1-mavzu. Pul mablag’lari va valyuta operatsiyalari hisobi Reja


Download 91.71 Kb.
bet4/6
Sana20.11.2023
Hajmi91.71 Kb.
#1789181
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu. Pul mablag’lari va valyuta operatsiyalari hisobi Reja

2 2-chizma

Kassir kassa daftariga yozuvlarni har bir kassa orderi bo’yicha pullar olingandan yoki naqd pullar tarqatilgandan keyin darhol kiritadi. Har ish kuni oxirida kassir:



  • bir kunlik operatsiyalar hisobini chiqaradi;

  • kassadagi naqd pullar qoldig’ini keyingi ish kuniga o’tkazadi;

  • ikkinchi qirqiladigan varaqni kassirning hisoboti sifatida kassa kirim va chiqim hujjatlari bilan birgalikda buxgalteriyaga kassa daftariga imzo qo’ydirgan holda topshiradi.

Agar kuniga unchalik katta bo’lmagan operatsiyalar (umumiy summasi eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorigacha) amalga oshirilsa, kassir buxgalteriyaga hisobotlarni 3-5 kunda bir marta topshirishi mumkin.
Elektron kassa daftari va kassir hisobotining varaqlari yil boshidan boshlab o’sib borish tartibida raqamlanib, elektron tarzda amalga oshiriladi. Ammo yil yakunida daftar baribir bosmadan chiqarilishi, varaqlarning umumiy soni rahbar hamda bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanishi, tashkilot muhri bilan muhrlanishi lozim bo’ladi.
Kassirning ishlov berilgan hisoboti asosida buxgalteriyada 5000 hisobvarag’ining krediti bo’yicha 1-jurnal-orderda va debeti bo’yicha 1- vedomostda kassa muomalalarining hisobi yuritiladi.
Kassa operatsiyalarini aks ettiruvchi buxgalteriya o’tkazmalari:
Bankdagi hisobraqamdan pul mablag’lari kassaga kelib tushdi (ish haqi, nafaqa, mukofotlar va shu kabilarni berish uchun):
Debet 5010 ―Milliy valyutadagi pul mablag’lari
Kredit 5110 ―Hisob-kitob schyoti
Hisobdor shaxslar tomonidan ishlatilmagan oldin olingan bo’naklarning qaytarilishi aks ettirildi:
Debet 5010 ―Milliy valyutadagi pul mablag’lari
Kredit 4200 ―Xodimlarga berilgan bo’naklarni hisobga oluvchi schyotlar
Mahsulot, tovar, ish va xizmatlarning naqd pulga sotilishi aks ettirildi:
Debet 5010 ―Milliy valyutadagi pul mablag’lari
Kredit 9010 ―Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar
9020 ―Tovarlarni sotishdan daromadlar
9030 ―Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar
Pul mablag’larining kassadan bankdagi hisob-kitob schyotiga o’tkazilishi aks ettirildi:
Debet 5110–―Hisob-kitob schyoti
Kredit 5010 ―Milliy valyutadagi pul mablag’lari
Hisobdor summalarning berilishi aks ettirildi:
Debet 4200 ―Xodimlarga berilgan bo’naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar
Kredit 5010 ―Milliy valyutadagi pul mablag’lari
Hisoblangan mehnat haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar (mukofot va shu kabilar) berilishi aks ettirildi:
Debet 6710 ―Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar
Kredit 5010 ―Milliy valyutadagi pul mablag’lari
Puli berilgan holda sotilgan tovarlarning qaytarib olinishi aks ettirildi:
Debet 9040 ―Sotilgan tovarlarning qaytishi
Kredit 5010 ―Milliy valyutadagi pul mablag’lari



Download 91.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling