esa о‘z navbatida xudoda mavjud. Dunyo - ruh shaklida butun 
olamga tarqalgan xudo singari yagonadir. Inson esa ana shu ruhning bir 
qismi, ertami kechmi u bilan qо‘shiladi. Bu qо‘shilish xudoga 
yaqinlashishning asosiy bosqichi- shariat, taraqqiyot, ma’rifat va haqiqat 
olib keladi. Sо‘fizmga kо‘ra xudo bilan qо‘shilishning о‘zi-eng oliy rohat. 
Sо‘fizm xudoga aql yordamida ishonish emas, balki unga ichki hissiyot 
orqali yaqinlashishga katta e’tibor beradi. 
G‘azzoliy asarlarida islom falsafasi nuqtai nazaridan kelib chiqib
kishilar haqiqatni tanishi, ya’ni Ollohni tanishi kerakligini, ular his-
tuyg‘uda ham, aqliy bilimlarda ham adashishlarini isbotlaydi. U о‘zining 
“Ixyo ulum-ud-din” asarida bilish kishining dilida mujassamdir, deydi. 
Dil esa, uningcha, ilohiy ne’mat, uni odiy qalb yoki yurak ma’nosida 
tushunsmaslik kerak. Dilga esa jon ham, aql ham, nafs ham kiradi, ular 
jisman ham, ruhan ham birdir. Shuningdek, “Qur’on” va “Hadis”ning
qaysi joyida “dil” sо‘zi kelsa, undan albatta narsalarni anglab, ularning 
mohiyatiga yeta oluvchi inson ma’naviyati tushuniladi, deb yozadi.
G‘azzoliy о‘zining asrlarida islom ilohiyayoti tizimini ishlab chiqib, uni 
falsafiy jihatdan asoslab beradi. U islomning eng yirik nazariyotchisi 
hisoblanadi. G‘azzoliy о‘zining “Adashishdan qutqaruvchi” asarida Oliy 
tangriga-Ollohga, payg‘ambarga va oxiratga ishonish-islom diniga 
ishonishning asosidir, deydi. U Ollohni inson aql orqali anglashi mumkin 
emas, uni kishi maxsus ruhiy... jismoniy (psixofizik) harakatlar: siqinish 
va ibodat orqali anglashi, bilib olishi mumkin, deydi. Uning fikricha, jon 
xudo (Olloh) singari fazodan tashqarida, olam Olloh tomonidan 
yaratilgan. 

Download 463.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling