1-mavzu. Pul mablag’lari va valyuta operatsiyalari hisobi Reja
Kassadagi naqd pullarni inventarizatsiya qilish va natijalarini rasmiylashtirish tartibi
Download 91.71 Kb.
|
1-mavzu. Pul mablag’lari va valyuta operatsiyalari hisobi Reja
3. Kassadagi naqd pullarni inventarizatsiya qilish va natijalarini rasmiylashtirish tartibi
Kassa inventarizatsiyasi bir oyda bir marta o’tkazilib, unda haqiqatda bo’lgan pul mablag’lari sanaladi. Hech qanday hujjatlar yoki tilxatlar naqd pul qoldig’iga kiritilmaydi. Hisoblab chiqish albatta kassir hozirligida amalga oshiriladi. Kassirning kassada mazkur korxonaga tegishli bo’lmagan pul mablag’lari va boshqa boyliklarning borligi to’g’risida bayonotlari e‘tiborga olinmaydi. Inventarizatsiyalash paytida nafaqat seyfdagi, balki umuman butun kassa xonasidagi qimmatliklarning hisobi yuritilishi sababli ushbu joyda o’zning shaxsiy pullarini saqlashga ruxsat etilmaydi. Kassa daftaridagi yozuvlarning hujjatlar bilan asoslanganligi ham tekshiriladi. Ular to’g’ri rasmiylashtirilgan kirim va chiqim kassa orderlari bilan tasdiqlanishi kerak. Kassa daftarini elektron (dasturiy) uslubda yuritiladigan tashkilotlarda hujjatlarga ishlov berish tizimining to’g’ri yuritilishi tekshiriladi. Kassa inventarizasiyasini o’tkazish muddatlari kompaniyaning xususiyatidan kelib chiqan holda mustaqil belginaladi.2 Tekshirishni amalga oshirish jarayonida buxgalter quyidagi tartibga rioya qilishi kerak: kassani tekshirish kassir ishtirokida amalga oshiriladi; kassani tekshirish paytida barcha kassa jarayonlari to’xtatiladi. Agar xo’jalik yurituvchi sub’ektda bir nechta kassa mavjud bo’lsa, o’tkazish holida buxgalter barcha kassalarni muhrlaydi. Kassa kaliti kassirda, muhr esa bosh buxgalterda qoladi; kassadagi naqd pullar va qimmatbaho qog’ozlar kassir va bosh buxgalter ishtirokida birma-bir sanab chiqiladi. Pullar qanday holda bo’lishidan qat‘iy nazar, to’liq sanab chiqilishi lozim. Bank o’ramidagi pullar ham o’ramidan olib, sanaladi. Sanash tugagach, dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada kassadagi pullar belgilari bo’yicha alohida ko’rsatiladi va ularning to’liq summasi yoziladi. Dalolatnomaga taftish hay‘ati, bosh buxgalter va kassir imzo chekadi. Kassa xarajat orderi bilan rasmiylashtirilmagan turli xildagi tilxatlar, vedomostlar va schyotlar tekshirish jarayonida hisobga olinmaydi; kassadagi sanalgan pullarning va qimmatbaho qog’ozlarning hammasi shu xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli hisoblanadi, chunki boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va shaxslarning pullari va qimmatbaho qog’ozlarini xo’jalik yurituvchi sub’ekt kassasida saqlash taqiqlanadi; kassadagi kamomad yoki ortiqcha pul mablag’lari to’g’risidagi ma‘lumotni auditor dalolatnomada yoritadi, pul mablag’larining pul mablag’i yoki kam chiqishi sabablari to’g’risida kassirdan tushuntirish xati oladi. Kamomad summasi yoki suiiste‘mol qilingan pul miqdori haddan ziyod bo’lsa, buxgalter bu haqda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariga xabar beradi; kassani tekshirish vaqtida kassadagi qimmatbaho qog’ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar, sertifikatlar), yoqilg’i-moylash TMZlarini olish talonlari, qat‘iy hisobot blankalari, dam olish uylari, sihatgohlarga yo’llanmalar va boshqa pul hujjatlari miqdori dalolatnomada ko’rsatiladi. Kassani inventarizatsiyalash natijalari ― naqd pul mablag’larini inventarizatsiyalash dalolatnomasida aks ettiriladi. Unda inventarizatsiyalash kunida qimmatliklarning inventarizatsiyalash natijasi bo’yicha haqiqatdagi qoldig’i va hisob ma‘lumotlari bo’yicha qoldig’i ko’rsatiladi. Kamomad yoki ortiqcha naqd pul aniqlanganda dalolatnomada uning summasi va paydo bo’lish sabablari ko’rsatiladi. Dalolatnomani inventarizatsiyalash komissiyasi a‘zolari va moddiy javobgar shaxs imzolaydilar. Dalolatnomaning bir nusxasi tashkilot buxgalteriyasiga topshiriladi, ikkinchi nusxasi moddiy javobgar shaxsda qoladi. Moddiy javobgar shaxslar almashganda dalolatnoma uch nusxada tuziladi. Ortiqcha pul mablag’lari kirim qilinishi, kamomad esa aybdor shaxsdan undirilishi kerak. Inventarizatsiya natijalari o’z vaqtida buxgalteriya hisobvaraqlarida aks ettiriladi: Debet 5010 ―Milliy valyutadagi pul mablag’lari Kredit 9390 ―Boshqa operasion daromadlar kamomad aniqlanganida: Debet 4730 ―Moddiy zararni qoplash yuzasidan xodimlarning qarzi Kredit 5010 ―Milliy valyutadagi pul mablag’lari kamomad summasini kassir bevosita kassaga to’laganida: Debet 5010 ―Milliy valyutadagi pul mablag’lari Kredit 4730 ―Moddiy zararni qoplash yuzasidan xodimlarning qarzi kamomad summasi kassirning ish haqidan ushlab qolinganida: Debet 6710 ―Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar Kredit 4730 ―Moddiy zararni qoplash yuzasidan xodimlarning qarzi Download 91.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling